Tarjimai hol
Atoqli fizika-jo‘g‘rofiyachi va glatsiolog, jo‘g‘rofiya fanlari doktori (1937), O‘zbek SSR FA muxbir a’zosi (1947), O‘zbek SSR da xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1939). Professor, O‘rta Osiyo univresiteti fizika jo‘g‘rofiyasi fakulteti mudiri (1937 yildan). N. L. Korjenevskiy tomonian o‘ndan ziyod yirik ilmiy asarlari yozilgan. N.L.Korjenevskning asosiy ilmiy ishlari O‘rta Osiyoning fizika jo‘g‘rofiyasiga bag‘ishlangan.
Uning otasining kelib chiqishi litvaliklarga taalluqli bo‘lib, Kovenskiylar dvoryanlardan bo’lgan, onasi esa polklardan bo‘lgan. Nikolayning bolaligi Kostromski viloyatida o‘tgan, otasi ovchilikka qiziqqanligi bois, o‘g‘lini ham tabiat sir asrorlari bilan tanishtirgan, unga bo‘lgan muhabbatni uyg‘otgan. Otasining kasalligi va vafoti, uning universitetga kirish rejalarini barbod qiladi, shu sababli, o‘quv yurtini bitirgach, Kiyevdagi harbiy bilim yurtiga kirib, uni 1901 yili a’lo baholarga tamomlaydi. Markaziy Rossiya hududida ishga kirish imkoniyatini qo‘lga kiritib, u Turkistonning rivojlanmagan, tartibsiz hududi O‘sh shaharchasiga o‘z hohishi bilan xizmat qilishga boradi.
Qiyinchiliklarni “sarguzashtlar bilan” boshdan kechirib, u bo‘lajak xizmat yeriga Kavkaz, Kaspiy dengizi, Kaspiy ortidan Samarqand va Toshkent temir yo‘li orqali Farg‘onaning O‘sh viloyatiga yetib boradi.
O‘shga kelgach, u bo‘lajak boshliqlari - batalon qo‘mondoni Sergey Angreyevich hamda uyezd boshlig‘i, polkovnik va Pomir otryadining sobiq birinchi qo‘mondoni, Pomir ko‘prigini quruvchisi Vasiliy Nikolvevich tomonidan iliq kutib olinadi. Ular Nikolayni moddiy qo‘llab quvvatlab, yangi joyga o‘rnashishida yordam berishadi.
Xizmat vazifasini o‘tash davrida u bo‘sh vaqtida do‘stlari ko‘magida dinamo-mashinasini yaratadi va bu orqali o‘zining va bir nechta qo‘shnilarining uyini elektr energiyasi bilan ta’minlab yoritadi. 1902 yil u O‘sh va Jalolobod ikki tomonlama aloqasi uchun geletelegraf bekatini yaratgan va tuzatgan.
Nikolay Korjenevskiy bo‘sh vaqtida ko‘p o‘qigan va o‘zini ustida ko‘p ishlagan, u astronomiya, geodeziya, meteorologiya, geologiya, glatsiologiya, botanikani jiddiy o‘rgangan, shuningdek, ayrim amaliy mutaxassisliklarni ham o‘rgangan, xususan, telegraf ishlari. Bularning barchasi kelgusida unga Markaziy Osiyo tog‘laridagi ekspeditsiyalarida malakali va chuqur tadqiqotlar olib borish uchun yordam beradi.
1903 yil Korjenevskiy harbiy qo‘mondonlik tomonidan Pomirga otryad almashinish uchun yuboriladi va o‘z vazifasini a’lo darajada bajaradi. Bu - uning jo‘g‘rofiyachi, glatsiolog va Pomir tadqiqotchisi sifatida kelajak ilmiy pilla poyasi uchun ajoyib zamin bo‘ldi. Shunisi qiziqki, u ekspedetsiya paytida Taldiqning eng baland cho‘qqisi (3615 metrlik) dovonida, Farg‘ona vodiysidan Oloy vodiysi tomon ketishda, Pomirning birinchi katta yo‘lini loyihalash va qurish vaqtida ishtirok etganlarning ismi tushirilgan ustunni ko‘rib qolgan.
1903 yilning yozida N.Korjenevskiy Sharqiy Pomir, Vaxana, Shugnana hududlari bo‘ylab 1500 km yo‘l bosib o‘tib, boy ilmiy material to‘playdi.
Pomirning turli tumanlarida u 1903 yildan 1928 yilgacha o‘n birdan ortiq ekspeditsiyalar uyushtirgan.
1904 yili u Muksu daryosining o‘rta oqimi bo‘ylab ikki marotaba ekspeditsiya uyushtiradi, u yerda tog‘ jinslarining boy kolleksiyasini to’playdi va I.Mushketov nomiga atalgan, Buyuk Pyotr tog‘ tizmasida ulkan muzlikni ochdi.
U 1905 yilgi ekspeditsiyasi payti Tojikistoning eng baland cho‘qqilaridan birining suratini qog‘ozga tushuradi va suratga oladi, keyinroq Kaufman nomini olgan bu cho‘qqining balandligi 7134 metr bo‘lib, 1928 yil Lenin cho‘qqisi nomini olgan (hozirda Abu ali Ibn Sino).
U 1905 yili polkovnik Sergey Andreyevich Toporninaning qizi Yevgeniyaga uylanadi, u keyinchalik Nikolayga ekspeditsiya materiallarini tadqiq qilish va qayta ishlashda faol yordamlashadi. Uning otasi Nikolay Leopoldochga Pomir ekspeditsiyasida moddiy ko‘mak ko‘rsatib, tadqiqotlariga ulkan hissa qo‘shgan. Turmush o’rtog‘iga bo‘lgan muhabbat ramzi sifatida u Pomirning 7000 metrlik cho‘qqisiga “Yevgeniy Korjenevskoy cho‘qqisi” nomini bershan. U bu cho‘qqini 1910 yilning 22 avgustida Pomirdagi navbatdagi ekspeditsiyalari chog‘ida zabt etgan.
Nikolay Korjenevskiy 1919 yil Intendantsk akademiyasini tamomlaydi va Skobelevadagi 2-sonli Turkiston o‘qchi brigadasiga intendant etib tayinlanib, u yerda Birinchi Jahon urushigacha xizmat qiladi (1914), so‘ngra, Turkiston korpusi G‘arbiy frontining birinchi tarkibiga yuboriladi. 1917 yilning mart oyida Nikolay Korjenevskiy polkovnik bo‘lib Skobelevaga qaytib keladi. Bu yerda u harbiy mutaxassis o‘rnida Turkiston fronti ta’minoti boshlig‘i etib tayinlanadi. Bu lavozimda Nikolay Leopoldovich 1928 yilga qadar, o‘n yil faoliyat yuritadi, so‘ngra, uni Ishchilar va dehqonlarning Qizil Armiyasiga xodimlarni tayyorlash bo‘yicha harbiy-pedagogik ishga yuborishadi.
Bu vaqt oralig‘ida N.L.Korjenevskiy O‘rta Osiyo gidrometeorologik instituti ishlarida faol ishtirok etib, yirik majmuiy ilmiy ekspeditsiyalarga rahbarlik qiladi. Jarayonda u Pomir sovuqxonalariga 5 marotaba ekspeditsiya uyushtiradi. U, shuningdek, O‘rta Osiyо universiteti (keyinchalik Toshkent Davlat Universiteti - ToshGU, hozirgi paytda O‘zbekiston Milliy universiteti deb nomlangan) asoschilaridan biri hisoblanadi. Bu universitetning jo‘g‘rofiya fakultetining fizika jo‘g‘rofiya kafedrasi mudiri bo‘lgan.
U 1921-1928 yillar jo‘g‘rofiya kafedrasi professori, keyinchalik Markaziy Osiyo davlat universiteti Ijtimoiy fanlar va fizika-matematika fanlari fakulteti professori etib saylangan. 1931 yildan Butun ittifoq jo‘g‘rofiya uyushmasi haqiqiy a’zosi etib saylangan. N.Korjenevskiyning barcha ilmiy ishlari inobatga olinib, 1937 yili himoyasiz jo’g’rofiya fanlari doktori unvoni beriladi. 1939 yili unga “O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” faxriy unvoni beriladi. Shuningdek, u O‘zbek SSR Oliy Kengashining faxriy yorlig‘i bilan to‘rt karra mukofotlangan.
Nikolay Leopoldovich Korjenevskiy 1958 yil Toshkentda vafot etgan va Botkina qabristoniga dafn etilgan.
N. L. Korjenevskiy tomonidan 10 dan ziyod yirik ilmiy asarlar yozilgan. N. L. Korjenevskiyning asosiy ilmiy ishlari O‘rta Osiyoning fizika jo‘g‘rofiyasi, ayniqsa, O‘rta Osiyo muzlashi bo‘yicha amalga oshirilgan.
U Pomir tog‘larini sinchkovlik bilan tadqiq qilgan, lekin unga olam shumul mashhurligini uning tomonidan 1928 yili Pomirning noyob xarita-chizmasining yaratilishi olib kelgan. Chizmaga ilk bora meridional cho‘qqilar kiritilgan bo‘lib, “SSSR Fanlar akademiyasi tizmasi” deb nomlangan. Shuningdek, u Pоmir hududining geomorfologiyasi va muzliklari bo‘yicha boy materiallar to‘plab, tizimlashtirgan. Muzloq vodiysi Qora-ko‘l dengizining sharqiy qirg‘og‘idagi hamda Muzloq vodiysidagi “abadiy” muzlik qatlamini Nikolay Korjenevskiy birinchilardan bo‘lib ilmiy asoslab bergan. Bu kabi qiziqarli kashfiyotlarni u o‘zining “Muksu va uning muzliklari” nomli risolasida ochib bergan.
U tomonidan O‘rta Osiyo muzliklarning katalogi ro‘yxati tuzilgan (1930), u shaxsan 70 dan ortiq yirik muzliklarni o‘rgangan va kashf qilgan, Pomir va Tyan Shandagi qator tog‘ cho‘qqilarini ilmiy asoslagan. Karjenevskiy sharafiga 3 ta muzlik (Oloy ortidagi, Kokshaltau va Zaili Olatou cho‘qilarida joylashgan) va O‘rta Osiydagi Oloy orti cho‘qqisi uning ismi bilan nomlangan.