Abu Nasr Mansur ibn Iroq

Tavallud topgan sana: 960 yil

Vafot etgan sana: 1025 yil

Tug'ilgan joy:Xorazm

Yo'nalishlar: Astronomlar, Matematiklar

7558

Tarjimai hol

Afrigid xorazmshohlar oilasiga mansub shaxs bo‘lgan. Bizning davrimizgacha juda kam biografik ma’lumotlari yetib kelgan. Ma’lumki, 995 yil Qiyotda (hozirgi Beruniy shahri) yashab ijod qilgan. Xorazmshoh Ma’mun akademiyasining asoschilaridan biri Abu Nasr Mansur ibn Iroq Abu Rayhon Beruniyga o‘sha zamonlarda ham murabbiy, ham ustozlik qilgan. Ibn Iroq yosh daho shogirdiga kerakli barcha bilimlarni berib, o‘zining bir nechta risolasini xali yosh Abu Rayhon Beruniyga bag‘ishlaydi. 

1017 yil Ibn Iroq va uning yaqin shogirdi Abu Rayhon Beruniy bilan Sulton Mahmud G‘aznaviy tomonidan G‘aziy shahriga yuborilib, u yerdagi saroyda umrining oxiriga qadar yashab, ijod qiladi. 1025 yil olamdan ko‘z yumadi.

Asosiy ilmiy ishlari

Ibn Iroqning asosiy аstronomik asarlari “Shaxsiy Almages” yo’qolgan.

Bundan tashqari, u arab tilidagi asarlar muallifi ham hisoblanadi, jumladan:

“Yettiburchakni yasash haqidagi kitob” - geometrik tuzum asoslari bayon qilingan ish;

“Menelay” “Sferiki”ga “Izoh” - Menelayning sferik uchburchaklari nazariyasini isbotlarga bag‘ishlangan asar;

“To‘g‘ri burchakli va qiyshiq burchakli uchburchak uchun sinuslarning yassi va sferik teoremasi kitobi” - sferik trigonometriyaning yaratilish tarixi izohlangan hamda sinuslar teoremasining bir nechta isboti keltirilgan ish;

“Azimutlar kitobi” - astronomik kuzatuvlar bayon qilingan asar;

“Azimutal aylanalar va astrolyabiyalarni o‘tqazish kitobi” - astrolyabiyani o‘rnatish va undagi astronomik kuzatuvlarda foydalanish bo‘yicha qo‘llanma;

“Fazo yoylarini egallash bo‘yicha risola” - sferik geometriya asoslari kengaytirilgan ish.

“Geometriyaga oid savollarga javoblar risolasi” - yassi hamda sferik geometriya asoslari kengaytirilgan ish.

Abu Nasr Iroqning matematikaga qo‘shgan hissasi

1. Sferik matematikaga ulkan hissa qo‘shgan, sferik trigonometriya fanining asoschisi hisoblanadi.

2. U tomonidan ilk bora tekis va yassi sinus teoremasi shakllantirilgan.

Dunyo tan olishi

Abu Nasr Iroqning dunyo faniga qo‘shgan hissasi Paul Lyuk (Germaniya), E. Kennedi (AQSh), Yu. Samso (Ispaniya), K. Iyensenom (Gollandiya) va boshqalar tomonidan yuqori baholangan. Uning “Geometriyaga oid savollarga javoblar risolasi” 1910 yil G. Zyuter tomonidan nemis tiliga tarjima qilingan va nashrdan chiqarilgan.

 

Rasmlar galereyasi