Tarjimai hol
Izzat Sulton Otaxonovich — adabiyotshunos va dramaturg, O‘zbek SSR xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1964), O‘zbekiston FA akademiki (1995). Adabiyot shinavandalari qalbini zabt etgan eng yaxshi adabiyotshunos, tanqidchi, dramaturglardan biri hisoblanadi. Shuningdek, “Adabiyot nazariyasi” ilk darslik muallifi ham sanaladi.
1910 yilning 16 noyabr kuni Qirg‘izistonning O‘sh shahrida tug‘ilgan, 2001 yilning 29 iyun kuni Toshkentda vafot etgan. Inqilobdan avvalgi O‘sh shahrining sharqiy qismidagi mingchi Sultonning nabirasi hisoblanadi. O‘sh shahridagi rus-tuzem maktabida o‘qigan, u yerda uning Sultonlardan bo‘lgan tog‘asi Baltixo‘ja Sultonovich dars bergan. 14 yoshida Toshkentga keladi va Narimanova (Namuna) nomidagi maktabda tahsil oladi.
1929 yil ta’lim-tarbiya o‘quv yurtini tamomlaydi, 1930 yil maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. Toshkent pedagogika institutinnig ijtimoiy fakultetini tamomlagan (1930-1934 yillar). “Batrak” gazetasida mas’ul kotib bo‘lib ishlagan (1931 y.).
1932 yil “Qizil O‘zbekiston” gazetasida uning ilk adabiy-tanqidiy maqolasi bosmadan chiqqan. Adabiy-tanqidiy faoliyati bilan birga, aspiranturada o‘qishni davom ettirgan, “Kambag‘al dehqon” gazetasi nashriyotida ishlagan.
1937 yildan Izzat Sultonning faol ijtimoiy hayoti boshlanadi.
1937 yil Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutini tamomlaydi.
Dramaturgiyaga 1940 yili yuzlanadi; M.V.Frunzening Turkistondagi faoliyati, o‘zbek va rus xalqining do‘stligi haqida “Burgut parvozi” (1942, Hamza nomidagi teatr) sahna asarini yaratadi. 1941 yil Uyg‘un bilan birga “Alisher Navoiy” tarixiy dramasini yozgan, 1960 yil zamonaviy o‘zbek ziyolilari haqidagi “E’tiqodli odamlar” sahna asarini yozadi.
Sultonov — “Noma’lum” tarixiy dramasi (1963), “Shoir yuragi” operasi (1962, Navoiy nomidagi opera va balet teatri, bastakor M.Ashrafiy) matni muallifi.
1967 yil “O‘zbek sovet adabiyoti tarixi” jamoaviy mehnatdagi ishtiroki uchun Beruniy nomidagi O‘zbek SSR Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Izzat Sultonov dramaturgiyasiga o‘zbek xalqi hayotining muhim davrlari, qahramonlik mavzulari, ijobiy fe’l-atvorlar aniqligi, milliy adabiyot an’analarining rus dramaturgiyasi tajribasi bilan birlashishi kabilar xosdir.
Mehnat faoliyati
• 1937-1942 yillar - til va adabiyot instituti direktor o‘rinbosari
• 1942-1943 yillar - O‘zbek SSR radiouzatuv bo‘yicha Davlat qo‘mitasi rais o‘rinbosari
• 1943-1945 yillar - Toshkent kinostudiyasi direktori
• 1945-1948 yillar - O‘zbek SSR Vazirlar Kengashining madaniyat ishlari bo‘yicha rais o‘rinbosari
• 1948-1950 yillar - O‘zbekiston FА A.S.Pushkin nomidagi til va adabiyot instituti direktori
• 1955 yildan - Adabiyot nazariyasi bo‘limi mudiri
• 1950-1953 yillar - M.Lamonosov nomidagi MDUning SSSR xalqlari adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi
• 1956-1963 yillar - O‘zbek SSR yozuvchilar uyushmasi kotibi, u vaqtlar yozuvchilar uyushmasi kotibi Sharof Rashidov bo‘lgan
• 1946 yildan - Filologiya fanlari nomzodi
• 1955 yil - Filologiya fanlari doktori
• 1964 yil - O‘zbek SSR xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi
• 1966 yil - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbek SSR FA a’zo-muxbiri
• 1995 yil - Akademik, O‘zbekiston FA haqiqiy a’zosi
Uning akasi o‘zbek shoiri Abdulhamid Cho‘lponning yaqin do‘sti bo‘lgan.
Ikkita orden bilan mukofotlangan. 1992 yil birinchilar qatorida “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. Izzat Sulton 2001 yil vafot etgan va Chig‘atoy memorial qabristoniga dafn etilgan.
Izzat Sultonning kinosenariylari
• “Alisher Navoiy” kinofilmi, SSSR, Soyuzmultfilm, Toshkent kinostudiyasi, 1947 y. O‘zbek shoiri va yozuvchisi, to‘rt to‘plam - devon va o‘rta asrlarning o‘ta nafis dostonlaridan biri “Hamsa”ning (“Beshlik”: “Yaxshi kishilar hayratlanishi”, “Layli va Majnun”, “Farhod va Shirin”, “Yetti sayyora”, “Iskandar devori”) muallifi, insonparvar-olim va XV asrning davlat arbobi (1441-1501) Alisher Navoiyning hayoti haqidagi tarixiy-biografik film. Film ikkinchi darajali Stalin mukofotiga loyiq ko‘rilgan (1948). Rejissyor: Komil Yormatov. Senariy mualliflari: Izzat Sultonov, Aleksey Speshnev. Rollarda: Razzoq Hamroyev, A.Ismatov, A.Jalilov, T.Nazarov, S.Tolipov, Rahim Pirmuhamedov,S.Yunusovlar.
• “Mubtalo” kinofilmi, 1966 yil, “O‘zbekfilm” kinostudiyasi, rejissyor Zohid Sobitov, senariy muallifi Izzat Sultonov, kinooperator L.Travitskiy. Aktyorlar: Zokir Muhamedjonov, To‘lagan Rejimetov, Gurgen Tonunts, Svetlana Norboyeva, Olim Xojiyev, Antonina Rustamova, Mixail Gluzskiy. Kinosurat insonni ko‘p yillar davomida bog‘lab kelgan diniy va axloqiy bid’atlardan halos etish haqida.
• “Sen tomon” kinofilmi, 1972 yil, “O‘zbekfilm” kinostudiyasi, rejissyor A.Xachaturov, senariy muallifi Izzat Sultonov, kinooperator A.Izmaylov. Aktyorlar: Marat Oripov, Svetlana Norboyeva, Yoqub Ahmedov, Nabi Rahimov, Aida Yunusova.
• “Vodiydagi bo‘ron” kinofilmi, 1972 yil, rejissyor Tohir Sobirov, senariy muallifi Igor Jukovskiy. Lavhalarda Izzat Sultonov suratga tushgan.
Akademik Izzat Sultonning kitoblari
• Izzat Sultоnov. Adabiyot nazariyasi. Maktab uchun darslik, Toshkent, 1939 yil.
• Izzat Sultоnov. Alisher Navoiy, O‘zbek sovet dramaturgiyasi to‘plamida, Moskva, 1951 yil.
• Izzat Sultоnov. Rossiya nuri, “Sharq yulduzi” oynomasi № 9 1959 y.
• Izzat Sultоn. Sahna asarlar, maqolalar, Toshkent, 1959 y.
• Izzat Sultоn. Hamza Hakimzoda Niyoziyning o‘zbek adabiyotida sotsialistik realizm uslubini shakllantirishdagi ijodkorlik ahamiyati haqida. To‘plamda o‘zbek adabiyoti masalalari, Toshkent, 1967 y.
• Izzat Sulton. Navoiyning qalb daftari kitobi. Adabiyot va san’at nashriyoti, Toshkent, 1969 y.
• Izzat Sulton. 4 boblik asarlar, Adabiyot va san’at nashriyoti, Toshkent, 1971-1974 y.
• Izzat Sultan. Navoiyning qalb daftari. Buyuk shoirning hayoti va ijodi o‘zining so‘zlari orqali; she’rlarini S.Ivanov tarjima qilgan. Adabiyot va san’at nashriyoti, Toshkent, 1979 y., 327 b.
• Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi, Toshkent, O‘qituvchi nashriyoti, 1980 y.
• Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi. OTMlarnig filologiya fakulteti uchun darsligi, 2-nashri, Toshkent, O‘qituvchi nashriyoti, 1986 y.
• Izzat Sulton. Navoiyning qalb daftari. Buyuk shoirning hayoti va ijodi o‘zining so‘zlari orqali. Adabiyot va san’at nashriyoti, Toshkent, 1985 y., 304 b., Adadi 60000 nusxa.