Ibodullayev Muxtorxon

Tavallud topgan sana: 29 mart 1945 yil

Tug'ilgan joy:Chimkent viloyati

Yo'nalishlar: Fiziklar

4523

Tarjimai hol

Ibodullayev Muxtorxon 1945 yilning 29 mart kuni Chimkent viloyati Turkiston shahrida tug‘ilgan. Millati - o‘zbek.

 

1967 yil Toshkent politexnika institutini tamomlab, “Nazariy elektrotexnik” kafedra yordamchisi bo‘ladi, 1969-1972 yillar aspiranturada tahsil oladi. 1974 yil nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

1976-1980 yillar “Umumiy va nazariy elektrotexnika” kafedrasi dotsenti, 1976-1995 yillar energetika fakulteti dekan o‘rinbosari, prorektor o‘rinbosari.

1995 yildan 2000 yilgacha Toshkent davlat aviatsiya institutining “Umumiy texnika” fakultetida dekan va “Elektrotexnika va elektronika” kafedrasi mudiri bo‘lib ishlagan.

1994 yil “Avtoparametrik silkinishlarning subgarmonik tolalar ta’sirida ko‘p fazali elektroforetik elektromagnitli silkinishlarning nazariy eksperimental tahlili” mavzusida texnika fanlari doktorligi uchun Moskva energetika institutining ilmiy kengashida dissertatsiya yoqalagan.

 

95 ta ilmiy maqola, 10 ta ilmiy ma’ruza, elektrotexnikaning nazariy asoslari bo‘yicha 2 ta darslik, 1 ta o‘quv-uslubiy va 15 ta uslubiy-qo‘llanmani nashrdan chiqargan.

2000 yildan 2002 yilgacha Toshkent davlat texnika universiteti fundamental va gumanitar fanlari markazi prorektori, 2002-2005 yillarda energetika fakulteti dekani lavozimida ishlagan.

2011 yildan Toshkent davlat texnika universitetining “Uchish aparatlari va aeroportlarining radio elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasida ishlagan.

2016 yildan bugungi kungacha “Elektrotexnika” kafedrasida ishlab keladi.

2008 yildan 2015 yilgacha O‘zbekiston Oliy atesstattsiya qo‘mitasida akademik nomzodlik bo‘yicha ekspert hay’ati a’zosi bo‘lgan. 1980-2008 yillar energetika fakulteti ilmiy kengash a’zosi bo‘lgan.

Rasmlar galereyasi