Nosiruddin at-Tusiy

Tavallud topgan sana: 1201 yil

Vafot etgan sana: 1274 yil

Tug'ilgan joy:Xuroson

Yo'nalishlar: Astronomlar, Biologlar, Matematiklar, Fiziklar, Faylasuflar

11397

Tarjimai hol

Abu Jafar Muhammad ibn Muhammad Nosiruddin at-Tusiy (1201-1274) - XIII asr fors matematik va astronomi, Kamoliddin ibn Yunusning shogirdi, o‘ta serqirra olim, falsafa, jo‘g‘rofiya, musiqa, optika, tibbiyot, minerologiyaga oid asarlar muallifi. Yunon ilmi bilimdoni bo‘lgan, Yevklid, Arximed, Avtolik, Feodosiy, Menelay, Apolloniy, Aristarx, Gipsikl, Ptolomeylarning asarlarini sharhlagan.

Nosiruddin at-Tusiy 1201 yil Xurosonning Tus shahrida tug‘ilgan va Qur’on, hadislar, shiit huquqshunosligi, mantiq, falsafa, matematika, tibbiyot va astronomiyani o‘rganib, o‘sha yerda yoshligidan tahsil olishni boshlaydi.

Tusiyning merosiga yuzlanar ekanmiz, biz yana bir bor dunyo va dunyo madaniyatining birligida vaqtlarning uzviy bog‘lanishiga amin bo‘lamiz. Shunday qilib, u o‘z asarlarida osmon mexanizmini asos qildi. 400 yil o‘tgach, ular g‘arbiy ovrupa olimlar tomonidan qayta kashf qilingan. Bolalar astronomi Tixo Brage (1546-1601) Tusiyning hisob-kitoblarini qaytarib, 700 dan ziyod yulduzlar katalogini tuzgan. Bragening ilmiy ishi asosida I. Kepler osmon mexanikasini yaratgan. I. Nyuton ularning mehnatlariga tayangan holda, mexanikaning tayanch qonunlarini yaratgan. Tusiyning matematik mehnatlari Italiya, Angliya, Fransiya - ovrupa Uyg‘onish davrining bosh markazlarida nashrdan chiqqan.

Tusiyning jahon ilm-faniga qo‘shgan ahamiyatli hissalaridan biri butun Sharqda tanilgan Marog‘adagi astronomik rasadxonasining yaratilishidir. Rasadxona 1259 yil hozirgi Janubiy Ozarbayjon hududida, Islomobod Respublikasidagi Eronda tashkil etilgan.

At-Tusiy Xulaguga rasadxona qurilishi masalasida murojaat qiladi, ammo qurilish harajatlari juda katta tuyiladi. Shunda at-Tusiy Xulaguga askarlar uyquga ketgan vaqt tog‘dan mis tog‘orani uloqtirishni tavsiya qiladi. Tog‘ora tog‘dan tushib, katta shovqin ko‘taradi va askarlar sarosimaga tushadi va at-Tusiy shunday deydi: “Biz bu shovqinning sababini bilamiz, askarlar esa bilmaydi; biz xotirjammiz, ular esa havotirda; shuningdek, biz osmon hodisalaridan boxabar bo‘lamiz, biz yerda xotirjam bo‘lamiz”. Bu so‘zlar Xulaguni ishontiradi va rasadxona qurilishiga 20 dinor ajratadi. At-Tusiyning iltimosiga binoan, Xulagu askarlardan ularning qo‘liga tushgan olimlarni o‘ldirmay, Marog‘aga olib kelishlariga buyruq beradi, bu yerga mo‘g‘ullar qo‘llariga tushgan barcha qo‘l yozmalari-u, astronomik moslamalarni keltirishgan.

Marog‘alik rasadxonada 1259 yildan 1271 yilgacha bo‘lgan 12 yillik kuzatuv natijasi “Ilxoniy jadvali” (“Zidjiy Ilxoniy”) bo‘lgan. Bu jadvalda Quyosh va sayyoralarning joylashuv hisob-kitobi, osmon katalogi, shuningdek, sinus, tanges va katangensning 1 oralig‘idagi jadvali keltirilgan.

At-Tusiy, shuningdek, Klavdiya Ptolomeyning “Almagest”iga sharh tuzgan va bir qator boshqa astronomik risolalarni yozgan: “Muiniyning astronomiya bo‘yicha risolasi”, unga ilova, “Samoviy sfera astronomiya bilimlarini egallash”, “Astronomiya bo‘yicha yodnoma”. Ushbu risolalar majmuida at-Tusiy Ptolomeynikidan farqli, osmon jismlari kinematikasiga doir o‘z chizmasini tuzadi. Uning asosi o‘rnida “Tusiy jufti” xizmat qilib, aylanma harakatlarini intilma harakatga o‘zgartiradi.

At-Tusiyga, shuningdek, “Astrolyabiyani o‘rganishga doir yigirma bo‘limli risola”, “Sinus kvadranti haqida risola” va astronomik qurollar haqidagi boshqa risolalar tegishli.

Nasiruddin Tusiy Yevklidning ikki parallel chiziqlar bo‘shliqda tutashishlari haqidagi beshinchi farazini isbotlashida hissasi ulkan. Bu befoyda abstraktsiya emas, balki ilmiy masalaning chinakam samoviy tuzilmasi ekanligini isbotlab bergan. Makonning (Olam) egri ko‘rinishi ob'yekt uzoqlashishi bilan yanada aniqroq namoyon bo’laverishini avvaliga Yevklid ifodalab, Tusiy isbotlagan bergan.

Koinot yaratilishi va dunyoning ijtimoiy tuzumi, huquq va axloq muammolari, davlat boshqaruvi va fanlarning tasnifi, yaxshi tarbiya va oiladagi munosabatlarni takomillashtirish uning falsafasi markazida. Tusiy asosi insoniy munosabatlar bo‘lgan tenglikka erishilgan formulani izlaydi. U davlatni fazilatli va yomonga, jangchilarni adolatli va adolatsizga ajratadi, xalqqa foyda va foydasiz narsalarni belgilab, jamoatchilik hayotidagi hodisalarga baho beradi. Tusiyning ta’kidlashicha, dunyo ikki narsadan aziyat chekadi: “Biri - dunyoda johilona hokimiyat hukm sursa, boshqasi - davlat o‘z ixtiyoriga taqdim etilsa”.

U jamiyat hayotida davlat rolini o‘rganadi va davlat va inson hamda davlat o‘rtasidagi o‘zaro mas’uliyat mohiyatini ishlab chiqadi, aqlning kuchi oqilona boshqaruv va adolatli qonunlarning rivojini ta’minlovchi shahar-davlatning ideal ko‘rinishini yaratadi. “Shaharning barhayotligi uning naqadar haqqoniyligiga bog‘liq”, deya ta’kidlaydi mutafakkir. Insonlarning rizoligi va tengligi g‘oyasini, ularning ixtiyoriy ittifoqi asosida adolatli davlat yaraluvchi har bir inson huquqini “yakka mukammallik” darajasida himoya qilgan.

Ijtimoiy adolatni amalda tadbiq qilish izlanishlari, Tusiyning shaxsiy taqdiriga fojiali yakun yasaydi. Ular ijodkorni turkiy tilda so‘zlashuvchi ismoilitlar davlati tashkilotchisi huzuriga olib kelishаdi. Ammo ismoilitlar shaxslarning tabiiy huquq va erkinliklarini qurbon qilib, uning o‘rnida johilona boshqaruv tuzumini o‘rnatadilar. Tusiy bilan ismoilitlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklari haqida turli taxminiy fikrlar mavjud. Ulardan biri – faylasuf-insonparvar tomonidan qonunlashtirilgan tabiiy inson huquqlari buzilgan johillikni qabul qilmaslik. Ushbu firk sabab, Tusiy 20 yil umrini ozodlikdan mahrum etib, Alamut qal’asiga mixlaydi.

At-Tusiyning matematik mehnatlari orasida “To‘laqonli to‘rtburchak haqida risola” (boshqa tarjimasida “Kesishuvchan shakl haqida risola”). Risola at-Tusiy Alamut qal’asida bo‘lgan vaqt fors tilida yozilgan va Marog‘ada (1260) qisqartirilgan holatda arab tilida yozilgan.

At-Tusiy risolasi besh kitobdan iborat. Birinchi kitobida tarkibiy munosabatlar nazariyasi bayon etilgan. Sobit ibn Qori hamda Umar Hayyomlarning g‘oyalarini ilgari surib, at-Tusiy bu yerga muvofiq va nomuvofiq tushunchadagi sonlarning kengaytirilgan mohiyatini kiritadi. Ikkinchi kitobida Menelayning yassi to‘rtburchakning turli teoremalariga isbotlar keltirilgan. Uchinchi kitobi sinus va kosinus yoylar tushunchalari kiritilgan va yassi trigonometriyaning bir qator teoremalari isbotlanadi; xususan, bu yerda yassi uchburchakni yechish qoidalari ko‘rib chiqiladi va sinuslarning yassi teoremasining isboti keltirilgan. To‘rtinchi kitob Menelayning fazo shakllarining kesishuvini isbotlovchi turli holatlar teoremasiga bag‘ishlangan. Beshinchi kitobda teoremalar yordamida fazoviy trigonometriya masalalarini yechish usullari , “kesishuvchan shakllarning almashinuvi”, - tangens va sinuslar teoremalari ko‘rib chiqiladi. Beshinchi kitobning xulosa qismida fazoviy uchburchaklarga oid masalalarni yechish qoidalari taqdim etilgan.

At-Tusiy - fanning bir qator boshqa sohalaridagi risolalar muallifi. Uning fizikaga doir “Yevklid “Optika”siga ishlov”, “Kamalak haqida”, “Jazirama va qahraton haqida” kabi risolalari mashhur. U al-Beruniy va boshqa olimlarning mehnati asosida mineralogik asar tuzgan. At-Tusiy tibbiyotga oid bir qator kitoblar yozgan, jumladan, Ibn Sinoning “Qonun”iga sharh ham yozgan. Uning bir qator risolalari mantiq, falsafa va axloqqa bag‘ishlangan. U, shuningdek, bir qator ilohiyot asarlari va moliya haqida risolalar yozgan.

At-Tusiyning biologiyasida birinchilardan evolyutsiyaviy g‘oyalar keltirilgan. Uning ta’limotiga ko‘ra, olamda avvaliga, asos elementlar bo‘lgan. So‘ngra, ulardan minerallar, o‘simliklar, hayvonlar va odamlar paydo bo‘la boshlagan.

Rasmlar galereyasi