Tarjimai hol
Po‘lat Qirg‘izboyevich Habibullayev — sovet va o‘zbek olimi, davlat arbobi, O‘zbek SSR Oliy Kengash Prezidiumi Raisi (1988 - 1989), SSSR Oliy kengash Prezidiumi Rais o‘rinbosari (1988 - 1989).
1936-yil 14-oktyabr kuni Andijon viloyati Asaka tumanida tug‘ilgan. 1960-yil O‘rta Osiyo universitetini tugatgan. 1964-yil fizika-matematika fanlari nomzodligi uchun dissertatsiya himoyalagan (Moskva), 1971-yil esa fizika-matematika fanlari doktorligi uchun ilmiy ishni yoqlagan (Novosibirsk), professor, O‘zbekiston FA akademigi, Rossiya fanlar akademiyasi muxbir-a’zosi (1991-yilgacha SSSR FA).
2010-yil 7-fevral kuni Toshkentda vafot etgan.
Mehnat faoliyati
• Toshkent davlat pedagogika inyatituti “Umumiy fizika” kafedrasi raisi (1958—1960)
• O‘zbekiston Milliy Universiteti “Optika” kafedrasi raisi (1992—1994)
• Andijon paxtachilik instituti rektori (1971—7195)
• O‘zbekiston KP MK fan va o‘quv yurtlari bo‘limi mudiri (1975-1978)
• O‘zSSR FA vitse-prezidenti (1978 — 1984)
• O‘zbekiston FA Yadro fizikasi instituti direktori (1978—1988)
• O‘zbekiston FA Issiqpik fizikasi bo‘limi ilmiy rahbari (1977-yildan)
• 1984—1988 — O‘zbek SSR FA prezidenti.
• 1985—1988 — O‘zbek SSR Oliy kengashi raisi.
• 1988—1989 — O‘zbek SSR Oliy Kengashi Prezidiumi raisi, O‘zbek SSR Oliy Kengashi Prezidiumi rais o‘rinbosari.
• 1994—2002 — O‘zbekiston Respublikasi Fan va Texnika davlat qo‘mitasi raisi.
• 2002—2006 — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Fan va Texnika Markazi raisi.
• 2010-yilgacha — O‘zbekiston Respublikasi FA Issiqlik fizikasi bo‘limi boshqaruvchisi.
• SSSR Oliy kengashi 11 chaqiriq deputati
Ilmiy faoliyati
Asosiy izlanishlari - akustik spektroskopiya, fizika va kvant akustikasi, nanofizika va yumshoq jismlar fizikasi, notekis optika va lazer termokimyo, superion o‘tkazguvchi va kvant-o‘lchamli tizimlar, yadro fizika va radiatsion material o‘tkazuvchanlik, notekis dinamika va xaos, fizika-kimyo izotop va lazer fotosintez va boshqalar.
U tomonidan ilk bor uzunasiga va ko‘ndalang akustik to‘lqinlarning yumshq muhitda muhitdagi relaktsion jarayonlarida molekulyar tabiat (103 Gts) dan (1010 Hz) eng yuqori chastotalargacha tarqalishi o‘rganib chiqildi va bu nanografiyadagi molekulyar tartibni o‘rnatishga va neytronik tizimlarning termodinamikasi pozitsiyasidan tushuntirish berishga imkon berdi.
U yangi ilmiy yo‘nalishlarning asoschisi hisoblanadi: mezoskopik va klastersimon holam ahamiyatli bo‘lgan yumshoq jismlar fizikasi va superionli o‘tkazgichlar.
500 dan ziyod ilmiy ishlar va 15 ta risola muallifi, ulardan 4 tasi P.K.Khabibullaev, E.V.Gevorkian, A.S.Lagunov "Rheology of Liquid Crystals" Allerton Press, New York, (1994), P.K.Khabibullaev, B.G.Skorodumov «Determination of Hydrogen in materials» Springer-Verlag, Berlin (1985), F.Abdullaev, S.Darmanyan, P.K.Khabibullaev «Optical Solitons» Springer-Verlag, Berlin (1993), P.K.Khabibullaev, A.A.Saidov «Phase separation in Soft Matter Physics» Springer-Verlag, Berlin (2003) xorij nashriyotlarida chop etilgan. Shulardan, “Yumshoq jismlar fizikasi”, Toshkent, FAN (1993), “Elektrostaticheskaya model klasternogo iona i termodinamicheskiye parametri reaktsiy klasteroobrazovaniya”, Toshkent, FAN, (1985), “Fizika” 7-sinf kursi, Toshkent, O‘zbekiston Milliy entsiklopediya Davlat ilmiy nashriyoti (2005) va boshqalari O‘zbekistonda nashr qilingan. P. Q. Habibullayev 200 dan ortiq fan nomzodlarini va 40 ta fan doktorlarini tayyorlagan.
“O‘zbekiston fizika jurnali” bosh muharriri, RFA “Akustik jurnal” va bir qator boshqa jurnallarning muharririlik jamoasi a’zosi.
Ilmiy unvonlari va mukofotlari
• O‘zbekiston FA Akademiki (1984)
• RFA muxbir-a’zosi (1984)
• Islom davlatlari FA akademiki
• Pokiston FA xorijlik a’zosi
• RF Texnoologiya fanlari akademiyasi akademiki
• Xalqaro elektrotexnik fanlar akademiyasi akademiki
• Oliy maktab Xalqaro akademiyasi akademiki
• Hind Ilm-fan materialshunoslik jamiyati haqiqiy a’zosi
• Butunjahon Inlellektual mulk tashkiloti (JIMT)ning ikki karra oltin medali laureati
Davlat unvonlari va mukofotlari
Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1981), “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” unvoniga musharraf bo‘lgan. “Mehnat shuhrati”, “Hurmat belgisi” ordeni va ikkita “Qizil mehnat nishoni” ordenlari bilan mukofotlangan (2000). La-Pas (Boliviya, 1988) va Litl-Rok (AQSh, 1993) shaharlarining faxrli fuqarosi.