Tarjimai hol
Is’hoqxon Ibrat - haqiqiy ismi Is’hoqxon To‘ra Junaydullo xo‘ja o‘g‘li - jadidchi, yozuvchi, tarjimon-poliglot, tarixshunos.
Is’hoqxon Ibrat 1862 yil Qo‘qon xonligidagi Namangandan uzoq bo‘lmagan To‘raqo‘rg‘on qishlog‘ida tug‘ilgan. Boshlang‘ich ma’lumotni mahalliy madrasada hamda onasidan olgan. Keyinroq, Qo‘qonga ko‘chib o‘tib, katta madrasaga o‘qishga kiradi. 1886 yil Qo‘qon madrasasida o‘qishni tamomlab, ona qishlog‘iga qaytadi. O‘z qishlog‘ida Ibrat aholi orasida ma’naviy faoliyatini boshlaydi. Yil oxirida u boshqa maktablardan o‘qitish tizimi bilan sezilarli darajada farq qiluvchi maktab ochadi. Keyinchalik maktab barchaning e’tiboriga tushib, boshqa mahalliy maktablar ham Is’hoqjon Ibratning yangi uslubdagi o‘qitish tizimiga o‘tadi.
1887 yil Is’hoqjon Ibrat haj safarini amalga oshirish maqsadida Makkaga boradi. Haj safaridan so‘ng, Makkadan chiqib, ayrim vaqt mobaynida Jiddada yashaydi, so‘ngra Ovrupa va Osiyo mamlakat va shaharlari bo‘ylab o‘z sayohatini boshlaydi. Istambulgacha yetib borib, Is’hoqxon Ibrat Ovrupa bo‘ylab sayohatini boshlaydi. Avvaliga, Sofiyaga kiradi, u yerdan Afina va Rumga yo‘l oladi. Ovrupa sayohatidan qaytayotgach, Istambul orqali kelayotganda u Bog‘dod, Tehron, Isfaxon, Sheroz va Qorachi kabi shaharlarga kirib o‘tadi. Eron va Afg‘onistonni aylanib chiqib, Is’hoqxon Ibrat Hindistonga kirib o‘tadi va bir muncha vaqt Bombey hamda Kalkuttada yashaydi. Hindistondan chiqib, Qashqarga boradi. O‘z sayohatlari vaqtida Ibrat yunon, ingliz, turk, arab, fors, hind va urdu tillarini mukammal darajada o‘rganadi. Keyinroq, rus tilini ham o‘rganadi.
1896 yil yigirma yillik uzoq safardan so‘ng Is’hoqxon Ibrat ona qishlog‘iga qaytadi. 1901 yil o‘zining “Lug‘ati sitta-alsina” (“Boshidan oxirigacha lug‘at”) nomi ostidagi asarini yakunlaydi va nashrdan chiqaradi. Aynan ushbu lug‘atdan barcha jadidchilik maktablarida rus, arab, fors va boshqa tillar o‘quv qo‘llanmasi o‘rnida foydalanilgan.
1912 yil Ibrat o‘zining “Jome’ ul-xutut” nomli yozuv tarixi haqidagi noyob asarini yakunlaydi va “Matbaai Is’hoqiya” nomli nashriyotda kitobni chop etadi. O‘zining asarlarida Ibrat xalqini o‘qimishli va ma’naviyatli ko‘rishni istagan. Hayotinnig keyingi yigirma yili davomida u 14 ta ilmiy, tarixiy va tilishunoslikka oid kitoblar yozadi. Ular orasida “Tarixi Farg‘ona” (“Farg‘ona tarixi”), “Tarixi madaniyat” (“Tarix madaniyati”), “Mezon uz-zamon” (“Zamonlar batafsil”), “Zabonxoi sharq” (“Sharq tillari”) va boshqa kitoblari ayniqsa mashhur bo‘lgan. Bu vaqt mobaynida u, shuningdek, 30 yillik she’riy faoliyati davomida to‘planib qolgan barcha she’rlarini “Devoni Ibrat” nomli to‘plamga jamlaydi.
Avvaliga Qo‘qon xonligi, keyin esa butunlay O‘rta Osiyoning Rossiya Imperiyasiga qo‘shilishidan so‘ng Is’hoqxon Ibrat Turkistonning texnik integratsiyasi sari ishtirok etadi. Shu bilan birga, u yangi uslubdagi maktablarning qattiq tarafdori bo‘lgan va ularning soni ko‘payishi uchun kurashgan.
1920 yil oxiri, 1930 yil boshlarida u davlat lavozimlarida faoliyat yuritadi. 1935 yil Is’hoqxon Ibrat barcha lavozimlardan ozod etiladi va unga maktablarda dars berish ta’qiqlanadi. 1937 yil u “sovetga qarshi targ‘ibot”da ayblanib, hibsga olinadi va qamaladi. Shu yilning aprel oyida Andijondagi qamoqda vafot etadi, uning yoshi 75 da edi. Is’hoqxon Ibratning dafn etilgan joyi hanuz noma’lum.