Najmiddin Kubro

Tavallud topgan sana: 1145 yil

Vafot etgan sana: 1221 yil

Tug'ilgan joy:Xorazm

Yo'nalishlar: Dinshunos va ma’rifatparvarlar

41269

Tarjimai hol

Shayh Najmiddin Kubro (Nadjm-id-din Abu-l-Jonib Ahmad ibn Umar alh-Xivaki alh-Xorazmiy, 1145-1221) — XII asr so‘fichiligining taniqli namoyondasi, fan sohasida o‘zidan so‘ng boy meros qoldirgan olim. “Kubraviya”, ya’ni “Zaxabiya” - oltin nomini olgan uning ta’limoti nafaqat Xorazmshohlar saltanati, balki butun islom olami ma’naviy hayotiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.

Najmiddin Kubro 1145 yil Xorazmda tug‘ilgan va umrining birinchi yarmini sayohatlarda o‘tkazgan (Nishopur, Xamadon, Isfaxon, Makka, Iskandariya). U ona diyoriga 1184 yil qaytib kelib, Urganchda xonaqoh va Kubraviya tariqatiga asos soladi.

Shu davrdan e’tiboran, uning faoliyati Markaziy Osiyoda o‘tib, ko‘plab shogirdlar chiqaradi. Ular orasida tasavvuf ilmining mashhur nazariyotchilari va so‘fichilikka doir ilmiy mehnatlar mualliflari bor. Xususan, tasavvufchi-shoir Najmiddin Dayya Roziy (1256 yil vafot etgan), Sa’d id-din Xammuya (1252 yil vafot etgan), Sayf id-din Bahorziy (1261 yil vafot etgan) va boshqalar.

Chingizxonning shaharni tark etish iltimosiga qaramay, Najmiddin shaharda qolib, o‘quvchilar bilan birga qo‘lida qirol ko‘tarib, Urganchni himoya qiladi. Uning qabri Kunya Urganch shaharchasidagi xonaqoh oldida joylashgan.

Najmiddin Kubro tasavvuf ilm yo‘nalishidagi o‘z maktabini yaratgan. U Ulamolar Sultoni Baxovuddin Valid, Majiddin Bog‘dodiy va boshqa taniqli so‘fi shayhlari va shoirlarining ustozi bo‘lgan. Kubraviya ta’limotiga ko‘ra, inson kichik bir dunyo bo‘lib, o‘zida kichik dunyoga sig‘uvchi barcha narsani jam etgan. U rang-yorug‘lik ramziyligiga aniq ta’rif bergan, buni tasavvuf mashqlari jarayonida kuzatish mumkin, — bular dog‘ nuqtalari va aylanalar: qalb qora nurda namoyon bo‘luvchi jarayonlardan o‘tadi va ora-sira qora-qizil tusga kiradi, toki yashil rang paydo bo‘lmaguniga qadar, ya’ni ilohiy marhamat darajasigacha ko‘tarilmaguncha davom etadi.

Al Kubro o‘z qarashlarini arab tilidagi risolalarida bayon etgan, ulardan ayrimlari saqlanib qolgan va nashr etilgan.

Najmiddin Kubroning shakl va rangning inson ruhi bilan munosabati haqidagi g‘oyalari va nazariyasini uning o‘quvchilar, o‘quvchilarining o‘quvchilari va so‘fichilik ta’limotining boshqa avlodlari davom ettirishdi. Bugungi kunda Kubroviya g‘oyasini o‘rganish ustida o‘zbek olimi - filologiya fanlari doktori, professor Najmiddin Komilov shug‘ullanmoqda. U o‘z e’tiborini “latoif” nazariyasiga qaratgan bo‘lib, nafaqat nazariyotchilar, faylasuf, tilshunos, tarixshunos, ruhshunos, pedagog, san’atshunoslarda, balki rassomlar, dizayner, musiqachi, xoreograf, teatr, kino va televideniye ishchilarida ham katta qiziqish uyg‘otmoqda, zero, ularning faoliyatida shakl va rangning inson ruhi bilan munosabati ahamiyatli o‘rin egallaydi.

Video galereya

Rasmlar galereyasi