Tarjimai hol
Nina Borisovna Nemseva - arxeolog, taniqli O‘rta Osiyo mediyevist-tadqiqotchi, tarix fanlari nomzodi.
M.E. Masson va G.P. Pugachenkova talabasi. 1950 yilda Markaziy Osiyo davlat universiteti (Tarix fakulteti, Arxeologiya bo‘limi) ni tamomlagan. Markaziy Osiyo me’morchiligi va arxeologik yodgorliklarini tadqiq qilgan.
Uning barcha ijodiy ishlari O‘rta Osiyoning o‘rta asr madaniyat va san’ati yodgorliklarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning asosiy yo‘nalishi – arxeologik-arxitektura me’morlik yodgorliklari bo‘lgan. Yirik me’moriy maqbaralarda va O‘zbekistonning alohida joylarida bir qancha yillar mobaynida arxeologik ish olib boradi.
Uning yirik ishlari Samarqandda (Shohi Zinda maqbarasi, Afrosiyob shaharchasida), Buxoro viloyatining Buxoro shahrida (Raboti Molik maqbarasi, Sayfiddin Buxorziy honaqosi), Termiz yonida (o‘rta asr qo‘rg‘oni va Bobotepa qal’asi) o‘tkazilgan.
Shuningdek, arxeologik tadqiqotlarini Tojikistonda ham olib bordi (Xo‘ja Mushod honaqosi maqbarasi respublikamizning sharqida, Ko‘k Gumbaz masjidi va Muslixitdin maqbarasi O‘ratepada) va janubiy Qozog‘istonda (Xo‘ja Ahmad Yassaviy maqbarasi Turkistonda) ekan.
Nina Borisovna Toshkent, Samarqand, Olmaota, Ashxobod, Moskva, Sankt-Peterburg, London, Berlin, Parij Rimlarda nashr etilgan 5 ta kitob, bir necha ilmiy risolalar, 150 yaqin maqolalar muallifidir. Xalqaro anjumanlarda ishtirok etgan: Rossiya (Moskva, Leningrad, Kiyev, Yerevan, Tbilisi), Frantsiyada (Parij va Bordo), Yaponiyada (Nara, Tokio), Ispaniyada (Kordoba) va O‘rta Osiyo respublikalarida.
Luvr (Parij, Fransiya-1999)ning Sharq bo‘limi taklifnomasiga ko‘ra, O‘rta Osiyo me’moriy yodgorliklari bo‘yicha ommabop ma’ruzasi bilan ishtirok etgan.
Nina Borisovnaga bag‘ishlangan sayt ham mavjud.