O‘zbekiston Fanlar akademiyasining faol a’zosi, mashinasozlik sohasidagi mashhur olim Rufat Mahkamov 6 iyul kuni 88 yoshida vafot etdi


U O‘zbekistonda ilm-fan rivojiga katta hissa qo‘shdi. Taniqli olimning ilmiy ishlanmalari va izlanishlari mamlakatimizning mashinasozlik sanoatida keng qo‘llaniladi va iqtisodiyotni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega deb yozadi O‘zA.
 Mahalliy va xorijiy olimlar va mutaxassislar orasida Rufat Mahkamovning texnologiyaning nazariy va amaliy masalalariga bag‘ishlangan 200 dan ziyod ilmiy maqolalar, kitoblari va monografiyalari keng nashr etilgan.
 Fidokor olim va g‘amxo‘r ustoz sifatida yoshlarga ilm-fan sirlarini o‘rgatdi, uning bevosita rahbarligi ostida bir qator fan nomzodlari va fan doktorlari yetishib chiqdi.
 Akademik R.Maxkamovning mamlakatimizda ilm-fanni rivojlantirishdagi xizmatlari davlat tomonidan munosib baholandi va ”O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” unvoniga sazovor bo‘ldi.