Tarjimai hol
Ibrohim Rahim — yozuvchi, dramaturg, senariynafis, O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi. Ibrohim Rahim O‘zbekiston Mustaqilligining 5-yilligi hamda tavallud kunining 80-yillik yubileyi arafasida “Do‘stlik” ordeni bilan, keyinroq “El-yurt hurmati” nishoni bilan taqdirlangan.
Ibrohim Rahim 1916 yil 15 oktabr kuni Farg‘ona viloyati, Quva tumanida tug‘ilgan. Uch yoshida otasidan ayrilib, onasi To‘xtabibining qo‘lida tarbiyalanadi. Onasidan adabiyotga bo‘lgan bog‘lanish va muhabbatni olgan. Ushbu muhabbat Ibrohimni 1933 yil Toshkentga yetaklaydi.
1934 yildan “Kolxoz yo‘li” gazetasida ishlaydi. Ushbu bosmada uning she’r, ocherk va hikoyalari nashr etila boshlaydi. Shu davrdan dunyo Ibrohim Rahimning sevgiga bag‘ishlangan she’rlaridan bahramand bo‘la boshlaydi.
1937-1945 yillar mobaynida ikkita urush ishtirokchisi bo‘lgan: Finlyandiyaga qarshi hamda Germaniya fashizmiga qarshi janglarda. Ibrohim Rahim o‘zbek tilida chop etiluvchi front gazetalari muharriri bo‘lgan. Bizning jangchilarimizning mardonavor qahramonliklari haqida ocherklar, hikoyalar va yangiliklar yozgan.
Harbiy xizmatdan qaytgach, 1946 yil Ibrohim Rahim respublika gazeta va oynomalarida ishlaydi. 1946-1947 yillar - o‘zbek radiosida siyosiy axborot bosh muharriri. Elliginchi yillarda - sobiq “Qizil O‘zbekiston” (hozirgi “O‘zbekiston ovozi”) gazetasida targ‘ibot mudiri va muharrir, 1960-1966 yillar “O‘zbekfilm” kinostudiyasi direktori. O‘zbekiston SSSR jurnalistlar uyushmasi raisi bo‘lgan.
Yozuvchilik faoliyatini 1938 yil boshlagan. Ibrohim Rahimning birinchi yirik asari - “Baxodir” (1939) chegarachilarning hayoti haqidagi doston.
1953 yil “Hayot sarchashmasi” romani nashr etildi. Keyinroq, 1958 yil ushbu asar adabiy tanqidga uchragach, roman yangi nom “Sadoqat” ostida olam yuzini ko‘rdi. “Haqiqiy sevgi” (1958), “Fidokorlar” (1972), “General Ravshanov” (1985) kabi romanlarida Ibrohim Rahim Ikkinchi jahon urushi qahramonlarining harbiy hayotidan so‘zlaydi.
Yozuvchining “Shovqin shahar” (1968) nomli romani 1966 yilgi Toshkentdagi yer qimirlashi va uning mardonavor barham topishi mazusida.
Uning “Taqdir” nomli romani yangi shahar qurilishiga bag‘ishlangan. “Hilola” (1960) qissasida ayollarning jamiyatdagi o‘rni, ularning rahbarlik lavozimlardagi o‘rni kabi o‘z davrining dolzarb muammolari badiiy e’tiborni tortadi.
“Moviy kema kapitani”, “Olovkor” (1960) qissalarida xalqimizning yuqori axloqiy qiyofasi, mehnatkash qahramonligi namoyon etilgan. 1938 yil “Oqibat” romani uchun Ibrohim Rahim Hamza nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
1974 yil “Jonim fido” hamda “Chaqmoq” romanlari yaratilgan. “Chaqmoq” dramasida Mamadali Topiboldiyev ismli o‘zbek yigitining timsoli yaratilgan bo‘lib, u Belorussiya o‘rmonlarida nemis fashistlariga qarshi kurashadi.
Ibrohim Rahim “Farhod qahramonligi” filmi senariy muallifi hisoblanadi. Bu - 1967 yil rejissyor Albert Xachaturov tomonidan suratga olingan badiiy filmdir.
Ibrohim Rahim 2001 yil 22 noyabr kuni vafot etgan.