Qori-Niyozov Toshmuhammmad

Tavallud topgan sana: 21 avgust 1897 yil

Vafot etgan sana: 17 mart 1970 yil

Tug'ilgan joy:Xo‘jand

Yo'nalishlar: Matematiklar

11114

Tarjimai hol

Toshmuhammad Niyozov Qori-Niyoz (1897-1970) — sovet o‘zbek matematiki va fan tarixshunosi, akademik (1943) va O‘zbek SSR fanlar Akademiyasi birinchi prezidenti (1943-1947). Fizika-matematika fanlari doktori. O‘zbek SSRda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1939).

Mashhur olim va ijtimoiy fan arbobi, o‘zbek sovet maktabining asoschisi va unga birinchi darslikni yaratgan birinchi akademik va O‘z SSR FAning birinchi prezidenti Toshmuhammad Niyozovich Qori-Niyoziy 1897 yil Xo‘jand shahrida kosib oilasida tug‘ilgan.

T.N.Qori-Niyoziy hayotning katta maktab ekanligini tushungan, o‘zi katta bo‘lgan muhit xalqining turmush tarixi, urf-odatlari va rasm-rusmlarini o‘rganadi. U mashaqqatli, lekin shuhratli yo‘lni bosib o‘tdi. T.N.Qori-Niyoziyning mehnat faoliyati erta boshlangan.

20 yashar o‘spirin 1917 yili Farg‘ona viloyatida birinchi o‘zbek maktabini tashkil etgan.

1920 yil barpo etilgan maktab va o‘qituvchilik kurslari negizida u Qo‘qonda pedagogika texnikumini tashkillashtirib, keyinchalik u Farg‘ona viloyatining pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘yicha muhim markaziga aylanadi.

1924 yil pedagogik texnikumning birinchi bitiruvchilari bitirdi. “Farg‘ona” gazetasi 26 maydan barcha sonini ularga bag‘ishlaydi. U gazetada “Bu o‘n uchta bitiruvchi o‘n uch mingta bo‘lsin” deb yozgan edi. Zero, birinchi bitiruvchilar soni o‘n uch kishi bo‘lib, ularni gazeta o‘zbek ma’naviyati va o‘zbek ta’limi bahorini jahonga olib chiquvchi “o‘n uch qaldirg‘och” deb yozgan. Bu o‘n uchta qaldirg‘ochni uchishga T.N.Qori-Niyoziy tayyorladi.

U o‘zbeklar orasida birinchilardan O‘PDUning fizika-matematika fakultetiga o‘qishga kirib, uni 1930 yil tamomlaydi.

1931 yildan 1933 yilgacha universitet rektori bo‘lib ishlaydi.

Qori Niyozovga o‘zbeklar orasida birinchilardan 1931 yil professor unvoni, 1939 yil fizika-matematika fanlari dokori ilmiy darajasi beriladi.

1939-1943 yillar oralig‘ida T.N. Qori Niyozov kiril alifbosi asosida yangi o‘zbek alifbosi yaratilishiga rahbarlik qilib, O‘zbekistonning jamoat, madaniyat, ta’lim va ijtimoiy hayotiga muvaffaqiyatli joriy qilingan.

1946 yildan T.N. Qori Nyozov doimiy ravishda TIO‘XMMI (Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti) oliy matematika kafedrasi mudiri.

T.N.Qori-Niyoziy o‘zbek matematika atamashunosligi, oliy va o‘rta o‘quv muassasalari uchun haqiqiy matematik adabiyotlar asoschisi hamda fan tarixi bo‘yicha yirik mutaxassis hisoblanadi. Uning uch yuzdan ortiq ilmiy ishlari nashr qilingan, jumladan, fan sohasida olamshumul ixtiro sifatida chuqur tan olingan “Ulug‘bekning astronomiya maktabi” risolasi 1952 yilda davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Olim 1940 yildan, deyarli 10 yil davomida buyuk olim, astronom — Ulug‘bekning qo‘lyozma manbalarini o‘rganadi va ilmiy merosi bo‘yicha tadqiqotlar olib boradi. Bu ishlarning natijasida u Ulug‘bekning astronomiya maktabi to‘g‘risida yirik ilmiy ish yaratdi.

T.N.Qori-Niyoziyning “Ulug‘bekning astronomiya maktabi” nomli kitobi ilk marotaba 1950 yil Moskvadagi SSSR Fanlar Akademiyasida (rus tilida) nashr qilindi.

U tayanch asar bo’lmish “Sovet O‘zbekiston madaniyati tarixi ocherklari”, ko‘plab risolalar, uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Uning sara asarlari sakkiz boblik nashrni tashkil etdi. U tomonidan yozilgan har bir satr xalqiga bo‘lgan chuqur muhabbat, uning farovonligi sari g‘amxo‘rlik, odamlarning ma’rifatparvarligi, fan va madaniyat ravnaqi bilan to‘yingan.

Uni chinakam O‘zbekiston ziyolilari oqsoqoli deb atash mumkin. T.N.Qori-Niyoziy butun umrini ilm va madaniyatga xizmat qilishga bag‘ishlagan. O‘zbekistonda ilm va madaniyatning rivojlanishi bevosita Qori-Niyoziy nomi bilan bog‘liq.

Olim 50 yildan ortiq o‘z xalqiga behad xizmat qildi. Barcha bilan bir safda turib, u jamiyatning ijtimoiy va siyosiy hayotida faol ishtirok etgan, yoshlar tarbiyasiga ko‘p kuch va quvvat sarflagan.

1941 yil O‘zbekiston hukumati tomonidan Amir Temur va temuriylarning Go‘ri Amir maqbarasidagi XV asr shaxslari maqbalarini ochish bo‘yicha Samarqandga ekspeditsiya uyushtirilib, ekspeditsiya tarkibida T.N.Qori-Niyoziy (rais), M.M.Gerasimov (SSSR FA xodimi, antropolog haykaltarosh), professor antropolog L.V.Oshanin, professor sharqshunos A.A.Semenov va boshqalar bo‘lgan.

1937-1940 yillarda T.N.Qori-Niyoziy O‘zbekiston XKK qoshidagi Fanlar qo‘mitasi prezidiumining raisi, O‘zbekistondagi SSSR FA filiali raisi.

1939-1943 yillar - O‘zSSR XKK raisining fan, madaniyat va san’at bo‘ycha muovini.

1943 yili akademiklikka saylangan va 1943-1947 yillarda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining birinchi prezidenti bo‘lgan.

U O‘zbekiston tarixiy obidalari va madaniyatini himoya qilish Jamiyati prezidiumining raisi muovini, Xalq universitetlari Respublika Kengashi raisi, “Fan va turmush” jurnali muharriri va bir qator ilmiy jamoat kengashlar va jamiyatlar a’zosi bo‘lgan.

T.N.Qori-Niyoziy ko‘plab xalqaro majlislar va simpoziumlarda ishtirok etgan, 1954 yil Xalqaro astronomik jamiyat a’zosi, 1968 yil Fanlar tarixi bo‘yicha 12-Xalqaro majlisida Bosh Assambleyasi a’zosi etib saylangan. Ko‘p chet el davlatlarida bo‘lgan (Yaponiya, Hindiston, Italiya, Bolgariya, Afg‘oniston va boshqa).

Toshmuhammad Niyozovich Qori-Niyozov 1970 yilning 17 martida Toshkent shahrida vafot etgan. Buyuk olim haqidagi xotiralar hamisha yuragimizda saqlanib qoladi.

Video galereya

Rasmlar galereyasi