Abdurahmonova Dilbar G‘ulomovna

Tavallud topgan sana: 5 yanvar 1936 yil

Vafot etgan sana: 20 mart 2018 yil

Tug'ilgan joy:Moskva

Yo'nalishlar: Ijodkorlar va musiqachilar

5734

Tarjimai hol

Dilbar G‘ulomovna Abdurahmonova — sovet, o‘zbek dirijori, skripkachisi, pedagog. SSSR Xalq artisti (1977). O‘zbekistondagi birinchi ayol-dirijor.

 

Dilbar Abdurahmonova 1936 yil 1 may kuni Moskva shahrida tavallud topgan.

1948 yildan 1955 yilgacha R.Gliyer nomidagi (hozirgi R.Gliyer nomidagi Respublika ixtisoslashgan musiqa akademik litseyi) musiqa maktabini (bir vaqtning o‘zida 110-sonli matematikaga ixtisoslashgan maktabda ham o‘qigan) skripka yo‘nalishida o‘qigan. 1959 yil Toshkent davlat konservatoriyasini (hozirgi O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi) skripka yo‘nalishida B.Titel sinfida yakunlagan, 1960 yil opera-simfonik dirijyorlik yo‘nalishini (M.Ashrafiy sinfi) yakunlagan.

1957 yildan 1960 yilga qadar — o‘qish davomida A.Navoiy nomidagi opera va balet teatri (hozirda Alisher Navoiy nomidagi Katta Akademik teatr) orkestrida skripkachi bo‘lib ishlagan.

1957 yil — talaba-dirijor sifatida Moskvada bo‘lib o‘tgan Xalqaro yoshlar va talabalar festivalida ishtirok etgan.

1960 yil — A.Navoiy nomidagi Davlat opera va balet teatri dirijori, 1974-1990 yillar — teatrning bosh dirijori va badiiy rahbari, hozirgi dirijyor-sahnalashtiruvchi.

1959 yildan chet ellarda O‘zbekiston madaniyati va san’ati o‘n kunliklarida ishtirok etgan. SSSR shaharlari, Misr (1966), Germaniya, Ruminiya, Tayland, Singapur bo‘ylab gastrol safarlarida ishtirok etgan.

1982 yili A.N. Ostrovskiy nomidagi Toshkent badiiy-teatr institutining (hozirgi O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti) sanoat va teatr ishini rejalashtirish yo‘nalishini sirtqi bo‘limini yakunlagan.

O‘zbekiston Davlat konsrevatoriyasida opera xonandachiligi bo‘yicha dars bergan (professor).

Oilasi

•          Otasi — G‘ulom Abdurahmonov (1910-1987), opera xonandasi, O‘zbek SSR xalq artisti (1950)

•          Onasi — Zuhra Fayziyeva, opera xonandasi.

•          Turmush o‘rtog‘i (1960 yildan e’tiboran) — O‘tkir Abdullayevich Shomurotov (1934 yil tug‘ilgan), muhandis.

•          Qizlari — Lola va Ra’no.

Mukofot va e’tiroflari

 

•          O‘zbek SSR Xalq artisti (1969)

•          SSSR Xalq artisti (1977)

•          Xamza nomidagi O‘zbek SSR davlat mukofoti sovrindori (1973)

•          “Fidokorona xilmatlari uchun” orden (O‘zbekiston) (2012)

•          Xalqlar do‘stligi ordeni (22.08.1986)

•          “Shuhrat” medali (O‘zbekiston) (2001).

D.Abdurahmonova repertuaridan 60 dan ziyod opera va balet spektakllar o‘rin olgan.
 

2018 yilning 20 mart kuni vafot etdi.

Rasmlar galereyasi