Farididdin Attor

Tavallud topgan sana: 1119 yil

Vafot etgan sana: 1230 yil

Tug'ilgan joy:Eron

Yo'nalishlar: Dinshunos va ma’rifatparvarlar , Shoirlar

8449

Tarjimai hol

Shayx Farididdin Muhammad Abu Bakr ibn Ibrohim Attor, odatda, shunchaki Attor (“dorixonachi”), haqiqiy ismi — Abu Hamid Muhammad ibn Abu Bakr Ibrohim (yoki ibn Sa’d ibn Yusuf, tug‘ilgan va vafot etgan yillari noaniq) — XII asr fors so‘fi shoiri, ko‘plab dostonlar va she’rlar muallifi. Attorning she’rlari ilohiyot bilan birlashishga intilish va chuqur falsafiy g‘oyalar bilan sug‘orilgan.
Tug‘ilgan va vafot etgani haqidagi manbalar turlicha va isbot etilmagan. Ba’zi manbalarga ko‘ra Attor 1119-yil tug‘ilgan va vafot etgan sanasi esa noma’lum. Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, u XII asrning ikkinchi yarmida tug‘ilib, 1230-yil vafot etgan. 1119-yilda tug‘ilib, 1230-yilda vafot etganligi haqidagi ma’lumotga ko‘ra Attor uzoq umr ko‘rgan.
Yana bir manbalarga ko‘ra, Attor 1145 yoki 1146-yil Nishopurda tug‘ilgan va 1221-yil Nishopur shahri Tuluy askarlari tomonidan qamal qilinib, mo‘g‘ullar istilosi vaqtida o‘ldirilgan.
“Mantiqut-tayr” (1175), “Pandnoma” kitoblari juda mashhur; “Tazkirat ul avliyo” asari Brokgauz va Yefronlarning ensiklopedik lug‘atida ta’kidlanishicha, Attorning asarlari o‘zining chuqur va samarali boy g‘oyalari bilan bir nozik shaklga uyg‘unlashgan.

Rasmlar galereyasi