Tarjimai hol
Vladimirova Ninel Vasilyevna - filologiya fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi sanaladi. U “O‘zbek sovet adabiyoti tarixi” kitobining Toshkent nashrining besh jildlik va Moskva nashrining bir jildlik to‘plamini yaratishda faol ishtirok etdi. Shuningdek, Oybekning 20 jildlik ilmiy asari “Umumiy she'rlar to‘plami”ni tayyorlashda ishtirok etganligi sababli uning ishi yuksak saviyada baholanib, Beruniy nomli O‘zbekiston davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi.
N.V. Vladimirova 1928 yil 24 aprelda Ukrainaning Nikolayev shahrida dunyoga keladi. Urush boshlanganda u yendigina 13 yoshga to‘lgandi. Urushning shiddatli tus olishi Vladimirovlar oilasini Toshkent viloyatining eng issiq qishlog‘i Qatortolga ko‘chib o‘tishga majbur qildi. Qishloq ahli Vladimirovlar oilasini ochiq chehra bilan qarshilab olishdi. Nila (uyda uni shunday chaqirishardi) tez orada o‘zbek tilini, qishloq urf-odatlarini va an'anasini o‘zlashtirib oldi. U qishloqdagi tengdoshlari bilan o‘zbek maktabida o‘qidi, birga o‘ynadi, qo‘shiq aytdi, raqsga tushdi. Bayram kunlari institutga uni raqs tushishga taklif etishsa, Nila o‘zbek xalq musiqasi sanalgan “Dilxiroj”ni qo‘yishni iltimos qilardi va o‘zi ham bu kuy ohingiga sel bo‘lib ohista raqs tushardi.
1945 yili urush tugagach, N.V. Vladimirova O‘rta Osiyo davlat universitetining (hozirgi O‘zbekiston milliy universitet) sharq fakultetiga o‘qishga kiradi. Uni muvaffaqiyatli tugatgach, kichik ilmiy xodim bo‘lib til va adabiyot institutiga faoliyat yuritadi. “Ruscha-o‘zbekcha lug‘at”ning bir jildlik va uch jildlik tayyorlashda faol ishtirok etadi, shundan keyin “Badiiy tarjimaning rus tilidan o‘zbek tilidagi ba'zi bir muammolari” bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasi ustida ishlaydi.
1952 yili Moskvada o‘zbek adabiyoti va san'ati o‘n kunligi o‘tkazildi. Shu munosabat bilan bu mas'uliyatli va quvonchli tadbirda ishtirok etayotganlar faqatgina yozuvchilar emas, tarjimonlar va adabiyotshunoslar ham bor edi. N.V. Vladimirova o‘zbek sovet davri adabiyoti bo‘limiga o‘tkazilgandi. U o‘zbek tilini yaxshi bilgani uchun “Mumtoz o‘zbek adabiyotlari” kitobining o‘nlab nashrlarida faol ishtirok etgan. N.V. Vladimirova badiiy asarlarni tarjima qilish jarayonida sharq uslubini bejirimligini va katta mahorat uslubini egallagan edi.
1958 yili N.V. Vladimirova nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va o‘zining birinchi badiiy tarjimaning muammolariga qaratilgan ilmiy asarini chop etdi. U yetakchi ilmiy xodim bo‘lib ishlagan kezlarida “O‘zbek sovet adabiyoti ocherklari” nashrida muntazam ishtirok etib, “Oydin ijodi”(1953) va “Zafar Diyor ijodi”(1954) risolalarini nashr etdi. 50-yillarning ikkinchi yarmida olima o‘zbek hikoyalarining rivojlanishi, shakllanishi, muammolarini o‘rganishga bor kuch-g‘ayratini sarfladi. Uning sermahsul ijodiy mehnati «O‘zbek sovet hikoyasi», «Qahramonlarning shakllanishi» (M.Sultanova bilan hamkorlikda), «O‘zbek hikoyalarida g‘oya va timsollar», «O‘zbek sovet adabiyoti hikoya janrlarining rivojlanishi», "Said Ahmadning ijodiyoti" monografiyasi, shuningdek, maqolalar to‘plami «So‘zdan kitobgacha» (1988) asari o‘zbek adabiyoti janrlari tarixi va nazariyasi o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etdi. 1988 yili olima "O‘zbek sovet adabiyotida hikoya janrini rivojlanishi" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, O‘zbekistonning taniqli adabiyotshunos olimlari qatoridan munosib o‘rin egalladi.
50-yillarning boshlarida N.V.Vladimirova tarjimon sifatida uning ijodiy mehnati faqatgina katta yoshdagilarni, balki yoshlarni ham o‘ziga jalb etdi. U CHo‘lpon va Fitrat, G‘afur G‘ulom va Abdulla Qahhor, Said Ahmad va O‘tkir Hoshimov, Shukur Xolmirzayev va Olim Otaxonovlar asarlarini mohirona iarjima qildi. N.Vladimirova tomonidan eng yaxshi o‘zbek novellachilarini "Anor" nomli kichik hikoyasidan tashqari Mirzakolon Ismoiliyning "Farg‘ona tong otguncha" asarini, Mirmuxsinni "Me'mor", Said Ahmadning "Ufq", Ulug‘bek Hamdamning «Fitna va qo‘zg‘olon» asarlarini rus tiliga juda chiroyli tarjima qilgan. Olimaning yuksak saviyada tarjima qilgan ishi uning o‘zbek sovet adabiyoti ommalashtiruvchilarni eng ko‘zga tashlangan tarjimonchilardan biri edi.