Mirkarim Osim

Tavallud topgan sana: 1907 yil

Vafot etgan sana: 1894 yil

Tug'ilgan joy:Toshkent

Yo'nalishlar: Shoirlar

24722

Tarjimai hol

Ijodini she’riyatdan boshlagan Mirkarim Osim tarixiy asarlari orqali kitobxon nazariga tushgan. Butun umrini tarixiy hikoyalarga bag‘ishlab, ularda insoniylik, vatanparvarlik, qahramonlarga va tarixiy shaxslarga hurmat g‘oyasini ilgari surgan.

Adib tavalludining70 yilligi munosabati bilan unga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvoni berilgan, 2001 yil Vatan oldidagi unutilmas xizmatlarini uchun “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.

Tarixiy asarlari orqali butun xalqqa tanilgan Mirkarim Osim 1907 yil Toshkentda, ziyolilar oilasida tug‘ilgan. 1917-1920 yillar “Shams ul-urfon” boshlang‘ich maktabiga boradi. 1921-1924 yillar Narimonov nomidagi ta’lim-tarbiya o‘quv yurtida tahsil oladi. 1926 yil Moskva Davlat Pedagogika universitetining tarix-iqtisod fakultetiga o‘qishga kirib, 1930 yil yaknulaydi. Keyinchalik Samarqanddagi o‘qituvchilarni tayyorlash kurslarida ishlab, 1932 yildan O‘zbekiston maorif ta’limi xalq komissarligi huzuridagi pedagogika ilmiy-tadqiqot institutida faoliyat yuritadi.

Mirkarim Osim faoliyatini she’riyatdan boshlaydi. Keyinchalik, o‘quv qo‘llanmalar, tavsiyanomalar va tarix darsliklarini yozadi. 1940 yildan boshlab Alisher Navoiyning hayoti va ijodi haqida so‘zlovchi “Astrobod”, “Alisher Navoiy va Darveshali”, “Badarg‘a”, “Navoiyning xislatlari”, “Ulug‘bek va Navoiy” kabi hikoyalar yozadi.

Butun umrini tarixiy hikoyalar yozishga bag‘ishlab, ularda insoniylik, vatanparvarlik, qahramonlar va tarixiy shaxslarga bo‘lgan hurmatni ulug‘laydi.

Mirkarim Osim 40-yillar qatag‘on qurboniga aylanadi va bir necha yillar mobaynida lager mashaqqatlarini boshdan kechiradi. 50-yillar vataniga qaytgach, u tarixiy asarlar ustida ishini davom ettiradi. Nashriyotlarda muharrir bo‘lib faoliyat yuritadi.

Mirkarim Osim asarlarini uch qismga ajratish mumkin:

1. Tarixiy-qahramonlik mavzuidagi asarlari.

2. Tarixiy-maishiy mavzuidagi asarlari.

3. Tarixiy-biografiy mavzuidagi asarlari.

Qahramonlik mavzusidagi asarlari: “O‘tror”, “To‘maris”, “Temur Malik”, “Aleksandr va Spitamen”.

Maishiy mavzusidagi asarlari: “Mohlar oyim va Xonposhsha”, “Karvon qo‘ng‘irog‘i”, “Elchilar”.

Tarixiy-biografik asarlari: “Zulmat ichra nur” (Navoiy haqida), “Jayhun ustida bulutlar” (Beruniy haqida), “Ibn Sino qissasi”, “Aljabrning tug‘ilishi” (Al-Xorazmiy haqida), “Singan setor” (Mashrab haqida).

Adibning tavalludining 70 yillik munosabati bilan unga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvoni berilgan.

Mirkarim Osim 1984 yil vafot etgan.

2001 yil Vatan oldidagi xizmatlari uchun “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.

Rasmlar galereyasi