Tarjimai hol
Farrux Karimovich Zokirov — estrada xonandasi, bastakor va aktyor. “Yalla” ansamblining badiiy rahbari (1976 yildan). Xonanda 6 ta respublika-davlatlarning xalq artisti sanaladi. O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati. 2002 yil maydan 2004 yil iyulgacha O‘zbekiston madaniyat vaziri o‘rinbosari.
Farruh Zokirov 1946 yil 16 aprel kuni Toshkentda, professional musiqachilar oilasida dunyoga kelgan. Otasi — opera xonandasi, bariton Karim Zokirov, O‘zbek SSR xalq artisti (1939) va Navoiy nomidagi O‘zbek Davlat opera va balet teatri yakkaxon qo‘shiqchisi. Onasi — Shohista Saidova ham xonanda, milliy qo‘shiqlar ijrochisi, Muqimiy nomidagi musiqali drama va komediya teatri xonandasi. Ular Moskva konservatoriyasida o‘qigan kezlari tanishib qolishadi va turmush qurishadi. Oilada besh nafar o‘g‘il va bir qiz farzandlik bo‘lishgan: Botir, Luiza, Naufal, Farruh, Jamshid, Ravshan. Bolalar zamonasining yetakchi o‘zbek artist va qo‘shiqchilari muntazam tashrif buyuruvchi mehmondo‘st oilada voyaga yetishdi. San’at va ijod muhiti bolalarga yoshligidan o’z oilasida singgan. Shunday qilib, Toshkentda Zokirovlar musiqachi-artistlar sulolasi shakllandi.
Filmografiya:
Taqdir
Oilasi
• Karim Zokirov (1912—1977), opera xonandasi (bariton), O‘zbek SSR xalq artisti.
• Akasi — Botir Zokirov (1936 — 1985), o‘zbek sovet xonandasi, yozuvchi, shoir, rassom va aktyor. Respublikada estrada san’ati asoschisi. O‘zbek SSR xalq artisti.
• Akasi — Jamshid Zokirov (1949—2012), sovet va o‘zbek teatr va kino aktyori, teleboshlovchi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist.
• Opasi — Luiza Zokirova, xonanda.
• Jiyani — Nargiz Zokirova, Luiza Zokirovaning qizi, xonanda.
Faxriy unvonlari va mukofotlari
• O‘zbek SSR xalq artisti
• Qoraqalpoq xalq artisti
• Qozig‘iston xalq artisti
• Tojikiston xalq artisti
• Ingushetin xalq artisti
1991 yilning yozida SSSR xalq artisti unvoni uchun rasmiylash uchun hujjatlar topshirilgan, biroq, shu yilning avgust oyidagi xodisalari sababli, bu jarayon nihoyasiga yetmagan.
Farruh Zokirov bilan intervyudan lavha: ... men yaqin Toshkentni yaxshi ko‘raman. Barcha sharq odamlari kabi, ota-onam xotirasini yodga olaman, ular o‘zbek yeriga dafn etilgan. Mening otam — O‘zbekiston xalqining artisti Karim Zokirov birinchi milliy opera xonandalari orasida yagona bo‘lgan. Onam esa — Shohista Saidova, O‘zbek musiqali drama teatrida ishlagan, respublikada taniqli xonanda bo‘lgan.
Yana otam ikkilanish ila, bir oilada shuncha musiqachi bo‘la oladimi? derdilar. “Yoxud juda yorqin shaxs, yoxud san’at bilan umuman shug‘ullanmaslik kerak” - bu uning so‘zlari... Mening ikki nafar bo‘yi yetgan o‘g‘illarim chet eldi ta’lim olmoqda va musiqaga umuman dahlsiz yo‘nalishda... Ammo opam Luizaning qizi - jiyanim Nargiz - taniqli xonanda bo‘lib, hozirgi konsertimizdagi uning ishtiroki ham buning isbotidir. Uni shoir Ilya Reznik professional dargohga “Viadillik kelin” musiqiy filmi uchun xonanda izlagan kezlari olib chiqqan. Shuningdek, u tanlov doirasidan tashqari “Yurmala” festivalida ham kuylagan, zero, tanlov shartlariga ko‘ra, yoshi kichik bo‘lgan. Hozirda u Amerikada istiqomat qiladi.
Yalla — 1970 yil Toshkentda tashkil etilgan, Farruh Zokirov boshchiligidagi vokal-cholg‘u ansambli.
O‘zining “Uchquduq” (F. Zakirov — Yu. Entin), “Bu -sevgi” (A. Ribnikov — R. Tagor), “Nasriddin qo‘shig‘i” (Xalq musiqasi — S. Tilla), “Yalla” (F. Zakirov — A. Pulat), “Shahrisabz”, “Choyxona” va boshqa ko‘plab qo‘shiqlari bilan mashhur.
Ijod yo‘li
VIA “Yalla” 1970 yil Toshkent teatr instituti qoshida tashkil etilgan havaskor ansambl. Birinchi badiiy rahbari German Rojkov institut qoshidagi o‘quv teatr direktori bo‘lib, ansamblni nazorat qila boshlagan. Jamoaning nomi o‘zbek xalq uslublaridan biriga o‘xshash bo‘lsada, aslida, bu nom mashg‘ulotlar vaqtida “Qiz bola” qo‘shig‘ining naqoratidan olingan. Mazkur o‘zbek xalq qo‘shig‘ining aranjirovkasi ansamblning birinchi muvaffaqiyati bo‘ldi; 1971 yil yanvar oyida VIA “Yalla” shu va Mark Fradkinning “Na tot bolshak” (“Otaxonga”) qo‘shiqlari bilan Sverdlovskdagi “Salom, biz iste’dod axtarayapmiz” Butunrossiya tanlovining hududiy saralash bosqichida ishtirok etib, Moskvada bo‘lib o‘tuvchi tanlovning saralash bosqichiga yo‘llanma olishadi. U yerda “Ramazon” o‘zbek xalq hamda “Plivut tumani belie” (“Oq bulutlar suzmoqda”) rus xalq qo‘shiqlari bilan chiqishgan, yakkaxon xonanda o‘rnida Ravshan Zokirov (so‘nggi yillar VIA “Yalla” guruhi uning nomi bilan gavdalanuvchi Farruh Zovirov hamda yosh guruhning g‘oyaviy ilhomchilaridan biri bo‘lmish Botir Zokirovlarning kichik ukasi) kuylagan, tanlovning o‘zgarmas boshlovchisi Aleksandr Maslyakov bo‘lgan. Ansambl ijrosidagi “Qiz bola” hamda “Yallamayor” qo‘shiqlari “Melodiya” (“Ohang”) Butunittifoq korxonasining gramplastinkasiga yozib olingan.
“Yalla”ning tayanch muvaffaqiyatilaridan biri: elektrgitara va elektrorgan bilan bir qatorda, rubob, doyra va boshqa o‘zbek xalq cholg‘u asboblaridan foydalanish hamda sharq qo‘shiq ohanglarining (70-yillar) zamonaviy ishlanmasi bo‘lgan. Ansambl repertuarini, asosan, o‘zbek tilidagi qo‘shiqlar tashkil etgan, ular rus va inliz tillarida ham kuylangan.
“Yalla” ansamblining o‘zbek xalq qo‘shig‘i ohanglari asosidagi asarlari shuhrat qozongan. Jamoa va uning yetakchisi Farruh Zokirov o‘zbek folkorining ohang-usuliga bo‘lgan o‘z yondashuvini ishlab chiqishdi va “Majnuntol”, “Boychechak”, “Yallama-Yorim” va boshqa shu kabi qo‘shiqlarini yaratishdi. Bu davr mobaynida musiqachilar shoir Turob To‘laning ijodiga tez-tez murojaat qilib, uning she’rlari asosida qo‘shiqlar yozishar edi.
1972 yildan buyon ansamblda ishtirok etib kelayotgan Farruh Zokirovning e’tirof etishicha, jamoa repertuari va uslubining yaratilishida “Yalla”ning birinchi musiqiy rahbari Yevgeniy Shiryayevning hissasi katta. Bir necha yillar mobaynida ansambl Toshkent musiqa-xolida muvaffaqiyatli chiqishlar qilgan va Sovet Ittifoqi bo‘ylab gastrol safarlarida bo‘lgan, 1973 yil Berlinda GDR aro o‘tkazilgan X Butunjahon talabalar va yoshlar festivalida ishtirok etgan, VIA “Yalla” guruhi “Amiga” korxonasida nemis tilida o‘n beshta qo‘shiq yozgan bo‘lib, undan yarmi GDR milliy xitlar-namoyishi o‘ntaligidan joy olgan. SSSRda ularning qo‘shiqlari, vaqti-vaqti bilan “Melodiya” korxonasi tomonidan ham vinil plastinkaga, ham “Krugozor” oynomasining egiluvchan plastinka-ilovasiga yozilgan. Milliy xalq qo‘shiqlari hamda zamonaviy mualliflarning qo‘shiqlari qatorida, Alisher Navoiy, Umar Xayyom kabi shoirlarning she’riga shaxsiy kuy bastalab, repertuarini boyita boshladi.
1979 yildan
VIA Yallaning “Uch quduq” qo‘shiq albomi. 1979 yil ansamblga yangi musiqachilar kelib, hozirgi kungacha unda faoliyat yuritib kelishadi. Bas-gitarachi Rustam Ilyosov bundan istisno, u guruhda 15 yillik faoliyatidan so‘ng, 1994 yil AQShga doimiy yashash uchun ko‘chib ketgan. 1972 yilgi eski guruh tarkibidan VIA rahbari, xonanda va bastakori - Farruh Zokirovgina qolgan. 1980 yil ansamblni yangi muvaffaqiyat kutardi, bu - Yu. Entinning she’riga F.Zokirov tomonidan bastalangan “Uchquduq” qo‘shig‘i bo‘lib, SSSR super-shlyageriga (hozirgi kunda ham ansamblning “tashrifnoma”si hisoblanadi) aylangan. 1981, 1982, 1984, 1985 va 1988 yillar O‘zbek SSR davlatida xizmat ko‘rsatgan “Yalla” ansambli - Sovet Ittifoqida har yili o‘tkazilgan “Yil qo‘shig‘i” telefestivali g‘olibiga aylanib, diplom bilan taqdirlangan. 1982 yil guruhning ilk albomi (bahaybat-disk) - “Uch quduq”omma yuzini ko‘rdi.
Turli yillarda ansambl tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlar ommalashib boradi: “So‘nggi doston”, “Shahrisabz”, “Dorboz”, “Nasriddin qo‘shig‘i”, “Litso vozlyublennoy moyey” (“Sevgilimning chehrasi”), “Pozvala menya doroga” (“Meni yo‘l chorladi”), “Choyxona”, “Zolotie kupola Samarkanda” (“Samarqandning oltin gumbazlari”). Bir nechta albomlar yozilgan, yorqin teatr namoyishlari ko‘rsatilgan: “Bayramni tashkillashtiraylik, do‘stlar”, “Litso vozlyublennoy moyey” (“Sevgilimning chehrasi”) va “Chayxana na vse vremena” (“Har dam uchun choyxona”).
2000 yil Farruh Zokirov O‘zbekiston madaniyat vaziri etib tayinlangan, ammo “Yalla” ansamblida qolganligi bois, konsert faoliyatini hamda studiyadagi qo‘shiq yozish ishlarini davom ettiradi. 2002 yil 30 sentyabr kuni Moskvadagi “Rossiya” davlat konsert zalida ansamblning tantanavor yubiley-konserti bo‘lib o‘tdi. Shu yilning o‘zida ansamblning birinchi jamoasi 70-yil boshlaridagi repertur bilan “Retro Yalla” guruhini tashkil etishdi. Shuningdek, turli konsert, tomosha, shu o‘rinda, “Yalla”ning yubiley konsertida ham muvaffaqiyatli ishtirok etishgan. Aliasqar Fatxullin intervyularidan birida, “Retro Yalla” ansambli birinchi qo‘shiqlarini diskka yozishni rejalashtirganligini ma’lum qilgan. Yangi 2007 yil arafasida “Yalla” ansambli 70-80 yillarning boshqa san’atkorlari bilan hamkorlikda, Rossiya televideniyasining Birinchi kanali orqali uzattirilgan “Retro FM afsonasi” konsert tomoshasida ishtirok etdi.
Diskografiya
Ansambl tashkil etilganidan keyingi yil o‘zbek jamoasining qo‘shiqlari yozilar va Markaziy televideniya orqali (“Ramazon” qo‘shig‘i) uzattirilar edi. 1972 yil “Melodiya” korxonasi “Yallama yorim” hamda “Qiz bola” qo‘shiqlarini o‘z ichiga olgan plastinkasini chiqardi. 1973 yil “Amiga” (GDR) korxonasi “Shlyagerlar namoyishi” to‘plamiga “Yallama yorim” qo‘shig‘ini kiritadi. Keyinroq “Melodiya” tomonidan min’onlar chiqarila boshladi:
1976 — “Salom, festival”, “Kim o’zi”, “Torimning siri”, “Nav nihol”.
1978 — “Sharq yulduzi”, “Yigitning qo‘lida kuyla, dutor”, “Yumalab-Yumalab”, “Do‘stlar qo‘shig‘i”.
1979 — “Kim u?”, “Qalbim sirlari”.
1980 — “Bu - sevagi” (“So‘nggi doston”), “Meni yo‘l chorladi”.
“Yalla”ning qo‘shiqlari, shuningdek, “O‘zbek estradasi qo‘shiqlari”, “Ansambllar namoyishi, “Vatanim - mening qo‘shig‘im”, “Diskoklub-5” to‘plamlari uchun ham yozilgan.
Albomlari
1982 — “Uch quduq”
1983 — “Sevgilimning chehrasi”
1988 — “Musiqiy choyxona”
1997 — Eng sara qo‘shiqlar to‘plami (ingliz tilida)
1999 — “Sharq bozori”
2000 — “Tuyaning soqoli”
2002 — “Yalla. Sara”
2003 — “Yalla — Grand collection”
Qiziqarli faktlar
“Uchquduq” taronasi Uchquduq shahri haqida bo’lib, shu shaharga gastrol safari chog‘ida yozilgan. VIAning sobiq rahbari shoir Yu.Entin tarona she’rini, Farruh Zokirov esa 40 daqiqa ichida musiqasini bastalagan. Shu kunning o‘zida qo‘shiq konsert dasturida yangragan. U vaqtlar Uchquduq yopiq shahar bo‘lgan va SSSR xaritasiga kiritilmagan. Yu.Entin va F.Zokirovlarning fikriga ko‘ra, bu shahar mamlakat xaritasida qo‘shiq tufayligina paydo bo‘lib, “Yalla”ning eng ommabop qo‘shig‘iga aylangan va o‘z davrida Davlat xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan O‘zbekistonda jaranglashi ta’qiqlangan.
Farruh Zokirovning fikricha, Pesnyarlar Lennon va Makkartnidan ham mukammalroqdir. O‘zining intervyularidan birida, “Pesnyaralar” haqida shunday deydi, “Ularni “Bitllar” bilan ko‘p narsa bog‘laydi, professional ijro qobiliyati jihatdan esa, o‘ylashimcha, inglizlardan ham o‘tadi... ”. “Yalla” xorijning Vetnam, Turkiya, Isroil, Shveytsariya, Ozarbayjon, Seylon, afrika mamlakatlariga gostrol safarlarida bo‘lar ekan, konsert dasturida shu mamlakatning ona tilida bir dona qo‘shiq bo‘lsa ham kuylagan.
Farruh Zokirov bilan intervyudan:
Men eski shaharda – hamma bir jamoa bo‘lib, muloqot orqali yashaydigan, shodlikni ham, qayg‘uni ham bo‘lishadigan joyda ulg‘aydim. Hayotda ega bo‘lgan barcha yaxshi narsalarni ota uyida oldim. Serhasham hovlimiz bo‘lgan - yigirma sakkiz sotixdan ziyod yerimiz bo‘lgan. U yerda O‘zbekistonda bor barcha mevalar o‘sgan. Uyimizda oqsuyaklar doirasiga mansub qiziqarli insonlar, olimlar, davlat arboblari yig‘ilishar edi.
- Alloh meni bu kabi nojo‘ya gaplarim uchun kechirsin-u, onam-tabarruk inson edilar, lekin otamni alohida hayojon ila eslaymiz. Men hamma taraflama ularga o‘xshashga, ularning amallarini qaytarishga harakat qilaman. Oilamizda ajoyib muhit hukm surgan, biz ahil va inoq edik. “Farzandlar, biz ketganimizdan keyin ham shu holatni saqlab qoling”, - deya yolvorardilar onam. Otam uyida o‘tgan davrni men mehribon otamning yelkasi ortida o‘tkazgan eng tashvishsiz vaqt deb eslayman. Uyimizga g‘am-g‘ussa kirmasidan, ya’ni Botirning o‘limidan avval hammasi ajoyib edi. Bu sinovlarga bardosh bera olmay, otamiz ham hayotdan ko‘z yumdilar. Ular og‘ir yurak hurujiga chalindilar. Go‘yo, uyimizga ko‘z tekkanday... Zokirovlar voyaga yetgan mashhur bog‘ni vayron qilishdi. Endi uning o‘rnida yangi tug‘ruqxona barpo qilingan bo‘lib, men bunda ramziy ma’noni ko‘raman.
Onangiz qanday bo‘lganlar?
- Ular erkaklar vazifasini bajarganlar, qattiqqo‘l - badiiy kengash kabi edilar. Hamma narsa nazoratlari ostida edi, axir, olti nafar farzandni voyaga yetkazishning o‘zi emas. Afsuski, onam ijodiy pilla poyada rivojlanmadilar, qisman fe’l-atvorlari tufayli. Ular juda to‘g‘riso‘z bo‘lib, riyokorlik qila olmasdilar, nimani o‘ylasalar, yuziga gapirar edilar. Bu esa barchaga ham manzur bo‘lavermas edi.
- Ehtimol, kasb tanlash siz uchun oson bo‘lmagandir? Otangiz, akangiz kabi yo‘nalishlaringiz bo‘lgan...
- Akam meni umuman orkestriga qo‘shgisi kelmagan, zero “uquvsiz ukasini yetaklab yuribdi”, degan gap-so‘zga qolaman, deb o‘ylagan. Otam esa “tuzukroq” kasb tanlashimni, masalan jarroh bo‘lishimni istaganlar. Sakkizinchi sinfdan keyin men to‘saddan bilim yurtiga kirdim. Kasbim meni o‘zi tanladi. Tez orada nota savodini egalladim. Ertakona kasb - xor dirijyorligi fakultetiga o‘qishga kirdim. Menga dirijyor har doim sehrgarday tuyular edi, go‘yo, tayoqchani bir silkitsa, mo‘’jiza yuz beradiganday.
Birinchi turmushimni juda kech qurdim. Gap shundaki, oilamizda barcha narsa o‘zbekchilikdan yiroq tuzum topdi: goh kuyovimiz o‘zbek emas, goh rafiqasi o‘zbek emas, yoki yanada yomoni - akamdan bir necha yosh katta. Qarindoshlarimiz va yaqinlarimizning hayratini, ota-onamizning ko‘zidagi yoshni tasavvur qila olasizmi?
Men oilada o‘rtacha farzand edim, ozmi-ko‘pmi, katta akalarimning xatolarini tushunardim. Mening turmushim barcha o‘zbek an’analari asosida bo‘ladi, deya o‘zimni darhol to‘g‘irladim. Shu sababli uzoq vaqt uylanmadim, namunali ayolni izladim. Kunlardan bir kun “Yalla” guruhimizga o‘ziga xos ayol keldi. Men har doim ayol kishining ansamblga qo‘shilishi nizolarga sabab bo‘ladi, deya hisoblar edim. Axir, jamoat ishtirokchilaridan biri shu ayol bilan, albatta, turmush quradi. Jamoa ichidagi yana bir jamoa esa antogonizm bo‘lib, uning oxiri mojaro bilan yakun topadi.
Shunday qilib, mening og‘aynim bilan u ayol o‘rtasida ishqiy munosabatlar boshlandi. Men chetdan ularni kuzatib, qayg‘urdim - va o‘zim uni sevib qoldim! Barchasi shunday tus oldiki, og‘aynimning qarindoshlari u qizga uylanishiga qarshilik qilishdi va unga men uylandim. Garchi, oramizda munosabatlar o‘xshamasligini ichki-ichimdan sezsamda, barchasi qonuniylashtirilib, bola tug‘ilgach, hamma narsa o‘z yechimini topishini o‘ylab, o‘zimni tinchlantirishga harakat qilardim. Oilada farzand ham dunyoga keldi, ammo hech narsa o‘zgarmadi. O‘tmishdagi vaziyatlarni yomon xotirlash yaхshi emas, albatta, lekin haqiqat haqiqatligicha qoladi - men, yumshoq aytganda, mushkul fe’l-atvorim tufayli ko‘nika olmadim.
Shunday bo‘lsa-da, ikkinchi turmushim omadli bo‘ldi. Anechka hayratlanarli mehribon inson. Rafiqam mendan yigirma yosh kichkina. Millati rus. U bilan turmush qurganimizda qo‘lida bir yarim yasharlik farzandi bor edi. Men unga otalik qildim, u esa mening kenjatoy o‘g‘lim bo‘ldi. Misha hozirda Angliyada tahsil olmoqda, u yerda uni Mayk deb chaqirishadi.
- Ikkinchi rafiqangiz bilan tanishuvingiz ham chaqmoq kabi bo‘lganmi?
- Unchalik emas. Men esankirab qolmaganman. Shunchaki, yuragimda nimadur lov etgan. Biz Xalqlar Do‘stligi saroyida kutilmaganda tanishib qolganmiz. U maktabdan keyin “O‘zbekkonsert”ga ishlagani kelardi, men ham u yerda ishlardim. Yosh qizning menda qoldirgan ilk taassuroti: “Voh, qanday go‘zal!”, deb o‘yladim ichimda. Uning yoshi bor-yo‘g‘i o‘n to‘qqizda edi, sochini uzun kokil qilib tashlab yurardi - unutilmas romantik timsol. Rafiqam meni ism sharifim bilan sizlab, Farruh Karimovich deb chaqiradi. Uyda rus tilida gaplashamiz.