Xitoy Xalq Respublikasi o'zbek olimini taqdirladi
Toshkentdagi Xitoy Xalq Respublikasi Shinjon fizika va kimyo instituti tavsiyasi bo'yicha Sh.Saqdullaev Toshkentda "Do'stlik" mukofoti bilan taqdirlandi.
"Toshkentda Xitoyning xalq tabobati markazini tashkil etishda yordam berish, birgalikda ishlash uchun, ikki mamlakat Fanlar akademiyasi o'rtasida ilmiy-texnikaviy hamkorlikni mustahkamlash, yangi dorilarni ishlab chiqish bo'yicha qo'shma loyihalarni amalga oshirish, Xitoyning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ko'maklashish maqsadida Sh.Qaqdullayevga "Do'stlik" mukofoti topshirildi”, deb xabar beradi O'zbekiston Fanlar akademiyasining matbuot xizmati.
Bu yil Xitoy-O'zbekiston munosabatlarining jadal rivojlanishi bilan ajralib turadi. Xitoy Xalq Respublikasining O'zbekistondagi elchisining ta'kidlashicha, tovar ayirboshlash hajmi va ikki mamlakat o'rtasida investitsiyalarning barqaror o'sishi kuzatilmoqda.