Abdalov Otajon

Tavallud topgan sana: 1856 yil

Vafot etgan sana: 1927 yil

Tug'ilgan joy:Xiva

Yo'nalishlar: Adabiyot

5197

Tarjimai hol

Otajon Abdalov (1856, Xiva - 1927) – birinchi o‘zbek kitob nashrchilaridan, Xorazm vohasida kitob nashr qilinishi asoschilaridan. U ilk o‘zbek matbaachisi va noshiri. Matbaachilik faoliyatini 1874 yildan Xiva shahrida Xiva xoni Muhammad Rahimxon II saroyida tashkil etilgan toshbosmada ishlashdan boshlagan. 1876 yilda Abdunosir Farohiyning "Nisabussibyon" asarini toshbosmada bosib xonga taqdim etdi. Bu kitob Xivadagina emas, balki butun O‘rta Osiyo miqyosida birinchi bosma kitob hisoblanadi. Abdalov Otajon bosib chiqarish uchun loyiqasarlarni o‘zi tanlab, ularni Muhammad Rahimxonga chop etishga ruxsat berish uchun tavsiya qilgan. Qo‘l yozmalarni nashrga tayyorlashda o‘ziga zamondosh bo‘lgan taniqli hattot va  shoirlarning ko‘magidan foydalangan. 1876 - 1910 yillarda Otajon Abdalov Xiva matbaasida 10 dan ortiq kitobni nashrdan chiqardi. Bular orasida Navoiyning "Hamsa" (asarning "Hayrat-ul Abror" qismi; 1880), "Xazoyin-ul Maoniy", 1881, "Chor devon" (1882), Ogahiyning "Tavizuloshiqin" (1882) nomli asarlari, Muhammad Rahimxon II (Feruz) ning g‘azallari (1897) va "Majmuatush-shuaro" (1900) to‘plamlari bor. Otajon Abdalov Xorazm xalq hukumatining bir qancha xitob-nomalari, tarixiy hujjatlarini, Xiva shahrida o‘zbek, rus, turkman, qoraqalpoq tillarida gazetalar chiqarishga boshchilik qilgan.

Bolaligi va yoshligi to‘g‘risida ma’lumotlar kam. Qog‘ozga rasm chop etishga juda qiziqqan. Eronlik Ibroxim-sultan kitob chop etish sirlari bilan bo‘lishgan. Toshbosma matbaa usulini oddiyligini tushunib, 1874 yilda kerakli uskunalarni sotib oladi va birinchi O‘rta Osiyodagi toshbosma matbaasini tashkil etadi. Bu matbaa usuli chindan xam juda oson edi- maxsus toshlarga kerakli so‘zlarni maxsus qogoz yordamida yozilgan va stanok yordamida oddiy qog‘ozga nashr qilingan.

1876 yili Abdalov Otajon Al Forobiyning falsafiy ishi “Bolalar taqdiri”ni chop etdi. Xiva xoni Muxammad Raximxon II Otajon Abdalovga shogirdlikka Muxammad va Xudoybergan (naqsh o‘ymakorligi), Ismoil va Komil kabi o‘nlab shogirdlarni belgilagan.

Toshbosma matbaasida o‘zbek klassik adabiyoti namunalari -Alisher Navoiy, Munis, Xorazmiy, Mirza Abdukarim, Mashrab, Ogaxiy kabi arboblar asarlari chop etilgan. Sekin astalik bilan bu ishni iqtisodiy –pullik ishlab chiqarish sohasiga aylana boshladi. Ularning asosiy manbai bu madrasalardagi darsliklar o‘rin olgan edi. Ular ichida Qur’ondagi Xaftiyak, Chor kitob –musulmonlar qoidalari yozilgan kitoblar xam o‘rin olgаn edi. 

 

Rasmlar galereyasi