Shipulin Yuriy Gennadevich

Tavallud topgan sana: 13 fevral 1943 yil

Tug'ilgan joy:Qoraqalpog‘iston

Yo'nalishlar: Muhandislar

4156

Tarjimai hol

Shipulin Yuriy Gennadevich 13-fevral 1943-yilda Chimboy shahri Qoraqolpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan, millati rus.

1960-yilda Navoiy tumanidagi 4-son o‘zbek o‘rta maktabini tamomladi.

1961-yilda “Elektr tarmoqlari va tizimlari” mutaxassisligiga Toshkent politexnika institutini kunduzgi bo‘limiga o‘qishga kirdi. Mehnat faoliyatini 1962-yilda Toshkent shahar elektromontaj boshqarmasida elektromonter vazifasidan boshladi.

1964-yildan 1967-yilgacha Sovet armiyasi safida harbiy xizmatda bo‘ldi.

1970-yilda Toshkent politexnika institutini “Avtomatika va telemexanika” kafedrasida o‘qishni bitirib, “Radioelektronika asoslari” kafedrasida assistent, “Avtomatika va telemexanika” kafedrasida laboratoriya mudiri, assistent, katta o‘qituvchi, dotsent lavozimida ishladi.

1984-yilda nomzodlik dissertatsiyasini va 2007-yilda doktorlik dissertatsiyasini yoqlab, 2008-yildan “Avtomatlashtirish va boshqaruv” hozirgi vaqtda “Intellektual muhandislik tizimlari” kafedrasida professor lavozimida ishlashni boshlaydi.

Turistik yo‘llanma bilan 1976-yilda Finlyandiya, 1978-yilda Fransiyada xizmat safarida bo‘lib qaytadi.

Ilmiy rahbarligida 3 ta nomzodlik dissertatsiyasi yoqlanadi. Bugungi kungacha 5 ta doktorlik dissertatsiyasi nomzodlariga ilmiy konsultantlik qilgan.

250 dan ortiq ilmiy ishlar, shulardan 4 ta monografiya, 4 ta o‘quv qo‘llanmalari va 18 ta patent va avtorlik guvohnomalarini muallifi. 6ta innovasion loyiha va 1ta fundamental loyihalarga ilmiy rahbar sifatida faolliy ko‘rsatmoqda. Loyihalar natijalari O‘zbekiston Respublikasini turli sanoat koronasida bevosita tadbiq qilingan.

Rasmlar galereyasi