Abdullayev Samig‘ Fayzulovich

Tavallud topgan sana: 25 oktabr 1917 yil

Vafot etgan sana: 1998 yil

Tug'ilgan joy:Toshkent

Yo'nalishlar: Rassomlar, Qahramonlar

7386

Tarjimai hol

Abdullayev Samig‘ Fayzullayevich (1917 -1998) – Ulug‘ Vatan urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi qahramoni, O‘zbekiston rassomlar uyushmasi raisi, O‘zbekiston Davlat sanʼat muzeyi direktori.

1917-yil 12 (baʼzi taxminlarda 25-oktyabr) oktyabr kuni Toshkentda tug‘ilgan. Maktabning 7-sinfini va Toshkent rassomlar bilim yurtini tamomlagan. 1938-yildan harbiy xizmatda zobit bo‘ladi. 

1941-yildan Ulug‘ Vatan urushi qatnashchisi. 1943-yil Kuban va Tamansk yarim orollarining pastki qirg‘oqlarini ozod qilishda 97-alohida motor muhandislik batalyoni qo‘mondoni lavozimida eʼtibor qozongan. 1943-yil 16-sentyabrda Krasniy shaharchasida dushman tomonidan qo‘yilgan 97 ta minani sapyorlar payqab qolishadi. Ulardan 37 tasini Abdullayev xavfsizlantiradi. Tankchilar uchun yo‘l ochiladi. Ammo tez orada, brigada qarshisida yangi xavf paydo bo‘ladi: gitlerchilar ko‘prikni daryo orqali portlatib yuborishadi. Abdullayev bo‘limi uch soat ichida ko‘prikni tuzatadi va tanklar kirib keladi. Ertasi kuni Abdullayevning shaxsan o‘zi boshqa ko‘prik portlashi haqida xabar beradi. Jasur minachi ko‘prik oldiga emaklab boradi. Mazkur vazifani bajarishda Abdullayev yaralanadi, lekin jang maydonini tark etmaydi. 16-sentyabrdan 9-oktyabrgacha bo‘lgan muddat ichida serjant S.F.Abdullayev yarador bo‘lishiga qaramay, jang maydonini tark etmaydi va 3.000 ga yaqin turlicha, shu jumladan, 39 ta o‘rnatilgan va 37 ta mina-syurprizlarini xavfsizlantiradi.

Urushdan so‘ng katta serjant S.F.Abdullayev vataniga qaytariladi. 10 yil davomida O‘zbekiston rassomlar uyushmasini boshqaradi, 1956-yildan O‘zbekiston Davlat sanʼat muzeyi direktori lavozimida ishlaydi. Toshkent shahrida yashab, 1998-yil vafot etgan.

Mukofot va unvonlari

  • Sovet Ittifoqi qahramonining “Oltin yulduz” medali
  • Ikkita I-darajali Ulug‘ Vatan urushi ordeni
  • II darajali Ulug‘ Vatan urushi ordeni
  • Lenin ordeni
  • Ikkita Qizil bayroq ordeni
  • Ikkita “Hurmat belgisi” ordeni
  • Medallar
  • O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sanʼat arbobi

 

Rasmlar galereyasi