Lutfiy

Tavallud topgan sana: 1367 yil

Vafot etgan sana: 1465 yil

Tug'ilgan joy:Hirot

Yo'nalishlar: Yozuvchilar, Shoirlar

29615

Tarjimai hol

Lutfiy — temuriylari Xurosonining o‘rta asrlar shoiri, chig‘atoy tilida (eski o‘zbek tilida) ijod qilgan. Deyarli, butun umrini Hirotda o‘tkazgan. Alisher Navoiy Lutfiyni “o‘z davrining notiqlar shohi, fors va turkiy tilini egallashda tengsiz”, deya ta’riflagan.

Lutfiy 1367 yil Hirot yaqinidagi Dehikanor qishlog‘ida dunyoga kelgan. Samarqandda - Temuriyning o‘g‘li Shohruh saroyida yashab, xizmat qilgan. Shohruhning o‘g‘li Mirzo Ulug‘bek - buyuk olim va Samarqandning bo‘lajak hukmdori bilan munosabatlari juda yaqin bo‘lgan.

Lutfiy dunyoviy ilmlarni va adabiyotni juda erta o‘rgangan. O‘z davrinnig boshqa shoirlari kabi, Lutfiy ham nafaqat forsiy, balkiy turkiy tilida ham ijod qilgan. Unga Kemal Xo‘jandiy va Hofizlar katta e’tibor qaratishgan.

Yoshligida dunyoviy ilmlarni o‘rganadi, keyinroq, so‘fiylik bilan qiziqib qoladi, zohidiy turmush tarzini olib borgan. Sulton Shohruhning (1405-1447 yillar hukmronlik qilgan) buyurtmasiga asosan, “Zafarnoma”da Temurning tarjimai holini she’riy ko‘rinishda bayon etgan. Doston tugallanmagan, qo‘lyozma hamda dostonning matni saqlanib qolmagan.

Bizning davrimizgacha “Gul va Navro‘z” devon va dostoni (1411-1412) saqlanib qolgan. Doston asosi ertakona mavzuda bo‘lib, baxtli yakun topadi. Doston bir nechta katta bo‘lmagan bo‘limlardan iborat, uning umumiy hajmi 595 baytni tashkil etadi. Bu kabi dostonlarga xos, an’anaviy muqaddima, ya’ni, Alloh, payg‘ambarimiz (s.a.v.), xon madh etilganidan so‘ng, mamlakat podshosi Navshad Farruh uzoq kutilgan farzand - o‘g‘illik bo‘lib, uni muqaddas oy - Navro‘z sharafiga nomlashadi.

Lutfiy lirikasi chig‘atoy she’riyatining kelajakdagi ravnaqiga (shu o‘rinda, Alisher Navoiyga ham) ta’sir ko‘rsatdi. Uning g‘azallarida Sharq an’analariga xos bejamdorlik bo‘lmagan, zero, bejamdorlik xislati turkiy tilda so‘zlashuvchi xalqlar follyorining ta’siridir.

“Gul va Navro‘z” dostoni - fors shoiri Jalol Tabibning shu nomli dostoniga (1333) javobi bo‘lgan. Shoir uzoq yillik sinovlardan so‘ng, oqibatda, birga bo‘lishganligi haqida so‘zlaydi.

G‘azal Lutfiy ijod qilgan yagona janr bo‘lgan. Umuman olganda, XV asrda ijod qilgan boshqa shoirlar kabi.

G‘azal janrining qat’iy chegaralariga qaramay, Lutfiyning g‘azallari yorqin va betakrordir. Sevgini turli ko‘rinishlarida ifodalovchi shoir g‘azallari - tuyg‘ularning keng ranglarini namoyon etadi, shu sababli, ular kichik she’riy shoh asarlar hisoblanadi.

An’anaviy yo‘nalishda bo‘lishiga qaramay, Lutfiy g‘azallari ruhni ko‘taruvchi muqaddimaga ega. Taraqqiyparvar nuqtai nazarga ega, bilimli va o‘qimishli inson sifatida, Lutfiy hayotdagi adolatsizlikka tik qaray olmagan, bu haqda yozmay olmagan, biroq, u davrlarda hukmdorlarni ayblashning imkoni bo‘lmaganligi ehtimoldan holi emas.

Lutfiy she’riyati an’anaviy. Sharqiy nafosat, hayajon va yorqin timsollik uning ishqiy g‘azallarini esda qolardi va betakror qiladi. U radif san’atini yakunlagan; ohangdoshlik va qofiyalanishning boyligi o‘ziga xos tovush ma’nodorliligini belgilaydi, yorqin taqqoslanishlar va metaforalar kitobxonni jonli turmush tarziga, dunyoviy quvonch va qayg‘ularga qaytaradi.

Lutfiyning ayrim she’rlari milliy qo‘shiqlarga aylangan.

Video galereya

Rasmlar galereyasi