Ilina Tatyana Georgiyevna

Tavallud topgan sana: 26 iyun 1920 yil

Vafot etgan sana: 12 oktabr 2003 yil

Tug'ilgan joy:Toshkent

Yo'nalishlar: Shifokorlar

4696

Tarjimai hol

Ilina Tatyana Georgiyevna — tibbiyot fanlari doktori, professor, Toshkent davlat tibbiyot instituti ko‘z kasalliklari kafedrasi mudiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan shifokor.

Toshkent shahrida, professor-jarroh, Turkiston davlat universitetining (keyinchalik O‘rta Osiyo davlat universiteti) asoschilaridan biri G.A.Ilin oilasida tavallud topgan. 1935 yil universitetning tibbiyot fakulteti asosida Toshkent tibbiyot instituti tashkil etilgan. Ushbu institutni T.G.Ilin 1942 yil tamomlagan va kafedrada davolovchi shifokor, yordamchi, dotsent, professor bo‘lib ishlaydi.

Ikkinchi jahon urushi davrida Toshkentga ko‘chirilib, Tatyana Georgiyevna ko‘z kasalliklari va to‘qima muolajasi Institutida akademik V.P. Filotov qo‘lida malaka oshirgan.

Ko‘p yillar davomida shifokorlik va pedagogik faoliyati bilan birga, respublikada traxomaga chalinganlarni aniqlash va davolash bo‘yicha kasallikni oldini olish ishlarini amalga oshirgan. 1956 yil “Brutsellyoz bemorlarida ojiz dog‘” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qiladi. Keyingi yillar uning ilmiy qiziqishlari O‘zbekistonda glaukoma kasalligini erta aniqlash, oldini olish va davolash bilan bog‘liq bo‘lgan. Uning ishlari natijasida, respublikaning barcha viloyatlarida 17 ta ixtisoslashgan glaukomatoz shifokori kabinetlari ochiladi.

T.G. Ilina tadqiqotlari, shuningdek, kuchli yer qimirlashi (Toshkent, 1966 y.) sababli, uzoq davom etgan (6 oydan ziyod) zo‘riqish oqibatida bemorlarda glaukoma oqishini aniqlash va davolashga oid.

Mazkur noyob tadqiqotlardan olingan natijalar “O‘zbekistonda glaukomaga chalinganlarni davolash va uning patogenezi bilan bog‘liq ayrim masalalar” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasida bayon etilgan. Dissertatsiyani 1971 yil himoya qilgan, ushbu ishining muholifi akademik N.A.Puchkovskaya bo‘lgan.

Professor T.G. Ilina - oftalmologiya sohasida 150 dan ziyod bosma ishlar, ixtiro va ratsionalizatorlik takliflari muallifi. Uning rahbarligi ostida 18 ta nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoya qilingan, 50 dan ortiq kasalxona davolovchi shifokorlarini tayyorlangan. U ajoyib oftalmolog-jarroh bo‘lgan.

Uning tomonidan plastik jarrohlikning, katarakta, glaukoma, ko‘z pardasi qatlamlanishining, ko‘zga revaskulyarizatsion aralashishlar bo‘yicha jarrohlikning yangi uslublari ishlab chiqilgan.

Ko‘p yillar davomida professor T.G.Ilina Butun Rossiya oftalmologiya ilmiy jamiyati boshqarmasi a’zosi, O‘zbekiston oftalmologiya ilmiy jamiyati rais o‘rinbosari bo‘lgan, 11 yil davomida O‘zbekiston Sog‘liqni Saqlash vazirligining shtatdan tashqari bosh oftalmologi lavozimini egallagan.

Rasmlar galereyasi