Tarjimai hol
Imomnazarov Abduqahhor Turobovich 1948 yil 8 oktabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
1966-1971 yillar Toshkent politexnika institutida tahsil olgan va muhandis-elektromexanik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1971 yil “O‘zgiprokommunalloyiha” loyihalash institutida muhandis elektrik lavozimidan boshlagan.
1973-1982 yillar Toshkent politexnika instituti axborot-o‘lchov texnikasi kafedrasida laboratoriya mudiri,1982-1985 yillar Toshkent politexnika institutida sanoat korxonalari va Toshkent shaharlarining elektr ta’minoti bo‘limida yordamchi, 1986-1990 yillar Elektr va ishlab chiqarish uskunalarini avtomatlashtirish bo‘limi yordamchisi, 1991-1996 yillar Toshkent davlat texnika universiteti elektr va sanoat uskunalarini avtomatlashtirish kafedrasi o‘qituvchisi.
1996-2005 yillar Toshkent davlat texnika universiteti elektr qurilmasi va sanoat uskunalarini avtomatlashtirish kafedrasi dotsenti, 2005 yildan 2015 yilgacha Toshkent davlat texnika universitetida elektrtexnika, elektrmexanika va elektr texnologiyalari kafedrasi dotsenti, 2015-2016 yillar Toshkent davlat texnika universitetida elektrtexnika kafedrasi professori.
1989 yili Xarkov politexnika instituti Maxsus ilmiy kengashida “Elektromexanika” mutaxassisligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.
18 ta ilmiy maqolalar muallifi va hammuallifi, jumladan, uslubiy qo‘llanma, ilmiy jurnal va milliy hamda xalqaro ilmiy-texnik anjumanlar (xususan, Italiyda 1 va Rossiya Federtsiyasida 2 ta) to‘plamlarida ilmiy maqolalar.
2 ta mualliflik guvohnoma (SSSR), 5 ta ixtiro muallifi (2 tasi Rossiya federatsiyasi va 3 tasi O‘zbekiston Respublikasi); 5 ta risolasi chop etilgan (ulardan 3 tasi 1 muallifga tegishli).
1995 yil eng yaxshi devoriy gazetalar, reklamalar, uslubiy-axborot videofilm va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda “Kundalik turmushimizda elektr energiyadan tejamkorlik bilan foydalanishning ba’zi bir omillari” o‘quv qo‘llanmasi bilan qatnashgan va g‘olib bo‘lgan.
2016 yildan hozirgi kungacha Toshkent davlat texnika universiteti elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari kafedrasi professori lavozimida faoliyat olib bormoqda.