Arends Alfred Karlovich

Tavallud topgan sana: 4 oktabr 1893 yil

Vafot etgan sana: 20 iyun 1977 yil

Tug'ilgan joy:Sankt-Peterburg

Yo'nalishlar: Tarixchilar

4609

Tarjimai hol

Arends Alfred Karlovich — mashhur sharqshunos olim, tarix fanlari doktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi.

1893 yil 4 oktyabr Sankt-Peterburgda tug‘ilgan

1902 yildan 1905 yilgacha Sankt-Peterburgdagi K.Maya nomidagi mashhur maktabda o‘qigan. 1905-1911 yillarda Yekaterina nemis bilim yurtida tahsil olgan. Birinchi jahon urushi qatnashchisi, 1923 yilgacha Qizil armiya safida xizmat qilgan.

Leningradning tirik sharq tillari institutida talabalik davrida (1923-1926) tilshunoslik qobiliyatini namoyon etgan va Ishchi-dehqon qizil armiyasi Harbiy-texnik maktabida fors tilidan o‘zi dars bergan.

1926-1929 yillar aspirant, 1926-1930 yillar o‘qituvchi (yordamchi). Avvaliga fors ilmiy-texnik atamashunosligi bilan, so‘ng fors lug‘atshunosligining boshqa keng jihatlari bilan shug‘ullanadi. Keyinroq Eron, O‘rta Osiyo, Afg‘oniston tarixini o‘rganishga e’tiborini qaratadi, ushbu mamlakatlar tarixiga oid manbalarni nashrdan chiqaradi.

1930-1936 yillar Leningrad sharqshunoslik institutining (LVI) Fors tili bo‘limi mudiri va dotsenti; N.A.Belgorodskiy va A.A.Romaskevich bilan birgalikda fors-rus atamashunoslik lug‘atini tayyorlash ustida ishlagan; “XIX asr boshigacha Eronning G‘arbiy Yevropa bilan iqtisodiy aloqalari tarixiy ocherki” ni yozgan.

1936 yildan Sovet Ittifoqi FA Sharqshunoslik instituti ilmiy xodimi, Eron xonasi olim-mutaxassisi. 1938 yili filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasi dissertatsiya himoyasisiz topshirilgan.

1942 yili mart oyida, shu vaqtda shaharda qolgan peterburglik nemislar qatorida, Leningraddan surgun qilingan. 1947 yilgacha “maxsus surgun etilgan”lar orasida, Quyi Tagilda og‘ir sharoitda ushlangan. So‘ng Toshkentga ko‘chib kelib, O‘rta Osiyo davlat universiteti (SAGU) eron filologiyasi kafedrasiga rahbarlik qiladi. 1952 yildan 1974 yilgacha, ya’ni nafaqaga chiqqunga qadar O‘zbekiston FAning Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik institutida qo‘lyozma yodgorliklarni tadqiq etish va nashr etish bo‘limi mudiri bo‘lgan.

O‘rta Osiyo va chegaradosh davlatlar tarixiga oid yozma manbalar tarjimasini nashrdan chiqarishni davom ettirdi. An’anaviy sharqiy fan tarixi, xususan, Abu Ali ibn Sino va Abu Rayxon Beruniy merosi bilan ko‘p shug‘ullandi.

1963 yili nashr etilgan risolasi (“Mas’ud tarixi”) bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan.

Alfred Karlovich Arends 20 iyun 1977 yili Toshkentda vafot etgan.

Rasmlar galereyasi