Jo‘rayeva Gulchehra

Tavallud topgan sana: 1 fevral 1938 yil

Tug'ilgan joy:Buxoro

Yo'nalishlar: Yozuvchilar

5199

Tarjimai hol

Gulchehra Jo‘rayeva o‘z faoliyatini gazetada boshlagan, so‘ngra “Yoshlik” jurnalida, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasida, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi bo‘lib ishlagan. O‘nlab she’r va qissalar to‘plami kitobxonlar qo‘liga yetib borgan. “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvoni berilgan, “Mehnat shuhrati” ordeni bilan ham taqdirlangan.

Buxoroning Shofirkon tumani Do‘rmon qishlog‘ida, ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan (1959). Mehnat faoliyatini gazetalardan boshlagan. “O‘zbekiston madaniyati” gazetasida o‘n yil ishlagan.

So‘ngra “Yoshlik” jurnalida (1982), O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasida (1991), 1996-1997 yillar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi bo‘lib ishlagan. Ijodiy faoliyati ibtidosi elliginchi yillarga to‘g‘ri keladi.

Ilk she’ri “Tashakkur” nomi bilan 1954 yilda matbuotda e’lon qilingan. “Baxtim borki...” nomli birinchi kitobi 1961 yil omma yuzini ko‘rgan. So‘ngra “Gul shaydosi” (1969), “Bog‘imda bahor” (1968), “Hayajon” (1971), “Umr - daryo” (1974), “Salom, do‘stlar” (1975), “Eng yaqin yulduz” (1979), “Dostonlar” (1981), “Iqbol” (1983), “Mehrim sizniki” (1984) kabi o‘nlab to‘plamlari qatori “Chavandoz”, “Imtihon”, “Zuhro yulduzi” kabi qissalari ham nashrdan chiqqan. 1987 yilga kelib “Gulshan aro” nomli she’r va qissalar to‘plami chop etilgan. Shoiraning yigirmadan ortiq to‘plamlari kitobxonlar qo‘liga yetib borgan.

1992 yil Gulchehra Jo‘rayevaga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvoni berilgan. “Mehnat shuhrati” ordeni bilan ham taqdirlangan.

Video galereya

Rasmlar galereyasi