Babayev Qurbon Latipovich

Tavallud topgan sana: 26 dekabr 1910 yil

Vafot etgan sana: 5 avgust 2000 yil

Tug'ilgan joy:Akmolinsk

Yo'nalishlar: Geologlar

3774

Tarjimai hol

Qurbon Latipovich Babayev — geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor, Geologiya vazirligining Markaziy Osiyo Geologiya va mineral resurslar ilmiy-tadqiqot instituti hamda O‘zbekiston FA geologiya instituti direktori.

Qurbon Latipovich Babayev 1910 yil 26 dekabr kuni Akmolinskda (hozirga Ostona, Qozog‘iston) ishchilar oilasida tug‘ilgan. Tugallanmagan o‘rta ma’lumotni u ona shahrida olgan, o‘sha yerda pedagogikaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatda o‘qigan.

1929 yil K. L. Babayev Toshkentga keladi va Markaziy Osiyo sanoat institutining ishchilar fakultetiga o‘qishga topshiradi, 1931 yil o‘qishni tamomlab, shu institutning konchilik fakultetiga talabalikka qabul qilinadi.

Talabalik chog‘ida, T. N. Qori-Niyozovning tavsiyasiga binoan, O‘rta Osiyo davlat universitetining fizika-matematika fakultetida geologiya bo’limining milliy guruhiga matematikadan dars beradi.

Talabalik yillarida Uchimchak gelogiya-qidiruv guruhida to’plovchi, ish boshqaruvchi, keyinroq boshliq o‘rinbosari, “Ranglimetqidiruv” trestining O‘rta Osiyo bo‘limida boshliq muovini lavozimlarida ishlaydi. Shu sababli, 1933 yil akademik A. Ye. Fersman Toshkent shahriga Tojik-Pomir ekspeditsiyasi tarkibida kelganida, Chotqol tog‘i konlaridagi kuzatuvchi guruh tarkibida Babayev unga hamrohlik qilgan. Mazkur uchrashuv ustoz-shogirdning keyingi munosabatlariga zamin bo‘ldi, so‘nggi uchrashuvlari esa 1940 yil Frunze shahrida (Bishkek) bo‘lib o‘tgan. K. L. Babayev O‘rta Osiyodagi yagona bo‘lmish kobalt konining kelib chiqishini ochganligi haqidagi ma’ruzasi bayonotida hamda Oq-tuz turar joyiga safari vaqtida A. Ye. Fersmenga hamrohlik qilgan. Bu - urush boshlanishidan avvalroq bo‘lgan.

1936 yil K. L. Babayev Markaziy Osiyo sanoat institutini bitirgach, “Rangmetqidiruv” trestining O‘rta Osiyo bo‘limiga yo’llanma oladi. 1938 yildan K. L. Babayev o‘zbek va qirg‘iz geologik boshqarmasining geologik izlash va geologik qidiruv partiyasi boshlig‘i va bosh geologi bo‘lib ishlaydi. Ushbu davr mobaynida u volfram, kobalt, oltin va boshqa kon qazilmalarini izlashda qidiruv ishlarini olib boradi.

1942 yil K. L. Babayev Ikkinchi Jahon urushi frontiga yuboriladi va 5-alohida gvardiya sapyor bataloni tarkibida xizmat qiladi. Qattiq jarohat sababli 1943 yil urushdan chetlashtiriladi. Shu yilning o‘zida Meliksu konining bosh geologi etib tayinlanib, u yerda qisqa vaqt mobaynida volfram qazilmasi sonini bir necha marotabagacha oshirishni uddasidan chiqadi. K. L. Babayevning Ikkinchi Jahon urushidagi fidokorona mehnati hukumat tomonidan yuqori baholanib, yangilik sohasidagi katta yutuqlari, volfram konlarining qidiruvi va boyitilgan ruda qazilmasini ko’paytirish kabi ishlari uchun O‘zbekiston Oliy Kengashi Rayosati tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

1946 yildan O‘zbekiston FA geologiya institutiga ishga yuborilganida, u katta ilmiy xodim lavozimidan, laboratoriya mudirigacha, ilmiy yo‘nalish direktor o‘rinbosaridan direktor o‘rinbosari lavozimigacha ko‘tariladi. Mas’uliyatli rahbar lavomizini egallar ekan, K. L. Babayev institutning laboratoriyaviy bazasi, geologik muzeyning yaratalishi, ilmiy xodimlardan tashkil topgan jamoa yaratilishi, milliy ilmiy kadrlarni tayyorlash, yirik muammolarning tashkil etilishi va o‘rganib chiqilishi hamda O‘zbekiston milliy xo‘jaligi rivojida katta ahamiyatga ega juda katta ishlarni amalga oshirgan.

Uning boshchiligi va bevosita ishtirokida institut tomonidan 1959 yil tumanning mineral resurslari bo‘yicha yirik ma’lumotnoma tayyorlangan. O‘lchami 1:500000 lik, monografik tavsiyalarga ega (70 bosma varaq hajmda) hamda kadastrlik ilovasi bor “Markaziy Osiyo mineral resurslari xaritasi” yaratilgan va nashrdan chiqarilgan. 1963 yil SSSR Oliy Attestatsion Komissiyasi tomonidan K. L. Babayevga professorlik ilmiy unvoni beriladi.

1976 yil unga “O‘zbekiston fan arbobi”, 1981 yil “Sovet ittifoqi yer osti boyliklari faxriy qidiruvchisi” faxriy unvonlari topshiriladi. K. L. Babayev “Mehnat Qizil Nishoni”, “Ikkinchi jahon urushi” ordenlari, “Mehnat a’lochisi”, “Lenin tavallud kunining 100 yilligi munosabati bilan ko‘rsatgan qahramonlik ishi uchun”, “1941-1945 yillardagi Ikkinchi Jahon urushida Germaniya ustidan g‘alaba uchun”, “Mehnat faxriysi”, “Jasorat” medallari bilan taqdirlangan. 1995 yil Tabiat va jamiyat Xalqaro Fanlar Akademiyasi tomonidan “Rossiya ilm-fan va iqtisodiyot taraqqiyotidagi xizmatlari uchun” kumush medal bilan mukofotlangan.

2000 yil 5 avgust kuni Toshkentda vafot etgan.

 

Rasmlar galereyasi