Asadov Mirumar

Tavallud topgan sana: 1927 yil

Vafot etgan sana: 2010 yil

Tug'ilgan joy:Samarqand

Yo'nalishlar: Me’morlar, Milliy hunarmandlar

1681

Tarjimai hol

Samarqand ta’mirshunoslik maktabining eng yorqin vakillaridan biri Mirumar Asadov birinchi usta bo‘lgan, O‘zbekiston Qahramoni Oltin yulduzi bilan mukofotlangan. O‘zining iqtidori ila bugungi kunda sayyohlarni hayratga soluvchi sharq Uyg‘onish davrining eng mashhur me’moriy yodgorliklariga aylangan obidalarni yaratib, yangi hayotni jonlantirgan. Bu insonning xizmatlari Vatanimizning eng yuksak mukofoti ila e’tirof qilindi.

Mirumar Asadov 1927 yil Samarqandda tug‘ilgan. 1939 yil milliy hunarmandchilik maktabining ochilishi uning kelajak taqdirini belgilab qo‘ydi. Sharq me’moriy madaniyatining noyob namunasi bo‘lmish Sherdor madrasasida o‘quv kurslarining ochilishi diqqatga sazovor hodisadir. Shu kunlardagi ta’mir ishlarida uning o‘g‘li - Samarqandning mumtoz ta’mir maktabi an’analarida ta’lim olgan, amaliyotdagi ustalardan biri Sodiq Asadovning ishtirok etishi ham ramziy ahamiyat kasb etadi.

Mirumar Asadovning o‘zi ham nasliy ta’mirshunoslar sulolasidan. Aynan milliy hunarmandchilik maktabiga uning bobosi, xalqda Abdulavaz oqsoqol deb chaqirishgan mashhur usta yuborgan. Lekin o‘z davrining eng dong‘i ketgan ta’mirshunoslaridan biri, buxorolik usta Shirin Murodovning mazkur maktabga taklif etilishi Mirumar Asadov uchun haqiqiy taqdir tuhfasi bo‘lgan.

Bu insonning ajoyib iqtidori va qobiliyatlarining isboti o’rnida Buxoro amirining shaxsan o‘zi mas’uliyatli ishlarni unga topshirganligini aytish joiz, zero, sharq hukmdorlari har doim alohida zavqiy va badiiy didi bilan ajralishgan.

Ikkinchi jahon urishi boshlanishi bilan, Samarqandga Moskvadan badiiy institut ko‘chirib o‘tkazilgan. Ushbu oliygoh mutaxassislari bo‘lajak samarqandlik ta’mirshunoslar ta’limida ishtirok etishgan. Mirumar Asadovning shaxsiy xotiralariga ko‘ra, u moskvalik mutaxassislardan chizmachilik, rassomchilikdan bebaho bilimlar olgan. Bo‘lajak ta’mirshunos uchun mazkur ma’lumotlar, shubhasiz, foydali va muhim bo‘lgan. Biroq, faqat usta Shirin Murodovgina bo‘lajak ustalarga amaliy ko‘nikmalar va kasb sirlarini ochib bergan.

O‘tgan asrning 40-yillari Mirumar Asadov hamda Samarqand ta’mirshunoslik maktabining bir nechta o‘quvchilari usta Shirin Murodov bilan birgalikda Toshkentga borishadi va O‘zbekistonning ikkita muhim ob'yektlarini milliy uslubda bezashda ishtirok etishadi. Bu - Alisher Navoiy nomidagi opera va balet hamda Muqimiy nomidagi teatrlari edi. Ushbu san’at saroylaridagi ganch o‘ymakoraligi va koshin bezaklari - samarqandlik usta-ta’mirshunoslar ijodining namunasidir.

O‘tgan asrning 60-yillari taqdir Mirumar Asadovni Dushanbega yo‘llaydi. Mahalliy oqsoqollar samarqandlik fuqaro ta’mirshunosligini bilib qolib, uni o‘zlarinnig eng hurmatga sazovor madaniy ob'yektlarini tiklashga taklif etishadi. Mirumar Asadov xususan, Sadriddin Ayniy maqbarasi, Panjikentdagi Rudakiy maqbaralarini ta’mirlashda ishtirok etgan. Eng qiziq jihati shundaki, Asadovdan avval mazkur ob'yektlarni ta’mirlash ustida, asosan, Leningraddan taklif etilgan ovrupalik ustalar shug‘ullanishgan. Ular, hatto yuqori sinf mutaxassislari bo‘lib ham, mohiyati, ranglari va sharq bezak sayqalining barcha nozik jihatlarini yetkazib bera olishmagan.

Mustaqillik yillari usta ter to‘kkan birinchi ahamiyatli ob'yekt - Buxoro viloyatidagi Bahovuddin Naqshbandiy maqbarasi bo‘lgan. Deyarli, vayron qilingan va o‘zining tarixiy qiyofasini yo‘qotgan maqbara hukumatning maxsus qaroriga muvofiq ta’mirlangan. Bugun ushbu maqbara nafaqat dong‘i ketgan ma’naviy markaz, balki sharq me’morchiligining betakror mohiyatini o‘zida jam etgan nozik me’moriy namunaga aylangan. Bunda samarqandlik ustaning ham hissasi bor.  

Ushbu ob'yektdagi yorqin ishidan so‘ng Mirumar Asadov, deyarli barcha muhim qadimiy yodgorliklarda xizmat qilib, ularning barchasi hukumat nazoratida tiklangan. Ganch, koshin, toshga o‘yish ustasi sifatida uning iqtidori Imom al-Buxoriy maqbarasi, Registon me’moriy majmuasi, Bibi xonim masjidi, Go‘ri Amir maqbarasi, Shohi Zinda memorial majmuasi, Hazrati Hizr masjidi kabi ob'yektlarda gavdalangan. Mazkur ma’naviy madaniyat va me’moriy yodgorliklarni tiklashda o‘z hissasini qo‘shganligi uchun 1996 yil sobiq Prezidentimiz I.Karimov tomonidan Mirumar Asadovga O‘zbekiston Qahramoni yulduzi topshirilgan.

2010 yil vafot etgan. Ta’ziyanomani O‘zbekiston rahbarlari yozib berishgan.

Rasmlar galereyasi