Tarjimai hol
Ibrohim G‘ofurov — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi. Ilk hikoyalari va maqolalari 1957 yilda nashr etila boshlagan.
Ibrohim G‘ofurov 1980 — 2000 yillar istiqlol madaniyati, ma’naviyati, erkinlik va axloq, yangicha insoniy qarashlarning shakllanishi, onglarning uyg‘onishi haqida yozgan.
Jahon adabiyotini milliy o‘zbek adabiyoti bilan boyitib, unga katta hissa qo‘shgan.
1987 yil I. G‘ofurov “O‘ttiz yilning izhori” kitobi uchun Davlat mukofoti sovrindori bo’lgan.
1977 yil “Ma’rifat” kitobi uchun Komsomol, Yozuvchilar uyushmasi mukofotlari bilan taqdirlangan. Jamoat ishlarida faol ishtirok etadi.
1996 — 2005 yillar Oliy Majlis deputati.
1995 yil “Do‘stlik”, 2007 yil “Mehnat shuhrati” ordenlari bilan mukofotlangan.
Bugungi kunda O‘zbekiston Milliy universitetining chet tillar fakultetida faoliyat yuritib keladi.
Hayoti davomida Ibrohim G‘ofurov ko‘p ishlarni amalga oshirgan. Yana ko‘p ishlar qilishga ulguradi, toki, yoshning chegarasi yo‘q va u ishlashdan va ijod qilishdan to‘xtamaydi. 2017 yil Prezident farmoni bilan, Ibrohim Usmonovich “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi” sharafli unvoniga loyiq topilgan va bu uning mehnati va iqtidori oldidagi yana bir iqrordir.
Uning kitoblari:
1. “Go‘zallikning olmos qirralari”. Adabiy o‘ylar, Toshkent, 1964. 142 b.
2. “Unutilmagan bog‘. Usmon Nosir”, 1967. 80 b.
3. “Ona yurt kuychisi, Mirtemir”, 1970. 38 b.
4. “Joziba”. Adabiy-tanqidiy maqolalar, 1970. 197 b.
5. “Yonar so‘z”. Adabiy-tanqidiy maqolalar, 1973. 183 b.
6. “Yam-yashil daraxt”. Adabiy-tanqidiy maqolalar, 1975. 230 b.
7. “O‘rtoq shoir”. Maqsud Shayhzoda lirikasi, 1976. 110 b.
8. “Yurak — alanga”. Adabiy-tanqidiy maqolalar, 1980. 294 b.
9. “Prozaning shoiri. Said Ahmad mahorati”, 1981. 157 b.
10. “Lirikaning yuragi”. Adabiy-tanqidiy maqolalar, 1982. 272 b.
11. “So‘zun ishig‘i”. Muosir o‘zbek adabiyoti haqinda. Baki, 1979.
12. “She’riyat — izlanish demak”. Adabiy-tanqidiy ocherk, 1984. 222 b.
13. “O‘ttiz yilning izhori”. Ilmiy-tanqidiy risolalar, 1987. 398 b.
14. “Iltijo”. Mansuralar, 1991. 176 b.
15. “Dil erkinligi”. Mansuralar, badialar, hikoyalar, 1998. 151 b.
16. “Hayo — xaloskor”. Saylanma, mansuralar, risolalar. T., 2006. 384 b.
17. “Mangu latofat”. Saylanma, badialar (esselar), risolalar. T., 2008. 460 b.
18. “Tarjimonlik mutaxassisligiga kirish”. O‘quv qo‘llanma. T., 2008. 117 b.
19. “Tarjima nazariyasi” (O.Mo‘minov, N.Qambarov bilan hamkorlikda). Qo‘lyozma. 500 b.
20. “Qur’on tarjimalari: Tajribalar”. Risola. «O‘zAS», 2009, 17 aprel
21. “Hayot — xayol — xiyoboni” (Ibrohim G‘ofurov safdoshlar va zamondoshlari zikrida). T., 2007. 372 b.
Tarjimalari:
1. Ernst Xeminguey. “Chol va dengiz”, qissa.
2. Ernst Xeminguey. “Alvido, qurol”, roman.
3. Konst. Paustovskiy. “Olis yillar”, roman.
4. Vadim Kojevnikov. “Qilich va qalqon”, roman.
5. Mirzo Ibrohimov. “Bo‘ron qushi”, qissa.
6. Sulaymon Rahimov. “Mohitobon”, roman.
7. Mirzo Ibrohimov. “Parvona”, roman.
8. Gi de Mopassan. “Azizim”», roman.
9. Fedor Dostoyevskiy. “Jinoyat va jazo”, roman.
10. Fedor Dostoyevskiy. “Telba”, roman.
11. Fedor Dostoyevskiy. “Qimorboz”, roman.
12. Nozim Hikmat. “Surur”, roman.
13. Chingiz Aytmatov. “Qiyomat” (Kunda), roman.
14. Chingiz Aytmatov. “Chingizxonning oq buluti”, qissa.
15. Hind eposi “Panchatantra”. Besh muqaddas kitob.
16. Konfutsiy. Hikmatlar.
17. A.Soljenitsin. Hikoyalar.
18. V.Rasputin. “Yong‘in”, qissa.
19. Edgar Po. Hikoyalar.
20. Folkner. Hikoyalar.
21. F.Nitshe. “Zardo‘sht tavallosi”, nasriy doston.
22. G.G.Markes. “Buzrukning kuzi”, roman.
23. Jeym Joys. “Uliss”, roman.
24. Ch.Aytmatov. “Qulayotgan tog‘lar”, roman.
25. F. Dostoyevskiy. “Iblislar”, roman.
Hujjatli badiiy filmlar senariylari:
1. “G‘afur G‘ulom”.
2. “Maqsud Shayhzoda”.
3. “Zulfiya”.
4. “Boborahim Mashrab”.
TVda turkumiy mualliflik ko‘rsatuvlari:
“Tafakkur yolqinlari”.
So‘nggi yillar yozilgan yangi asarlari (ijtimoiy-siyosiy va adabiy-tanqidiy asarlari):
1. “Tole yor bo‘lsin”. “Milliy Tiklanish”, 2002, 8 yanvar.
2. “Yashashning tayanch nuqtasi”. “Xalq so‘zi”, 2002, 16 yanvar.
3. “Navoiy va nilufar”. “Sog‘lom avlod”, 2002, 7-18 fevral.
4. “Sinov oldidan”. “Xalq so‘zi”, 2002, 2 aprel.
5. “Etti yil ichida”. “Milliy Tiklanish”, 2002, 8 iyun.
6. “Ona rizosi rohat”, esse-hikoya, “Saodat”, 2002, 2-son.
7. “Hayot sheriklik va hamkorlikda. O‘zbekiston — Yevropa Ittifoqi Tarixning boshlanishi”. Dialog. Erkin Vohidov — Ibrohim G‘afurov. “Milliy Tiklanish”, 2002, 30 iyul.
8. “Cho‘loq qarg‘a”. Esse-hikoya. “Milliy Tiklanish”, 2002, 30 iyul.
9. “Adolat va insoniylik mezonlari”. “Xalq so‘zi”, 2002, 1 noyabr.
10. “Muallaq qolmagay”. “Milliy Tiklanish”, 2000, 8 avgust.
11. “Qarashlarimiz ochiq-oshkora”. “Xalq so‘zi”, 2002, 12 dekabr.
12. “Fazlu fasohat va zakovat sohibi. Erkin Vohidov — shoir — inson, jamoat arbobi”. “O‘zbekiston qahramonlari”. To‘plam. 2001.
13. “Haqgo‘y adib va inson. Shuhrat haqida xotira-esse”. “Ma’rifat”, 2003, 19 aprel.
14. “«Asqad Muxtor huzurida — bog‘da. Asqad Muxtor haqida xotira-esse”. “Gulchehralar”. 2003, may.
15. “Saida Zunnunova. Xotira-esse”. Saida Zunnunova. Tanlangan asarlar. So‘z boshi.
16. “Maqsud Qoriyev — nosir va jurnalist”. Maqsud Qoriyev. Tanlangan asarlar. So‘z boshi.
17. “Shoir Azim Suyun”. Azim Suyun. Tanlangan asarlar. So‘z boshi.
18. “Shoir Sa’dulla Hakim”. Sa’dulla Hakim. Tanlangan she’rlar. So‘z boshi.
19. “Yurak mulkidagi kashfiyotlar”. Erkin Vohidov. Saylanma. So‘z boshi.
20. “G‘afurona tarona”. G‘afur G‘ulom mahoratining oltin qirralari. Esse-maqola. 22. “Jahon adabiyoti”, 2003, 4-son.
21. “Ko‘ngil parchalaridagi yozuvlar”. Mansuralar. «Jahon adabiyoti», 2003, 10-son.
22. “Hayo — xaloskor”. Badia-axloq. “Xalq so‘zi”, 2003, 10 yanvar.
23. “Vaqt — uchib borayotgan qush”, badia. “Huquq”, 2003, 5 fevral.
24. “Xalq yengilmaydi», publ. “Milliy Tiklanish”, 2004, 3 aprel.
25. “Parlamentga hamqadam”, pulb. “Xalq so‘zi”, 2004, 22 aprel.
26. “Zardo‘sht tavallosi”, badia tarjima. “Jahon adabiyoti”, 2004, I-4.
2005-2009 yillar Ibrohim G‘ofurovning o‘ttizdan ortiq ilmiy-adabiy tanqidiy risolalari chop etilgan.