Burmakin ladimir Ivanovich

Tavallud topgan sana: 9 yanvar 1938 yil

Tug'ilgan joy:Toshkent

Yo'nalishlar: Rassomlar

6484

Tarjimai hol

Vladimir Ivanovich Burmakin – Akademik, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat arbobi Toshkent shahrida 1938 yil 9 yanarda tug‘ilgan.

 

Umrining on bir yili kasbiy tayyorgarlikda otib, (oqishning birinchi yillarida u xalq ustasi Toshpolat Arsanqulovda ganj oymakorligi boyicha amaliyotni otagan) undan song u xalq ustasi, mashhur portretla ryaratuvchisi Abdulxaq Abdullayev qol ostida oqishni davom ettirgan. Vladimir Burmakin oqishni xizmat korsatgan madaniyat xodimiV.I. Jmakin qoli ostidagi oquv bilim yurtini tugatdi. 1959-1965 yillarda esa u Ozbekiston xalq rassomi, akademik R.A. Axmedov raxbarligidagi Toshkent teatr va rassomchilik sanati institutida tahsil oldi.

Vladimir Burmakinning boyoqlarga va ijodiy izlanishlarga bolgan qiziqishi unga rassom, qandolatchi va ixtirochi otasidan otgan. Ivan Burmakin Yaroslavl viloyatidan bolib, butun hayoti davomida rasm chizgan, shuningdek, qandolatchilik maxsulotlarini pishirish bilan shugullangan va har bir yaratgan maxsuli noyobligi bilan ajralib turgan. Shuningdek, u qandolat ishlab chiqarish uchun maxsus tizimni yaratgan. Yekaterinburgda Toshkentlik bolajak ikkinchi tumush ortogi bilan tanishadi va 1938 yilning yanvarida ogli Vladimir dunyoga keladi. Keyinchalik oila Ozbekistonga kochib otadi. Ammo urushdan oldin otasi fojiali tarzda halok boladi.

Onasining singlisi Burmakin 3 yoshligida unga rangli qalamlar sovga qilib, unga chizishni organishi kerakligini, zero otasi rassom bolganligini aytadi. Biroq tasviriy sanatga bolgan haqiqiy qiziqish maktab davrida boshlanadi. 40-yillarda Toshkentning 50-maktabida rassomchilikdan Leningraddan evakuatsiya qilingan Mixail Metrofanovich Yesin dars bergan. U koplab bolalar, jumladan, Volodya tahsil olgan san’at studiyasini tashkil etdi.

1952 yilda P.P. Benkov nomidagi Respublika sanat kollejiga oqishga kirdi. Bir vaqtning ozida, xalq ustasi Toshpolat Arslonqulovdan ganch oymakorligini, hamda Jmakin va Goldreydan rassomchilikni organadi.

Volodya san’at maktabini ozinig «Vecherniy zvon» nomli diplom ishi bilan «a’lo» darajada bitirgan, song Leningraddagi I. Repin nomidagi institutga kirishga harakat qiladi. Ammo muvaffaqiyatsiz. Shundan song ozining badiiy an’analari bilan mashhur Samarqandga borishga qaror qilad. U yerda 5 va 25-sonli ikkita umumta’lim maktablarida chizmachilik va rassomchilik fanlaridan oqituvchi bolib ishlaydi. Vladimir Burmakin bugungi kungacha shu qadar sevimli bolib qolgan bu qadimiy shahar san’atkorlari bilan iliq va dostona aloqalarni saqlab qolgan.

1959 yilda V. Burmakin A. Ostrovskiy nomidagi Teatr va san’at institutiga, professor R. Axmedovning studiyasida o‘qishga kiradi va 1965 yilda o‘qishni tugatadi. Badiiy maktabdagi besh yil davomida talabalar tez-tez ochiq havodagi ijod uchun hamda Moskva, Xarkov, Kiev va Leningradning eng yaxshi muzeylarida tajribalarini oshirish uchun borishgan. 1967 yilda Moskva yaqinidagi Senej ko‘lidagi Rassomlar uyushmasi asosida tashkil topgan "Yoshlar guruhi"ga Vladimir ham a’zo bo‘ladi. Xuddi shu yili Manejdagi (Moskva) mashhur ko‘rgazmada O‘zbekiston rassomlarining asarlari orasida Burmakinning "Kutuvchi ayollar" va "Boysun Madonnasi" asarlari markaziy o‘rinni egalladi.

Darvoqe, "Madonna" keyinchalik butun dunyoni sayohat qilgan, faqat Parijning o‘zidagina uch marta namoyish etilgan. Bu tasvir yaralishiga esa Vladimir Ivanovichning ajoyib do‘sti, hozirda raxmatli bo‘lgan milliy rassom Ro‘zi Choriev va ularning 65-yillardagi Surxondaryoga tashriflari sabab bo‘lgan. Boysunning go‘zal joylari san’atkorlarni be’etibor qoldirishi mumkin emas edi. U yerda ular ko‘p rasm solganlar va ularni tomlar ustida turib, mahalliy aholi tomosha qilgan ...

- Men dunyoni erta kashf qilganim-bu menin omadim, - deydi Vladimir Ivanovich. - Chet elga men birinchi marta 1969 yilda tashrif buyurgan edim. Bir guruh rassomlari Fransiyada ikki haftasini o‘tkazdi. O‘shanda Luvrni, cherkovlarni ko‘rdi. So‘ng, yana Parij, Jorj Brakning kolleksiyasini, do‘sti va kubist Pablo Pikasso, M. Shagal ko‘rgazmasini, futurist K. Kara, U. Bochchoni, D.Severini rasmlarini ko‘rdi.

Aytgancha, futuristik g‘oyalar va abstraktizm bilan mashg‘ul bo‘lib qolgan Burmakinni orqasidan formalist deb atashgan. Bu shafqatsiz sovet tanqidchilari nuqtai nazaridan tarqalgan taxallusni Vladimir faxr bilan olib yurgan. Sovet Ittifoqida yuz bergan misli ko‘rilmagan holat shunda bo‘lganki, O'zbekistonga Yaqin va uzoq xorijdan kelgan san‘at ustalarini Burmakinning ustaxonasiga olib borishardi, iste’dodli va noan’anaviy rassomlari bilan "maqtanishardi".

V.I. Burmakinning sharafiga shuni aytish joizki, u hech qachon uning ijodi o‘zbek xalqining an’analari va madaniyati asosida ulg‘ayganligini unutmaydi. Realizm-bu san’atning doimiy ildizi ekanligini va u atrof muhit sharbati bilan sug‘orilishini inobatga olsak, ushbu san’at ustasi to‘plagan boy hayotiy tajribasida to‘g‘ri foydalana oldi. Bugungi kunda akademik, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy san’at va dizayn institutining dotsenti Vladimir Burmakinning rasmlarini butun dunyo bo‘ylab davlat va xususiy koleksiyalarda ko‘rish mumkin. Moskvada 30ga yaqin, Olmoniyaning "Galereya Ekyu"sida 200 ta, 50 tasi - Amerika Qo‘shma Shtatlarida, hamda Avstraliya, Bolgariya, Polsha, Angliya, Fransiyada...

70-o‘rtasida Burmakin muhtasham “Xalqlar do‘stligi” saroyi, “Paxtakor” metrosi bekati, “Mehnat zahiralari” sport kompleksi hamda “Zarafshon” restoranining yuz qismiga bezaklar bergan. Shuningdek, uning mozaikalari “Otchopar” bozorini bezab tursa, Toshkent aeroporti, hamda Senat binosining ichki qismidagi betakror chizmalar muallifidir. 

U rassomlar orasida birinchilardan bo‘lib, asar yaratishda stereotipli fikrlash va shakllangan tassavvurdan xoli bo‘lgan yangicha yondashuvlarni kiritgan. Uning 1969 yildagi Toshkent shahrida joylashgan “Bilimlar uyi” nomli zalida bo‘lib o‘tgan shaxsiy ko‘rgazmasi, ijod jarayoniga batamom boshqacha qarashlarni olib kirishiga sabab bo‘ldi. Ko‘rgazma ayrimlarning g‘azab va qahriga sabab bo‘lgan bo‘lsa, boshqalarni ijod olamining cheksiz imkoniyatlariga bo‘lgan ishonch va umidlarini oshirgan.
Ko‘rgazmaga o‘ttiz yil vaqt o‘tib ham, ushbu noodatiy fikr yurituvchi rassomning muxlislari hamda hamkasblari uning asarlariga bo‘lgan e‘tiborlarini kamaytirmaganlar.
Vladimir Burmakinning ishlari sog‘lom energiya, ma’naviy-ahloqiy kuchlarni o‘zida mujassamlashtirgan. Uning ijod maxsuli fikrlash tabiatidan shakllangan bo‘lib, so‘ng mantiqiy va aqliy sinovdan o‘tib insonga Yaratgandan va tabiatdan berilgan ijodiy ruxiy tetiklik, hamda borliq quvonchini in’om etadi. Aynan shuni rassom o‘z vazifasi deb biladi.

O‘tgan notinch ijodiy yillarida u yuzdan ortiq go‘zal va grafik ko‘rinishdagi asarlarni yaratgan. Burmakin O‘zbekiston, Rossiya, shuningdek, Angliya, Fransiya, Amerika, Germaniya, Bolgariya, Turkiya va Polsha kabi mamlakatlardagi ko‘plab ko‘rgazmalarda ishtirok etgan.
Uning ishlari ko‘plab muzeylar, gallereyalar va shaxsiy kolleksiyalarda saqlanadi. 
Germaniyaning Keln shahri yaqinida joylashgan Gummersbax shaharchasidagi EKYu-Otel gallereyasida 200 dan ortiq ishlari to‘plangan. Ushbu shaharchaga u ijod qilish uchun borib turadi.

Burmakin ijodiy hayoti davomida Fransiya, Avstriya, Shveytsariya, Maroqand, Hindiston, Malayziya, Singapur, Bolgariya va Kuba davlatlarida bo‘lgan. U Italiya, Ispaniya va Meksika davlatlariga borishni orzu qiladi.
            U qirq yildan ortiq Toshkentning rassomchilik ta‘lim muassasalarida dars berib, o‘ndan ziyod qobiliyatli rassomlarni tarbiyaladi va ular hozirda O‘zbekistonning mashhur rassomlar qatoriga kiradilar.
Unga «O‘zbekiston Respublikasining hizmat ko‘rsatgan san‘at arbobi» unvoni berildi. 1997 yilda esa, Burmakin Akademiyaning haqiqiy a’zosi bo‘lib saylandi va unga Akademik faxriy unvoni topshirildi. 2005 yilda Vladimir Burmakin maxsus orden «Fidokor xizmatlari uchun» bilan taqdirlangan.

Rasmlar galereyasi