Tarjimai hol
Bu ajoyib insonni Turkistonning chinakam birinchi operatori desak mubolag‘a bo‘lmaydi. U 1879 yil Xo‘jayli boshqaruvchisi va nazoratchisi Nurmuhammad Devonov oilasida tavallud topgan. Yaxshi ta’lim olgan, arab tilini bilgan. She’riyat bilan qiziqqan, o‘zi ham she’rlar yozishga harakat qilgan.
Deyarli, barcha o‘zbek musiqa asaboblarida chala olgan. Bog‘dorchilik bilan qiziqqan, oilaviy bog‘ida 40 qa yaqin atirgul turlarini o‘stirgan. Xivadan uzoq bo‘lmagan Oq masjid shaharchasida istiqomat qiluvchi, nemis-mennonitlar jamoasining oqsoqoli Vilgelm Penner bilan uchrashuvi Xudoybergar Devonov uchun hal qiluvchi bo‘lgan. Fotosuratlar va boshqa narsalar bilan shug‘ullanish bilan birga, Panner serg‘ayrat va intiluvchan xorazmikni ushbu hunarga o‘rgatadi. O‘spirin fotosuratlarga zavq ila, bir umrga ixlos qo‘yib, keyinroq kinematografiyaga ishqivoz bo‘ladi. Barcha tirik mavjudod-u, narsalarni aks etish asrlardan-asrga din tomonidan ma’n etilgan, islom jamiyati mustamlakasi davrida yangilik kashf etgan birinchi yosh yigit — birinchi suratkash va keyinroq, Xiva xonligining birinchi kinooperatoriga aylangan. Hatto otasi ham o‘g‘lini bu ma’nosiz mashg‘ulotni bas qilishiga ko‘ndirishi befoyda ekanligini tushungan, garchi, uning tanlovi naqadar xatarliligini bilsa-da.
Xiva xonining vaziri Islom xo‘janing homiyligi muhim ahamiyat kasb etgan. Islom xo‘ja o‘zining qat’iy qarashlari bilan tanilgan. Uning hukmronligi yillari Xivada podshoh Aleksey nomidagi birinchi ovrupacha kasalxona qurilgan, birinchi sovet maktabi tashkil etilib, u yerda matematika, fizika, kimyo va boshqa gumanitar fanlardan dars o‘tilgan. Islom xo‘ja devonxonasining mirzosi bo‘lmish Xudoybergan Devon tomonidan amalga oshirilgan fotosurat sohasidagi birinchi tajribalarni hamma taraflama qo‘llab-quvvatlagan.
Rossiyaning poytaxtida fotoishlar qay usulda yo‘lga qo‘yilganligi bilan tunishi uchun u yerda ikki oy yashaydi va sevimli mashg‘ulotini ikir-chikirlarigacha tushunishga harakat qiladi. Bir vaqtning o‘zida filmlarni suratga olishni o‘rganadi. Foto va kinomateriallar xazinasini g‘amlaydi, kinokamera xarid qiladi... Ona vataniga qaytgach, u shu zahotiyoq s'yomka jarayonlariga kirishadi. Xudoybergan Devonov bir vaqtning o‘zida odam gavjum yerlarda kinosyujetlar namoyishini uyushtirib, o‘zi tomonidan suratga olingan va xorijda xarid qilgan kinotasmalarni ko‘rsatish bilan birga, yangi san’at turini targ‘ibot qiladi va yurtdoshlariga tanishtiradi.
Shunday qilib, 1908 yil - o‘zbek kinosi yaralgan yil bo‘ldi. S’yomka jarayonlari uchun mavzu tanlar ekan, u o‘z kamerasini abadiy ahamiyat kasb etuvchi ob'yektlarga yo‘naltirgan — tarixiy yodgorliklar, minoralar, masjidlar va boshqalar. Uning fotoapparati va kinokamerasining nuqtasiga o‘z davrining jo‘shqin, tarixiy o‘zgarishlarga to‘la hodisalari tushgan. 1920 yil Xorazm Milliy Sovet Respublikasi e’lon qilingan. X. Devonov moliya vaziri etib tayinlanadi. Bu yillar mobaynida u ko‘p marotaba Moskvada bo‘ladi, yangi filmlarni olib keladi, “Sovkino” aksiyadorlik jamiyati kino-muxbiriga aylanadi. Uning kinosyujetlari “Soyuzkinojurnal” nashrlarida montaj qilinadi. Uning ijodiy ishlari bois, ko‘pmillatli Xorazmning qadimiy madaniyati bilan boshqa mamlakatlar aholisi ilk bor tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishgan.
1937 yil X. Devonov qatag‘on qilinadi va Yangiyo‘lga, siyosiy qamoqxona lageriga jo‘natiladi va 1940 yil qatl etiladi. Diyorinnig fotokino solnomasini yaratgan, shu qatar atoqli insonning hayoti fojiali yakun topadi...
1958 yil Xudoybergan Devonov nomi oqlanadi.
O‘zidan so‘ng suratga olingan juda boy material qoldirib, ko‘pi hibsga olingach yo‘q qilingan. Biroq, ba’zi birlari saqlab qolingan. Arxivning bir qismi Krasnodar shahridagi O‘zbekiston Respublikasining kinofilm va fotosuratlar Markaziy davlat arxivida saqlanadi. Noyob materiallar hanuz Urganchdagi Devonovlarning oilaviy arxividan joy olib kelmoqda. Bular asr boshidagi ko‘plab fotosuratlar, shisha plastinka-negativlari, kinotasmalar, fotoalbomlar, maktablar va mo‘’jizakor saqlanib qolgan, X. Devonov o‘zi ishlagan, minglab metrli kinotasmalarni suratga tushurgan 593-sonli ajoyib kinokamerasi “Pate frerez”.
2007 yil “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” fondi ochilishi munosabati bilan Fransiya senatida “O‘zbek fotosuratlari antologiyasi” ko‘rgazma-taqdimoti o‘tkazilgan. O‘zbek fotosuratining asoschisi Xudoybergan Devonovning ishlari va taqdiri hech kimni befarq qoldirmagan. X. Devonov ishlari Moskva, Jeneva (2006-2007 yillar) nomoyish ko‘rgazmalarida qo‘yilib, tashrif buyuruvchilar tomonidan juda iliq kutib olingan. U haqda kitoblar va maqolalar yozilgan, hujjatli film suratga olingan. Xudoybergan Devonov ismi o‘zbek foto va kinomatografiya tarixiga oltin zarhadlar bilan kiritilgan.
Ushbu atoqli insonni doim yodda saqlash va uning ona diyori madaniyatiga qo‘shgan ulkan hissasini qadrlash joiz. Xudoybergan Devonovsiz Xorazm va O‘zbekiston solnomasi chala bo‘lib, ko‘p narsa adabiy yo‘qotilgan bo‘lar edi.