Tarjimai hol
Murodjon Mansurov adabiyot olamiga 60-yillar kirib kelgan. Yozuvchining 10 dan ziyod romanlari va hikoyalari nashr etilgan. U tomonidan yaratilgan qissalar, ayniqsa, “Mangu jang” romani o‘zining hayotiyligi va samimiyligi, tilining sodda va shiraliligi bilan ajralib turadi.
Farg‘ona viloyatida muxbir bo‘lib ishlagan. “Yoshlik” jurnalida bosh muharrir o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritadi. So‘ngra, faoliyatini “Sharq yulduzi” jurnalida davom ettiradi.
Murodjon Mansurovning birinchi asari “Aziz inson” (1963) yozuvchining mushtipar, mehribon va zahmatkash onasi haqida yozilgan. Asar ma’lum sabablarga ko‘ra nashr qilinmagan. Shundan so‘ng o‘ndan ortiq hikoya va romanlari nashrdan chiqqan.
Yozuvchi asli toshkentlik, 1941 yil Cho‘pon otadan uzoq bo‘lmagan yerda, Qatortolda, bog‘bon oilasida dunyoga kelgan. Otasi Mansurxo‘ja To‘raxo‘ja o‘g‘li mirishkor bog‘bon bo‘lgan. U o‘g‘li Murodjon bolaligida olamdan o‘tgan. Bo‘lajak yozuvchini onasi Karomatxon va uning qizlari Umarxo‘ja, Karomatxonlar tarbiyalashadi. O‘rta maktabni tugatgach, Toshkent politexnika institutining qurilish fakultetiga o‘qishga kiradi. Institutni tamomlagach, muhandis-loyihachi bo‘lib ishlagan. Shu yillar unda ijodga bo‘lgan mayl uyg‘onib, ocherk, lavha, hikoyalar yoza boshlaydi. “Qalamimni ko‘rib, respublika markaziy gazetasi “Qizil O‘zbekiston”ga (hozirgi “O‘zbekiston ovozi”) chaqirib olishdi”, yozadi muallif o‘z tarjimai holida.
Uning “Sadarayhon” (1965), “Umr chorrahalari” (1972), “Qirg‘oqlar” (1975), “Hammaning yashagisi keladi” (1980), “Yombi” (1988) kabi qissalari, “Mangu jang” (1985), “Gunohi azim” (1995) kabi romanlari talabchan kitobxon tomonidan iliq qarshi olingan.
Shuningdek, “Judolik diyori” romanining ikki jildi nashr etilib, kitobxonga taqdim etilgan. Asar sarguzasht ko‘rinishida yozilgan.
2014 yil vafot etgan.