Otaniyozov Komiljon

Tavallud topgan sana: 1917 yil

Vafot etgan sana: 1975 yil

Tug'ilgan joy:Xorazm

Yo'nalishlar: Qo‘shiqchilar

16491

Tarjimai hol

O‘zbekistonning qo‘shiq san’ati uchun Komiljon Otaniyozov qanday ahamiyat kasb etadi? — “O‘zbek adabiyoti uchun Alisher Navoiy kabi ahamiyatga ega”, deya javob bergan shoir Omon Matjon, aftidan, hamyurtining ijodini juda yaxshi bilgan ko‘rinadi. Ammo qo‘shiqchining ko‘pchilik ixlosmandlari uchun dunyoda unga teng keladigan yo‘q, zero, uning ijodining ko‘lami keng, badiiy darajasi esa tengsizdir. Albatta, did masalasa nozik, kimnidir ko‘klarga ko‘tarish, boshqasiga past baho berish mumkin, lekin “Xay omona, omon” so‘zlari bilan xorazmning “Lazgisi” jaranglaganda, maydon olamoni ko‘tarilgan, “Barigar” esa hech kimni befarq qoldirmasdigi aniq!!! Uning so‘zsiz jozibasi va aql bovar qilmas iqtidori ko‘plab tinglovchilarni esankiratib qo‘yar edi.

Qo‘shiqchining barchaga ma’lum hissalarini sanab chiqamiz:

1. Qo‘shiqchi sifatida - professonal sahanada likopcha bilan yakkaxon tarzda kuylash tashabbuskori bo‘lgan. O‘zbek qo‘shig‘i lo‘nda va maromga solingan.

2. O‘z vaqtida u ham xonanda, bastakor, musiqachi va shoir sifatida kuylagan yagona qo‘shiqchi bo‘lgan, uning butun dasturi oranjirovka qilingan va u tomonidan yaratilgan edi.

3. U o‘zbek musiqasiga Maxtumquli va Mullanafis kabi turkman shoirlarini olib kirgan. Ularning ikkovi ham Xorazmda yashagan va eski o‘zbek tilida ijod qilishgan (turkiy-chig‘atoy).

4. Maxtumquli va boshqa tasavvufchi shoirlarning (Mashrab, Xuvaydo, G‘oyibiy va boshqalar) she’riyati bilan u qo‘shiq san’atida pand-nasihat yo‘nalishini yaratgan.

5. Komiljon Otaniyozov Xorazmning 6,5 mug‘omlarini boshidan oxirigacha ijro etgan yagona xonanda hisoblanadi. Keyinroq, bastakor Matniyoz Yusupov tomonidan 10 bobligi nashr etilgan, ammo ularni bir o‘tirishda faqat K. Otaniyozovgina ijro eta olgan.

6. Doston qo‘shiqlari uning musiqasiga binoan, ajoyib voqeilikka ega bo‘ldi: “Na bo‘ldi yorim galmyadi?”, “Yorning guli galdi”, “Naylayin”, “Galyar sallona-sallona”, “Bolama o‘xshaydi ovozing sani”. Bu xalq qo‘shiqlarining ro‘yxati uzluksiz va ularning bari oliy darajalidir.

7. U Suvora targ‘ibotchisi bo‘lgan, ularni tarannum etib, Suvora V ni kashf qilgan.

8. “Lazgi”ning to‘qqizinchi turi - “So‘z bag‘ishlovchi lazgi”ni kashf etgan - ungacha lazgilarning 8 ta turli musiqasi bo‘lgan.

9. Uning qo‘shiq merosi ulkan, U Rumiy va Dehlaviydan tashqari, Sharq shoirlarining, deyarli barchasini kuyga solgan.

10. U O‘zDav filarmoniyasi qoshida “Lazgi” xalq ansambli, Turkmanistonda esa “Feruz” ansamblini tashkil etib, o‘zidan so‘ng eng nufuzli maktab va juda ko‘p dong‘i ketgan qo‘shiqchilar (Nazira Yusupova, O. Xaitova, B. Xamdamov, O. Otajonov va boshqalar) qoldirgan.

11. Eng asosiysi, uning qo‘shiqlarida ilk bora inson qalbi harakatlarining jo‘shqinlanishi his qilindi. Uning “Naylaram”i bilan O‘zbekiston xalq artisti Fahriddin Umarovning “Naylaram”i, uning “Netay”i bilan SSSR xalq artisti Xalima Nosirova ijrosidagi “Netay”ni solishtirishning o‘zi kifoya. Ularning ijrosida qo‘shiqning asosiy ohangi seziladi - Komiljon akaning ovozida chorasiz vaziyatlar - chuqur qayg‘u, noumid g‘alayon va ko‘tarinki kayfiyat va hatto, mazkur vaziyatga befarqlik ham seziladi. Ushbu ishtiyoqli jo‘shqinlik mana hozir yurakni tilka-pora qaladiganday, go‘yo.

O‘zbekistonning hech bir taniqli qo‘shiqchisi undan hech narsa o‘rganmaganman, deya olmaydi. Undan keyin F. Umarov “Sabo etsang”, “Dog‘man”, “Aziz Vatanim”, T. Qodirov “Dog‘man”, “Fasli navbahor o‘ldi”, “Istabki go‘zal yorni” qo‘shiqlarini kuylashgan, O. Xaitova va N. Ablullayevalar ijodining erta pallalaridagi tantanali muvaffaqiyatlar esa butunlay uning qo‘shiqlariga binoandir. Uning musiqasi Sh. Jo‘rayev va boshqa ko‘pgina taniqli qo‘shiqchilar ijodida ham jaranglaydi. Yaratuvchilar bo‘ladi, kuylovchilar bo‘ladi, Komiljon aka bu qo‘shiqlarni yaratgan va asosida ko‘plab musiqiy asarlari yaratish mumkin bo‘lgan andoza ham qoldirgan.

Xonanda tavalludining yuz yilligi munosabati bilan Komiljon Otaniyozovning tug‘ilgan yeri Shavot tumanida uning nomi bilan atalgan madaniyat va istirohat bog‘i tiklangan. Urganchda qo‘shiqchi nomi bilan atalgan bog‘ va ijodiy markaz ochilgan, uy-muzeyi ochilib, uning byust haykali o‘rnatilgan.

2000 yil vafotidan so‘ng “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan.

Video galereya

Rasmlar galereyasi