Qobulova Saodat

Tavallud topgan sana: 15 dekabr 1925 yil

Vafot etgan sana: 12 oktabr 2007 yil

Tug'ilgan joy:Marg‘ilon

Yo'nalishlar: Qo‘shiqchilar

8423

Tarjimai hol

Saodat Qobulova — opera xonandasi (koloratura sopranosi), SSSR Xalq artisti (1959), O‘zbekiston xalq artisti. Professor (1986).

Marg‘ilonda tug‘ilgan. Moskvadagi o‘zbek opera studiyasini D. B. Belyavskiy sinfida bitirgan, so‘ngra, Toshkent Davlat konservatoriyasida o‘qiydi va 1954 yildan boshlab, o‘ttiz yildan ortiq Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik katta teatrida yetakli solist sifatida samarali ijodiy faoliyat olib boradi.

Mumtoz repertuarlar partiyalarida ishtirok etgan - Djilda, Violetta, Mimi, Rozina; Leyla (Bizening “Javohir izlovchilari”) va o‘zbek milliy operalarida - Zuhra (Jalilov va Brovtsinlarning “Tohir va Zuhra”), Layli (Glier va Sodiqovlarning “Layli va Majnun”), Dilorom (Ashrafiyning “Dilorom”), Gulnor (Hamroyevning “Zulmatdan nur”), Sanobar (Babayevning “Hamza”) va boshqalar.

S. Qobulova 1957 yil Moskvada bo‘lib o‘tgan VI - Jahon yoshlar va talabalar, festivalining sovrindori bo‘lgan.

Sovet Ittifoqi shaharlarida va horijda (Hindiston, Birma, Afg‘oniston, Tayland, Kambodja, Germaniya, Bolgariya, Polsha, Kanada, Mo‘g‘uliston) konsertlari bilan ishtirok etgan.

Noyob ovoz, yuqori iste’dod sohibi va mahoratli ijrochi Saodat Qobulova ijrosidagi ko‘plab o‘zbek va jahon opera san’ati namunalari, milliy mumtoz shoh asarlari va xalq qo‘shiqlari odamlar qalbiga chuqur o‘rnashib, xalqimizning ma’naviy boyligiga aylandi. Turli tillarda betakror jaranglagan “Dilorom”, “Layli va Majnun”, “Tohir va Zuhra”, “Maysaraning ishlari”, “Traviata”, “Sevilskiy siryulnik” kabi mashhur operalarda u yaratgan yorqin timsollar musiqa san’atimiz xazinasidan muhim o‘rin egalladi. Saodat Qobulova pedagog sifatida ham yosh iqtidor sohiblarining jonkuyar va talabchan ustozi o‘rnida muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan.

1969 yildan 1986 yilgacha ustoz, 1986 yildan umrining oxirigacha professor va O‘zbekiston Davlat konservatoriyaning akademik xonandalik kafedrasi mudiri. O‘nlab vokalistlarni yetishtirgan bo‘lib, hozirda ular milliy musiqa san’atimizning yetakchi vakillariga aylanishgan.

Iqtidori, bilimlari va tarjribalarini mamlakatimiz madaniyati va san’ati ravnaqi uchun bag‘ishlagan fidokor san’at arbobining ko‘p yillik mehnati, ko‘p qirrali ijodiy faoliyati davlatimiz tomonidan munosib baholangan. Saodat Qobulova Vatanimizning oliy mukofotlariga loyiq topilgan - “Do‘stlik”, “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari, “O‘zbekiston xalq artisti” sharafli unvoni.

Xalq artistining turli tillarda jaranglovchi qo‘shiqlari musiqashunoslarning yakdil fikriga ko‘ra, BMH mamlakatlari musiqa san’ati xazinasidan munosib o‘rin egalladi.

Saodat Qobulova 2007 yilning 12 oktabr kuni Toshkentda vafot etgan. Chig‘atoy qabristoniga dafn etilgan.

Rasmlar galereyasi