Kablukov Ivan Alekseyevich

Tavallud topgan sana: 21 avgust 1857 yil

Vafot etgan sana: 5 may 1942 yil

Tug'ilgan joy:Moskva

Yo'nalishlar: Kimyogarlar

8317

Tarjimai hol

Ivan Alekseyevich Kablukov — taniqli rus kimyogari, faxriy akademik, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti hamda Timiryazev qishloq xo‘jaligi akademiyasi professori. U Mendeleyev, Bertlo, Osvald, Arrenius, Butlerovlar kabi atoqli kimyogarlarning zamondoshi va izdoshi bo‘lgan, umrining 65 yilini kimyo faniga bag‘ishlagan.

Kimyogar Ivan Alekseyevich Kablukov 1857 yil tavallud topgan. 1880 yil Moskva universitetini tamomlagach, professorlik unvonni olishga tayyorsharlik ko‘rish uchun Kimyo kafedrasida olib qolinadi. 1881-1882 yillar Peterburg universitetiga ma’ruza tinglash maqsadida xizmat safariga yuboriladi, professor Butlerov laboratoriyasida kimyo bo‘yicha tadqiqot ishlari olib boradi va oksimetilenni yangicha olish uslubini o‘ylab topadi. 1887 yil magistrlik dissertatsiyani yoqlaydi, chet el xizmat safariga chiqadi hamda fizika-kimyo fani bo‘yicha professor V.Osvald laboratoriyasida "Ueber die electrische Leitfahigkeit von Chlorwasserstoff in verschiedenen Lusungsmittein" tadqiqotini ishlab chiqadi.1891 yilga borib Kablukov doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi.

U 1896 yildan 1903 yilgacha Moskva muhandislik bilim yurtida dars beradi va kimyo laboratoriyasini ochadi. 1899 yil Kablukov Moskva qishloq xo‘jalik institutining kimyo kafedrasiga ad’yunkt-professori etib tayinlanadi. 1902 yil Moskva universitetiga kimyo professori etib saylanadi. Maxsus nashrlardan o‘rin olgan organik va kimyo-fizika bo‘yicha tadqiqotlaridan tashqari, Kablukov keyingilarni chop ettirgan: “Glitserinlar yoki uch atomli spirtlar va ularning hossalari” (Magistrlik dissertatsiyasi, Moskva, 1887 yil); “Eritmalarning zamonaviy nazariyasi (Vant Goff va Arreniuslar) bilan bog‘liq kimyo muvozanati ta’limoti” (doktorlik dissertatsiyasi, Moskva 1891 yil); “Kimyo-fizikasining boshlang‘ich asoslari” ( I, II va III nashrlar, Moskva, 1901 - 1910 yillarda); “XIX asrlarda elektrokimyo tarixidan ocherklar” (Moskva, 1901 yil); "Neorganik kimyoning boshlang‘ich asoslari" (1-nashr, Moskva, 1900 yil; 5-nashr, 1912); "Qurilish materiallari texnologiyasi bo‘yicha ma’ruzalar konspekti” (Moskva, 1897); "Temir metallurgiyasi bo‘yicha ma’ruzalar konspekti” (Moskva, 1897); “Asalari mumiyosi” (Antushevich bilan hamkorlikda, Moskva, 1893); “Asaldan musallas olish haqida” (Pisarev bilan hamkorlikda, Moskva, 1899); “Asalarichilik bo‘yicha amerikaliklarning taassurotlari” (Moskva, 1913); “O‘gitlash maqsadida havoning azotidan foydalanish haqida” (Moskva, 1907); “Atomlarni qurilishining yangi nazariyasi” (2-nashr, 1908 yil).

I. A. Kablukov eritmalar nazariyasi, termokimyo, o‘gitga mineral xom-ashyoni qayta ishlab chiqarish sohasida muhim ishlarni amalga oshirgan. U atoqli pedagog bo‘lgan. O‘tgan 100 yillik o‘rtalariga kelib moskvalik kimyogarlarni topish amrimahol bo‘lib qolgan.

O‘zining ta’lim berish bo‘yicha boy tajribasini I.A.Kablukov fizika va neoorganik kimyo, termokimyo bo‘yicha bir qancha darslik va risolalarida namoyon etdi. Umrining so‘nggi oylarini Toshkentda o‘tkazadi va shu yerning o‘zida dafn etiladi. Shahar ko‘chalaridan biriga uning nomi berilgan. I. A. Kablukov portreti O‘zbekiston Milliy universitetining kimyo fakultetining portret galereyfsida namoyish etilgan.

1941 yilning oktyabrida Timiryazev akademiyasining ko‘chib keltirilgan olimlar bilan birga Kablukov ham Toshkentga keladi. Hukumat taniqli olimga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatadi.

Unga Toshkent davlat universitetining kimyo fakultetidan ish taklif etiladi va alohida uy berishdi. Ammo yoshi va sog‘lig‘i tufayli faol ish olib bora olmaydi. U faqatgina ilmiy va kimyo texnologiyalari masalalari bo‘yicha bir nechta ommaviy ma’ruzalarda ishtirok eta oladi.

I. A. Kablukov umrining oxirigacha hazil-mutoyibaga boy bo‘lgan. Kablukovning vafoti haqidagi kutilmagan ranjituvchi xabar 1942 yil Qozon shahrigacha - Fanlar akademiyasida ishlab ketgan bir qancha kimyogar hamkasblarigacha yetib boradi. U yerda odatdagiday, aza majlisi o‘tkaziladi va “Fanlar akademiyasi xabari” jurnaliga ta’ziyanoma yuborishadi.

Bir necha kundan so‘ng, Toshkentdan telegramma keladi: “Sizlarni kengash o‘tkazganinglarni eshitib qoldim, menga bayonnomasini yuboring” va Kablukov imzosi. Hamkasblari boshlarini changallab qolishadi: nahotki, tiriklayin ko‘milgan bo‘lsa... Bu nomani yozishi bilan olimning ahvoli yomonlashgan edi. Hamma bu xat ilgariroq yozilganini payqaydi. Chunki Kablukov o‘limi oldidan yana bir bor hazillashgan ko‘rinadi.

Toshkentda uning dafn etish marosimida yozuvchi Aleksey Tolstoy ishtirok etgan. Bu yerda, Toshkentda u ulug‘vor professor bilan tanishishga ulgurgan edi, axir, u bir necha yil kimyogarlikka o‘qigan edi.

“Buyuk shaxslar vafot etadi, ammo ularning yaratgan ishlari yashaydi va bizlarga ko‘p narsani o‘rgatishda davom etadi...” - Ivan Alekseyevich Kablukov D. I. Mendeleyev haqida shunday yozgan. Uning xotiralaridan yana bir narsa: “D. I. Mendeleyeve Moskvaga mehmonxonada tinchgina ishlash uchun kelgan, zotan, Peterburgdagi turli ishlar va mehmonlar unga halaqit bergan.

To‘satdan, men orqali Nyuton tavalludining ikki yuz yilligiga bag‘ishlangan tantanali majlisi haqida eshitgan Dmitriy Ivanovich qiziqib qoladi va majlisga keladi. Bu haqdagi xabar mehmonlar, ayniqsa, yoshlar orasida tarqalgach, D. I. Mendeleyevni majlisning sharafli raisi etib saylash taklifi bildiriladi.

Professor Ya. Singer, matematik jamiyatning sobiq raisi majlisni ochib, omma tilagini bajaradi. I. Mendeleyev majlisning sharafli raisi kabi rolga rozi bo‘lsa-da, bundan juda norozi bo‘lib, buni tanaffus vaqti ro‘y-rost tan oladi. Shuningdek, I. Mendeleyevning Moskvadagi tinch hayotiga yakun yasaladi: ertasi kuni uning mehmonxonadagi yotog‘iga talabalarning turli deligatsiyalari eshik qoqardi va D. I. Mendeleyev tez orada chamadonini shaylab, Moskvadan jo‘nab qoladi”.

Kablukovning mehnat namunalari orasida 20 dan ziyodi asalchilikka bag‘ishlangan. Ko‘p yillik tadqiqotlarining natijasini u “Asal, mum, asalari yelimi va ularning omixtasi haqida” kitobida umumlashtirgan. 1941 yil chop etilgan bu kitob asalarichilikka oid eng yaxshi ma’lumotnomaligicha qolmoqda.

Rasmlar galereyasi