Mavayeva Gulnora

Tavallud topgan sana: 31 iyul 1931 yil

Tug'ilgan joy:Toshkent

Yo'nalishlar: Raqqos va raqqosalar

6796

Tarjimai hol

Mavayeva Gulnora Nizamovna — artist va pedagog. O‘zbek SSR xalq artisti.

1931 yil 30 iyun kuni Toshkentda tug‘ilgan.

1941 yil Tamara Xonim nomidagi balet maktabini bitirgan. 1948 yil Navoiy nomidagi teatr studiyasi qoshidagi balet maktabini, 1951 yil Moskva xoreografiya bilim yurtining o‘zbek balet studiyasini (M.A. Koxudova sinfida), 1971 yil Leningrad xoreografiya bilim yurtining pedagogika bo‘limini tamomlagan.

1945-1949 hamda 1951-1957 yillar oralig‘ida Gulnora Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatri solisti bo‘lgan.

Partiyalari:

Avrora, Esmeralda, Mariya, Syuimbike, Tao Xoa; Gulnora (“Balerina” Mushel), Yulduz (“Orzu” Akbarov), Oynisa (“Oynisa” Zokirov va Giyenko) va boshqalar.

Gulnora Mavayeva o‘zbek milliy raqslarini yoqimli va maftunkor ijro etuvchi iqtidorli raqqosa sifatida “Katta raqslar”, “Shoyi”, “Farg‘ona usuli”, “Shaddod qiz”, “Maftun etdi”, “Raqsga tushaversin”, “Ey, sarvi ravon”, “Orazbon lezginkasi” va boshqa raqslari bilan tamoshabinlarni o‘ziga rom eta oldi.

Xorijning ko‘plab mamlakatlarida David Oystrax, Georg Ots, Dmitriy Bashkirov, Lyudmila Lyadova, Aram Xachaturyan, Rashid Beybutov va boshqa taniqli musiqachilar bilan bo‘lib, dunyoga o‘zbek raqsining chiroyi va nafosatini ko‘rsatgan. 1953 yil Buxarestda Jahon yoshlar va talabalar festivalida oliy mukofotga sazovor bo‘lib, “Oltin medal” bilan taqdirlangan.

O‘zbek mumtoz va xalq raqslari bilan Sovet ittifoqi va xorij shaharlarida ishtirok etgan. 1971 yildan Leningrad xoreografiyasining pedagogika bo‘limini yakunlagunga qadar Toshkent xoreografiya bilim yurtida dars beradi, 1975-78 yillar badiiy rahbar.

Raqqosa bor san’ati va muhabbatini namoyon etib, o‘zbek, rus va ovrupa baletlari partiyalarini ijro etgan.

Uni keyingi raqs partiyalari mashhur qilgan: “Jizel”, “Uyqudagi go‘zal”, “Esmeralda”, “Maskarad”, “Oq bilak xonim”, “Oynisa”, “Baxt o‘chog‘i”, “Xursnadchilik”, “Chaqmoq izidan”, “Boxchasaroy favvorasi”, “Oq qushlar ko‘li”.

Uning iqtidori va raqs ijrosini ko‘rgan Georgiy Mishel o‘zining “Balerina” asarini unga bag‘shida etadi.

1971 yildan Gulnora Mavayeva Toshkent xoreografiya bilim yurtida o‘zining pedagogik faoliyatini boshlaydi, so‘ngra, 1974 yildan Toshkent madaniyat institutida ovrupa raqslaridan dars berib, Ma’mura Ergasheva kabi iqtidorli raqqosaga saboq bergan.

Musiqa allaqachon tamom bo‘lib, raqsdan ruhlanib, aylanishda davom etayotgan kichik qizaloqqa qarata “To‘xta, aqlsiz! To‘xta”, deya gapirib qoldi raqs ustozi. Ohang ajoyib edi, u esa shu qadar raqsga tushishni sevardiki, oradan shuncha yil o‘tsa ham, O‘zbekiston xalq artisti Gulnora Mavayeva uning “Vals o‘z girdobida yana va yana aylantirmoqda...”, degan so‘zlarini hanuz eslaydi.

Musiqa ilhom baxsh etdi

Gulnora Nizamovna yetti yoshidan Tamara Xonim nomidagi balet maktabiga borgan. U paytlar maktab mudiri Nizom Holdorov bo‘lgan. Sevimli sinfidagi darslarni qoldirish uchun dunyoda biror bahona bo‘lmagan.

Keyin barchaning hayotiga, shu jumladan, o‘n yasharli qahramonimiz hayotiga ham ko‘plab o‘zgarishlar olib kirgan urush boshlandi. Maktab darslaridan so‘ng, u otashga to‘la ko‘zlari bilan shaharning teatr va baletlarining “Ulug‘bek”, “Davron ota”, “Farg‘ona kanala”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” kabi ko‘plab ommaviy spektakllarida ishtirok etdi. Shuningdek, deyarli har kuni balet studiya maktabi bilan teatr o‘rtasida joylashgan harbiy kasalxonaga tashrif buyurgan. Qiz va o‘g‘il bolalar barchaga qo‘ldan kelgancha yordam berishgan, kechki paytlari konsertlar uyushtirib, yarador askarlarga tamoshalar ko‘rsatib, ularning kayfiyatini ko‘tarishgan. Bolalar ularning og‘ir ahvollarida ozgina bo‘lsa-da qo‘llab-quvvatlay olishganidan baxtli edi.

Gulnora Nizamovna ham oson damlarni boshdan kechirmagan. Ota onasi quvg‘in qilingan, u esa bolalar uyiga tarbiyalanishga jo‘natilgan. Lekin, hayotga bo‘lgan ruhlantiruvchi qarashlari va raqsga muhabbati barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tishida yordam bo‘ldi.

- O‘ylashimcha, agar hammasi bo‘lmasa, demak ko‘p qismi, ekanligini atrofdagilar hal qiladi. Men bilimli va o‘qimishli kishilar yashovchi madaniyatli hovlida katta bo‘ldim. Masalan, qo‘shni oila bolalari Muhabbat va O‘ktam ingliz, fransuzs tillarida so‘zlashgan va meni ham o‘rgatishgan. Aytmoqchi, besh yoshimda “Sharq haqiqati” gazetasini o‘qiy boshlaganman. Harflab, deya, jilmayadi Gulnora Nizamovna.

Balet maktabiga pianinochi Svyatoslav Rixter kelganini eslaydi. U darslarda bolalarga bir necha bor jo‘r bo‘lgan. U vaqtlar kichik Gulnoraning sochi kalta kesilgan edi. “Rixter kuyni ajoyib ijro qilgan, men uning musiqasidan shunchalik ilhomlanib ketgandimki, to‘xtovsiz raqsga tushganman. U ijrosini to‘xtatdi, men esa berilib ketganimdan buni sezmabman ham. Meni bir oz kuzatib, Tiparatikan, deya menga yuzlandi. Shunday qilib, menga juda yoqqan shu laqab bilan qolib kettim.”

Ilk rollarida

Navoiy nomidagi balet studiyasi hamda Moskva xoreografiya bilim yurtining o‘zbek balet studiyasini tamomlagach, Gulnora Nizamovnaga Katta teatrda qolib ishlash taklifi tushadi. Lekin u ona yurtiga qaytishni afzal ko‘rdi va oradan bir muncha vaqt o‘tgach, Toshkent opera va baletining yetakchi solisti bo‘ldi. Artistlar ko‘p bo‘lmagan, deyarli butun repertuarni bir necha solistlar ijro etgan. Ular yangi sahna asarlariga kayfiyat baxshida etishgan, eskilariga yangicha ko‘rinish qo‘shishgan. So‘nggi bir yarim yil ichida qahramonimiz mamlakatimizda va xorijiy spektakllarda juda katta miqdordagi rollar ijro etgan - Esmeralda, Jizel, Avrora, Uyqudagi go‘zal va boshqa ko‘plab timsollar.

Shuningdek, xorij safarlarida ham tez-tez borib turgan. Hayotining ushbu yorqin davri haqida gapirarkan, Gulnora Nizamovna jamadonida ehtiyotkorona saqlagan katta bog‘lamdagi gazeta va jurnallarini ko‘rsatadi. U maqolalarni yana o‘qish, uning ishtirokidagi dasturlar va afishalarni ko‘rish, barchasi qanday bo‘lganligini yana eslash imkoni tug‘ilganidan hursand. Xorij nashrlari u vaqtlar o‘zbekistonlik vakillar haqidagi sarlavhani rang-barang yozishgan, suratda esa qahramonimiz keng tabassumi bilan jilmayib turibdi. “Ehtimol, kamera meni yoqtirgan” - aktrisaning o‘zi buni payqaydi. Tanqidchilar ham uni qadrlashgan. Solistning mahoratinigina emas, balki u o‘z yo‘lini bosib o‘tish uchun shaylangan kayfiyatiga yorqin ta’rif berarkan: “Gulnora Mavayeva - lirik uslubdagi raqqosa. Yengil va nafis harakatlari, suzuvchan qadam tashlashlari va tanasining egiluvchanligi o‘ziga xos yoshlik hayajonini uyg‘otadi. Ijodiy interpritatsiyada aktrisaning raqsi yangi mohiyatga ega bo‘ladi, bu orzu emas, baxt”, gazeta maqolalaridan birida shunday deyilgan.

Xorijliklar uning raqslari va aktyorlik mahoratidan zavqlanishdan to‘xtashmagan, uning qalin o‘rimga solingan uzun va qalin sochlarini ham e’tibordan xoli qoldirishmagan. Xonimlar undan qanday qilib bu darajaga yetganligini so‘rashdan charchashmagan. Shunday qilib, ingliz gazetalaridan birida “The sour milk shampoo” (Qatiqli shampun) sarlavhasi ostida maqola paydo bo‘ladi, unda barcha sirlari ochiq bayon etilgan. Albatta, xorijliklar uchun bu yovvoyilik bo‘lgan.

Oddiylik va soddalik

Keyinroq Gulnora Nizamovnaning ustozlaridan biri uni xoreografiya bilim yurtiga dars o‘tish uchun taklif etadi. U yerda Gulnora keyingi 53 yilini o‘tkazadi. Uning o‘qituvchilik mahoratiga o‘quvchilariga qarab baho berish mumkin. Juda ko‘plab bitiruvchilari taniqli sahna ustalari bo‘lib yetishgan. O‘z ustozlarini nafaqat bayram kunlari, balki begim kunlari ham xanuz eslashadi, qo‘ng‘iroq qilishadi, yo‘qlab, ustozlarining sog‘lig‘i va hayotidan xabar olishadi.

Hozir xalq artisti nafaqada, hayotining mazmuni - uni tinimsiz xursand qiluvchi farzandlari, nabiralari va evaralari. Uning eng kichik o‘g‘li ordinaturani a’lo baholarga bitirdi va jarroh-ortoped bo‘lib ishlashni rejalashtirgan.

... O‘zbek tilida “sodda” so‘zi bor. Uning chinakam tarjimasini topish mushkul, yaqin tarjimasi “ko‘ngilchan”, “samimiy”. Gulnora Mavayevani har doim shunday ta’riflashgan. Yoshligidan sahnalarda, o‘qituvchilik paytida va hatto hozir ham unda mavjud odamlarni o‘ziga tortuvchi xislatga ega. Aynan shu xislati o‘z havasi – baletga jonini fido qilgan artistni alohida ajratib turadi.

 

Rasmlar galereyasi