Abdukarimboy

Tavallud topgan sana: 1701 yil

Vafot etgan sana: 1750 yil

Tug'ilgan joy:Qo‘qon

Yo'nalishlar: Hukmdorlar

4699

Tarjimai hol

Abdukarimboy (1701-1750) - Uchinchi hukmron, Qo‘qon xonligidagi minglar sulolasi vakillaridan, 1733 yildan hukmronlik qilgan. Uning otasi – Shohruhboy.

Abdukarimboy Abduraximboyning kichik ukasi bo‘lgan, akasi olamdan o‘tgandan so‘ng 1733 yilda Qo‘qon xonligi xokimiyati unga o‘tadi.

U 1740 yili Qo‘qonni dushmanlardan, ayniqsa Djungarlardan himoya qilish maqsadida devor qurishni buyuradi.

1745-1747 yillarda Qo‘qon xonligi Djungarlarning hujumiga uchraydi va O‘sh, Andijon va Marg‘ilonni qo‘ldan chiqaradi. Qo‘qonning o‘zi esa Djungarlar tomonidan qamal qilinadi. Qiyin vaziyatlarda Abduraximboyning harbiy mahorati evaziga poytaxtdan Djungarlar quvilib yuboriladi.

Djungarlarning hujumi davlatning iqtisodiyotiga va siyosiy markazlashishiga katta putr yetkazdi.

Abdukarimboy 1750 yilda vafot etadi va xonlikni boshqarish uning yosh o’g‘li Abduraxmonboyga o‘tadi. U taxtda biroz o‘tiradi, so‘ng taxtga egalik Abduraximboyning o‘g‘li Irdanaboyga o‘tadi (1750-1764). 

Rasmlar galereyasi