Glier Reyngold Moritsevich

Tavallud topgan sana: 30 dekabr 1874 yil

Vafot etgan sana: 23 iyun 1956 yil

Tug'ilgan joy:Kiyev

Yo'nalishlar: Ijodkorlar va musiqachilar

10544

Tarjimai hol

Reyngold Moritsevich Glier — bastakor, dirijyor, pedagog, Xalq artisti (1938), M. M. Ippolitov-Ivanov, A.S. Arenskiy, G.E. Konyus, S.I. Taneyevlarning shogirdi. 1908 yildan dirijyor sifatida ishtirok etgan. 1920-1922 yillar Moskva xalq ta’limi musiqa bo‘linmasi mudiri. 1938 yil Moskva bastakorlar uyushmasi raisi, 1939-1948 yillar SSSR bastakorlar uyushmasi tashkiliy qo‘mitasi raisi. 1900-1907, 1909-1913 yillar Gnesinlar musiqa maktabida nazariy tarbiyadan dars bergan. 1902-1903 yillar N.Ya. Myaskovskiy hamda S.S. Prokofevlarga alohida darslar o‘tgan.

Tarjimai xoli

Reyngold Moritsevich Glier 1874 yilning 30 dekabr (1875 yil 11 yanvar) kuni Kiyevda tug‘ilgan. Otasi nemis shaharchasi Klingentaldan Kiyevga puflama mis cholg‘u asboboarini ishlab chiqarish uchun ko‘chib o‘tgan. 1894 yil Glier Kiyev musiqa bilim yurtini skripka sinfi bo‘yicha bitiradi va Moskva konservatoriyasiga o‘qishga topshiradi, N.N. Sokolovskiy sinfida (keyinroq Ya. V. Grjimal sinfiga o‘tadi) ta’lim olgan.

1900 yil Moskva konservatoriyasini tamomlaydi (polifoniya kurslaridan S. I. Taneyevdan dars olgan, garmoniyadan A.S.Arenskiy va G.E.Konyuslar dars berishgan, kompozitsiyadan M.M.Ippolitov-Ivanov sinfi), 1906-1908 yillar Germaniyada Oskar Friddan dirijyorlik sirlarini o‘rganadi va Rossiyaga qaytgach, avvalo, shaxsiy asarlariga dirijyorlik qiladi.

1900 yil boshlarida Peterburgdagi Belyayev to‘garagi kechalari qatnashchisi. 1901 yildan Gnesinlarning Moskva musiqa maktabida musiqa nazariyasidan dars beradi (birinchi shaxsiy o‘quvchilaridan N.Ya. Myaskovskiy va S.S.Prokofevlar). R.M.Glierning bastakor sifati shakllanishiga ko‘proq A.K.Glazunov, S.V.Raxmaninov, N.A.Rimskim-Korsakovlar bilan suhbat ta’sir ko‘rsatgan. 1900 yildan pedagog.

1913 yilning 10 [23] yanvaridan Boshqaruv senati tomonidan Glierga shaxsiy sharafli fuqaro unvoni topshirilgan.

1913-1920 yillar Kiyev konservatoriyasi professori (kompozitsiya va orkestr sinfi), 1914-1920 yillar konservatoriya direktori.

1920-1941 yillar kompozitsiya sinfi bo‘yicha Moskva konservatoriyasi professori. 1920-1922 yillar xalq ta’limining Moskva bo‘linmasi musiqa bo‘limi mudiri, xalq ta’limi hay’ati musiqa bo‘limi xodimi. 1920-1923 yillar Proletar madaniyat va ta’lim muassasalari musiqa bo‘limi xodimi. 1910 yildan dirijyor sifatida muntazam ishtirok etadi, 1930 yildan SSSR shaharlarida mualliflik asarlari bilan klub va kolxozlarda chiqishlar qiladi. 1938-1948 yillar Sovet bastakorlari uyushmasi tashkiliy qo‘mitasi raisi.

1923 yil Glier Ozarbayjon SSR xalq ta’limi hay’atidan Bakuga kelib, milliy mavzudagi opera yozish taklifini oladi. Ushbu safarning ijodiy yakuni 1927 yil Ozarbayjon opera va balet teatri sahnasida qo‘yilgan “Shohsanam” operasi bo‘ldi.

Toshkentda o‘tkazilgan o‘zbek san’ati o‘n kunligiga tayyorgarlik ko‘rish chog‘ida o‘zbek folklorini o‘rganish “Farg‘ona bayrami” (1940) uvertyurasi, T. Sodiqov bilan hamkorlikdagi “Layli va Majnun” (1940) va “Gulsara” (1949) operalarining yaratilishiga sabab bo‘ldi. Mazkur asarlar ustida ishlar ekan, Glier milliylik an’analarinining o‘ziga xosligini saqlash muhimligiga, kesishuv nuqtalarini topish kerakligiga amin bo‘lardi. Bu g‘oya rus, ukrain, ozarbayjon, o‘zbek ohanglari asosida tuzilgan “Tantanavor uvertyura” (1937), “Slavyan xalq mavzulari” va “Xalqlar do‘stligi” (1941) uvertyuralarida o‘z aksini topdi.

Reyngold Glier — san’atshunoslik doktori (1941), birinchi sovet baleti muallifi. Inqilobdan avvalgi Rossiyaning M. I. Glinka nomidagi eng nufuzli musiqiy mukofotining uch karra sovrindori, shuningdek, inqilobdan keyingi sovet Rossiyasining eng ommabop sanalgan Stalin nomidagi mukofoti bilan taqdirlangan. Shu bilan birga, u uch marotaba Lenin ordeni bilan ham mukofotlangan.

Moskvadagi Novodeviche qabristoniga (3-sonli maydon) dafn etilgan. Haykaltarosh M.K.Anikushin tomonidan yasalgan yodgorligi (me’mor V. A. Petrov; “Monumentskulptura” Leningrad zavodida ishlangan) vafotining beshinchi yili, 1961 yilning 23 iyun kuni ochilgan.

Glier nomidagi muassasa va ko‘chalar

•Kiyev musiqiy bilim yurti (Kiyev/Ukraina),

•bolalar musiqa maktablari (Moskva, Kaliningrad/Rossiya, Toshkent/O‘zbekiston, Marknoykirxen/Germaniya, Olma-Ota/Qozog‘iston),

•Moskva viloyati Shyolkovsk tumani, Zagoryanskiy shaharchasidagi ko‘cha Magnitogorsk Chelyabinsk viloyati, Lutsk Volinskaya viloyati Ukraina, Donetsk viloyati Ukraina, Kiyev (1974-1980 yillar Glier nomidagi sobiq maktab, tuman qayta qurilishi tufayli buzib tashlangan, 2015 yilning 7 dekabr kuni V.M.Primakov ko‘chasiga Glier nomi berilgan).

1924-1949 yillar Moskvada Glier nomidagi torli kvartet faoliyat yuritgan.

Bastakor oilasi bilan 1904-1913 hamda 1920-1938 yillar yashab, ijod qilgan Moskva, Petrovskiy saylgohi, 5-uy manzilidagi xonadon madaniy meros hisoblanadi, biroq, bir necha o‘n yillardan buyon qarovsiz qolgan va vayronaga aylangan.

Asosiy yutuqlari

Mukofotlari

•1905 — birinchi seksteti uchun M. I. Glinkа nomidagi mukofot (Glazunov, Lyadov, Balakirevlar tomonidan ta’sis etilgan)

•1912 — “Sireni” simfonik poemasi uchun M. I. Glinka nomidagi mukofot

•1914 — Uchinchi simfoniyasi uchun M. I. Glinka nomidagi mukofot (“Ilya Muromets”)

•1937 — Qizil Mehnat Nishoni ordeni — “Gulsara” musiqiy dramasi uchun

•1938 — “Hurmat belgisi” ordeni

•1945 — Lenin ordeni — “musiqiy san’at sohasidagi yuksak yutuqlari va 70 yilligi munosabati bilan”

•1946 — Birinchi darajali Stalin mukofoti — koloratura sopranosi va orkestr uchun yozilgan konserti uchun

•1948 — Birinchi darajali Stalin mukofoti — To‘rtinchi torli kvartet

•1950 — Birinchi darajali Stalin mukofoti — “Po‘lat chavandoz” baleti uchun (“Medniy vsadnik”) (1949)

•1950 — Lenin ordeni — “musiqiy san’at sohasidagi yuksak yutuqlari va 75 yilligi munosabati bilan”

•1955 — Lenin ordeni — “musiqiy san’at sohasidagi yuksak yutuqlari va 80 yilligi munosabati bilan”

Unvonlari

• RSFSRda xizmat ko‘rsatgan artist (1925)

• RSFSRda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1927)

• Ozarbayjon SSR xalq artisti (1934) — “mehnatkashlar oldidagi alohida mehnatlari uchun, yangi turkiy musiqasi rivoji uchun”, “Shohsanam” operasi ustidagi ko‘p yillik mehnati uchun.

• RSFSR xalq artisti (1935).

• O‘zbek SSR xalq artisti (1937) — “Gulsara” musiqiy dramasini yaratganligi uchun.

• SSSR xalq artisti (1938).

•san’atshunoslik doktori (1941)

Hayotligidagi ijrolari

Bastakorning asarlarini hayotligida ijro etganlar:

•Ivan Grjimali, fon Glen, Leopold Auer, A.Verjbilovich, Sergey Kusevitskiy, L.Godovskiy, K.Erdeli, M.Rostropovich, S.Knushevitskiy, V.Polex, Antonina Nejdanova, Ivan Kozlovskiy, Leonid Sobinov, Fyodor Shalyapin, Nadejda Kazantseva, D.Pantofel-Nechetskaya, E.Bandrovska-Turska;

•kvartetlar: Roze (Vena), gertsog Meklenburgskogo (Sankt-Peterburg), Artura Xartmana (SShA), Betxoven (Moskva) va boshqalar;

•simfonik orkestrlar: Filadelfiysk, Nyu-York, Vena va boshqalar.

•dirijerlar: Artur Nikish (Vengriya), V.Safonov, N.Cherepnin, Sergey Kusevitskiy, G.Fitelberg (Polsha), Gugo Varlix, Leopold Stokovskiy, Yudjin Ormandi, F.Stok, D.Makropulos, Sergey Raxmaninov, A.Gauk, Yu.Fayer

•shaharlarda: Vena, Berlin, Gamburg, Myunxen, Leyptsig, Frankfurt-na-Mayne, London, Parij, Kopengagen, Afini, Buxarest.

Asarlari ro‘yxati

Operalar

•  “Samo va yer” J.Bayroning asariga opera-oratoriya (1900).

•  “Shohsanam” M.Galperinning librettosi (1923-1925, ikkinchi nashri 1934).

•  “Gulsara” (T.Sodiqov bilan hamkorlikda) K. Yashin va M.Muxammedovlarning librettosi (1949).

•  “Layli va Majnun” (T.Sodiqov bilan hamkorlikda), Xurshid va A.Navoiy poemasi bo‘yicha libretto (1940).

•  “Rashel” Gi de Mopassan asari bo‘yicha M.Bulgakov va M.Aliger librettosi (1942-1943).

Baletlar

•  “Xrizis” pantomima-balet, P.Lyuis mavzusi bo‘yicha N.Mil librettosi (1912)

•  “Komediantlar” Lope de Vega mavzusi bo‘yicha A.Petrovsiy librettosi (1922-1930); yangi tahrirda — “Kastiliya qizi” (1955).

•  “Po‘lat chavandoz” A.S.Pushkin syujeti bo‘yicha P.Abolimov librettosi (1945—1948). Buyuk shaharlar madhiyasi (Sankt-Peterburg madhiyasi)

•  “Taras Bulba” N.V.Gogol mavzusi bo‘icha R.Zaxarova librettosi (1951—1952).

• “Kleopatra” (“Misroqshomlari”), balet-pantomima, A.S.Pushkin poemasi bo‘yicha Vl.I.Nemirovich-Danchenko va L.V.Baratovlar librettosi

Simfonik asarlari

•  Birinchi simfoniya (1899)

•  Ikkinchi simfoniya (1907)

•  Uchinchi simfoniya “Ilya Muromets” (1909—1911)

•  “Sirenlar” poemasi (1908)

•  “Zaporojliklar” kartina (1921)

•  Marosim uvertyurasi (1937)

•  Buryat-Mongolskiy OSSR Qahramonlik marshi (1937)

•  “Muqaddas burch 2 poemasi (1939)

•  “Farg‘ona bayrami” uvertyurasi (1940)

•  “Xalqlar do‘stligi” uvertyurasi (1941)

•  Slavyan mavzusidagi uvertyurasi (1941)

•  Simfonik-fantaziya xalq rus cholg‘ulari orkestri uchun(1943)

•  “G‘alaba” uvertyurasi.

Konsertlar

•  Arfa orkestri bilan konsert (1938)

•  ovoz orkestri uchun konsert (1943)

•  violonchel orkestri bilan konsert (1945-1946)

•  valtorna orkestri bilan konsert (1951)

•  skripka orkestri bilan konsert (1956)

Cholg‘u asarlari

•  Birinchi kvartet (1899)

•  Ikkinchi kvartet (1905)

•  Uchinchi kvartet (1928)

•  To‘rtinchi kvartet (1946)

•  Beshinchi sekstet (1898)

•  Ikkinchi sekstet (1904)

•  Uchinchi sekstet (1905)

•  Oktet (1901)

Boshqa ijod namunalari

•  2 va 4 qo‘l uchun konsert va pedagogik repertuarlarga 150 ga yaqin fortepiano pyesalari

•  turli yakka cholg‘u asboblari uchun fortepiano jo‘rligidagi 70 ga yaqin pyesalar

•  Ovoz va fortepiano uchun 130 ta romans.

Video galereya

Rasmlar galereyasi