Obidov Zohidjon

Tavallud topgan sana: 1923 yil

Vafot etgan sana: 5 avgust 1996 yil

Tug'ilgan joy:Toshkent

Yo'nalishlar: Shoirlar

5093

Tarjimai hol

Zohidjon Obidov (1923-1996) - o‘zbek shoiri, tarjimon, urush qahramoni (ayrim manbalarda Zohidjon Obidov deb yuritilgan). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat arbobi. Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

 

Urush qahramoni, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat arbobi, shoir Zohidjon Obidov 20 dan ziyod she’riy to‘plamlar muallifidir. Uning ba’zi she’rlari kuyga solingan, boshqalari esa komediya janrining sevimli asarlariga aylangan. Zohidjon Obidovning she’rlari zamon va zamondoshlarning o‘y-fikrlarini ifoda etgan. U 1923 yil Toshkent shahrida tavallud topgan. O‘rta maktabni tugatib, oliy o‘quv yurtiga emas, frontga - jangga otlandi. Leningrad bo‘sag‘alarida bo‘lgan janglarda yarador bo‘lib ona yurtiga qaytdi.

Tez orada, Toshkent Davlat universitetiga o‘qishga kiradi. O‘qishni tamomlagach, Namangan pedagogika institutida dars beradi. Ayni chog‘da viloyat Yozuvchilar uyushmasiga rahbarlik qilgan. Toshkentga qaytgach, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida, G‘afur G‘ulom nomidagi «Adabiyot va san’at» nashriyotida hamda «Mushtum» jurnalida faoliyat ko‘rsatgan.

Zohidjon Obidov 1996 yilning 5 avgustida vafot etgan.

 

Zohidjon Obidov M.Lermontov, T.Shevchenko, M.Bajan, R.Hamzatov kabi mashhur shoirlarning asarlarini ham o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan.

 

Zohidjon Obidov 50-yillardan boshlab shoirlik faoliyatini boshlagan. Shoirning 20 dan ziyod she’riy to‘plamlari nashr qilingan. Jumladan,

 

«Yaxshi niyat» (1957),

«Yangi oyning o‘rog‘i» (1961),

«Oshiqko‘ngil bilan» (1963),

«Xitoydan sovg‘a» (1963),

«Tong yulduzlari» (1964),

«Sening izlaring» (1965),

«Ko‘ngil navosi» (1968),

«Handalarim» (1969),

«Umid to‘lqinlari» (1972),

«Yurakdagi mavjlar» (1973),

«Kuygan kuyov» (1973),

«Tanlangan asarlar» (1974),

«Talpinur dil» (1977),

«Qo‘lingni ber» (1979),

«Ko‘ngil taronasi» (1983),

«Kuyla, dilkash dutorim» (1984),

«Dilrabosan» (1984),

«Baxshida» (1985),

«Senga talpinaman» (1990),

«Qanotli qo‘shiqlar» (1991) kabi kitoblari nashrdan chiqqan.

Rasmlar galereyasi