Zeydman Boris Isaakovich

Tavallud topgan sana: 28 yanvar 1908 yil

Vafot etgan sana: 1 yanvar 1981 yil

Tug'ilgan joy:Sankt-Peterburg

Yo'nalishlar: Ijodkorlar va musiqachilar

4432

Tarjimai hol

Boris Isaakovich Zeydman — sovet bastakori va musiqa o‘qituvchisi. Ozarbayjon (1956) va O‘zbekistonda (1964) xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi.

1908 yil (10 fevral) 28 yanvar kuni Sankt-Peterburgda tug‘ilgan. Leningrad konservatoriyasini bastakorlik bo‘yicha M. O. Shteynberg sinfida bitirgan, 1936 yil shu o‘qituvchi rahbarligi ostida aspiranturani ham tamomlaydi. Saratov va Leningradda musiqa oliygohlarida musiqa nazariyasidan dars bergan. 1936—1939 yillar bastakorlik va cholg‘ulashtirishdan Leningrad konservatoriyada dars bergan.

1939—1957 yillar Ozarbayjonda ishlagan. Baku konservatoriyasida dars bergan, 1949 yildan professor. 1944 yil rais o‘rinbosari, so‘ngra 1949-1953 yillar Ozarbayjon SSR Bastakorlik uyushmasi mas’ul kotibi. Zeydmanning bakulik o‘quvchilari orasida Fikret, Amirov va Murod Kajlayev kabilarni aytish mumkin.

 

Keyinchalik O‘zbekistonda ishlagan, 1957 yildan Toshkent konservatoriyasi professori.

1981 yil 1 yanvar kuni Toshkentda vafot etgan.

Mukofot va e’tiroflari

•          “Hurmat belgisi” nishoni (18.03.1959)

•          Ozarbayjon SSR xizmat ko‘rsatgan arbobi (1956)

•          O‘zbek SSR xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1964)

•          O‘zbek SSR Davlat mukofoti (1959)

Rasmlar galereyasi