Shokir Sulaymon 

Tavallud topgan sana: 8 sentyabr 1942 yil

Tug'ilgan joy:Qo‘qon

Yo'nalishlar: Yozuvchilar, Shoirlar

4768

Tarjimai hol

Ma’rifatparvarlik g‘oyalar targ‘ibotchisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan shoir, nosir, publitsist, adabiy munaqqid Shokir Sulaymon XX asrning 20-30-yillarida O‘zbekistondagi ijtimoiy, adabiy va madaniy harakatda faol qatnashgan siymolardan biridir. Shokir Sulaymon 1900-yilda Navro‘zi olam arafasida Qo‘qonda tavallud topdi. XIX asrda qator mashhur shoirlarni yetkazib bergan Qo‘qon adabiy muhiti o‘zining adabiy-ma’naviy nufuzini hali ham yo‘qotmagan edi. Bu hol Shokir Sulaymon adabiy va ijtimoiy faoliyatining shakllanishiga ta’sir o‘tkazmay qolmadi.
U shu yerda 1916-yilgacha yangi usuldagi maktabda ta’lim oldi. So‘ngra Orenburgga borib, mashhur Madrasai Husayniyada o‘qishni davom ettirdi. Bu uning arab, fors, turk, tatar, rus tillarini o‘rganishi hamda shu tillarda chop etilgan gazeta va jurnallarni o‘qishiga imkon yaratdi.
Shokir Sulaymon Oktyabr to‘ntarishidan so‘ng O‘zbekistonga qaytgach, mahalliy matbuot sahifalarida ma’rifatparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish yo‘lidan bordi. 1922-1926-yillarda avval Moskvadagi ishchilar fakultetida, so‘ng Krupskaya nomidagi pedagogika institutida o‘qidi.
Uning A.Sa’diy, O.Ibrohimov, Hodi Toqtosh, Hasan To‘fon, S.Ayniy, A.Lohutiy kabi qardosh xalqlar adabiyoti namoyandalari haqidagi chiqishlari qon-qardoshlikni mustahkamlash va adabiy-madaniy aloqalarni chuqurlashtirish ishiga xizmat qildi. Ijodiy va ijtimoiy-ma’rifiy faoliyati qizg‘in tus olgan urush yillarida qatag‘on davri nafasi Shokir Sulaymonga ham yetib keldi.

U 1941-yilning 25-avgustida qamoqqa olinib, 1942-yilning 8-avgustida 42 yoshida juvonmarg etildi.
Shunday qilib, Shokir Sulaymon 20-yillarning o‘rtalaridayoq publitsist, hikoyanavis, shoir va tarjimon, adabiyotshunos va munaqqid, shuningdek, darslik va ko‘plab qo‘lyozmalar muallifi sifatida maydonga chiqa boshladi.
U 60-yillarga kelibgina oqlandi va 1964-yilda uning “O‘ch” nomli hikoyalar to‘plami nashr etildi.

Rasmlar galereyasi