Zahriddin Muhammad Bobur

Tavallud topgan sana: 14 fevral 1483 yil

Vafot etgan sana: 26 dekabr 1530 yil

Tug'ilgan joy:Andijon

Yo'nalishlar: Shoirlar, Hukmdorlar

243057

Tarjimai hol

Zahriddin Muhammad Bobur — buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, tarixshunos va davlat arbobi; boburiylar sulolasi va saltanati asoschisi. Boburning ilmiy mehnatlari orasida “Aruz haqida risola” (1523-25) alohida o‘rin egallaydi, unda sharqiy aruz vazni ko‘rib o‘tiladi. 1521 yil islomning beshta shariat ustuni bayon etilgan falsafiy-diniy “Mubayyin” asarini yozgan.

Zahriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda tavallud topgan, Farg‘ona hukmdorining o‘g‘li, Amir Temurning evarasi. Bobur 1494 yil Farg‘ona hokimi bo‘ladi, 1526 yil Hindistonda markazlashgan boburiylar davlatiga (jahon tarixiga “buyuk mo‘g‘ullar saltanati” bo‘lib kirgan) asos solib, Hindiston inglizlar tomonidan bosib olinishiga qadar (1848) mavjud bo‘lgan. Agra shahrida 1530 yil 26 dekabr kuni vafot etgan.

Boburning she’riy merosi ko‘pqirrali va boy. Nasriy asarlari (1519) “Qobul devoni”ga, so‘nra (1529-30) “Hind devoni”ga jamlangan. U sharq nasriy janrlarida 10 dan ziyod she’rlar yozgan. She’rlarida uning shaxsiy hayoti, atrof-muhiti va tarixiy hodisalar aks etilgan. Bobur she’riyatining asosini ishqiy-nasriy mazmundagi she’rlar tashkil etadi. Shoir san’ati o‘ziga xos adabiy uslub va mahorat, turkiy tilning ifodaliroq vositalari orqali tasvirlanadi.

Uning she’rlarida o’z davrining tarixiy hodisalari, shoirning shaxsiy hayoti, atrof-muhit, insonga bo‘lgan munosabat, din, davr an’analari va axloqlari voqe’lik ila aks etgan.

Boburning she’rlari — shoirning tarjimai xoli, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. U orqali ijodkor shoirona til orqali teran tuyg‘ularni bayon qiladi, hayotiy hodisalar to‘qnashuvi natijasida hosil bo‘lgan tashvishlarni mohirona so‘zlaydi.

Bobur she’riyatining asosini ishqiy-nasriy she’rlar tashkil etadi. Ijodining asosiy qirralaridan biri, chinakam insoniy, dunyoviy, haqiqiy sevgini kuylaganligidir. Shoir lirikasi Alisher Navoiy she’riyatidan ilhomlanish bilan to‘yingan. O‘zining g‘azal va ruboiylarida u sevgi, do‘stlik, go‘zallikka intilish kabi insoniy muammolarni ko‘targan. Dunyoviy sevgini shoir insonning eng porloq unvoni sifatida tarannum etadi.

Bobur oshig‘i bilan uchrashuv uchun sevgining istalgan qiyinchiliklarini yengib o‘tishga tayyorligini ta’kidlaydi. Katta samimiyat ila shoir sevgi uchun o‘zini borlig‘i bilan qurbon qilishga ham tayyorligini ifodalaydi.

Xati — binafsha, xadi — lola, zulfi rayhondur,

Bahori husnda yuzi ajab gulistondur.

Iki mengi oyu dog‘i yuzu so‘zi gulu mul,

Qadi ravonu tani jonu irni marjondur.

Qoshida chinu ko‘zida kinu angabin labida,

So‘zida zahr va lekin tilida darmondur.

Qoshingg‘a ko‘p bora olmon, netay, aroliqda,

Yoshim tishing duridin ayru bahri Ummondur.

O‘tumni tez etasen har tarafg‘a sekretib ot,

Samandi noz inonini bir beri yondur.

Ne nav’ vasf qilay surating latofatini —

Ki, husnunga sening, ey ruh, aql hayrondur.

Jafoyu javr agar qilsa, Boburo, netayin,

Ne ixtiyor manga, har ne qilsa, sultondur Chekib gar oh dudini ko‘ngul o‘tini tutratsam.

Ko‘zum ravshanlig‘ida bo‘lg‘ay,Bobur,base kamliq,

Agar qoshi bila yuzun hilolu kunga o‘xshatsam.

Bobur uchun sevgi — sadoqat, fidokorlik, shukur va insoniylikdir. Sevgini u barcha narsadan: boylik, jamiyatdagi o‘rni va barcha dunyoviy ezguliklardan ustun qo‘yadi. Shoir o‘zining mukammal g‘azallarida go‘zal oshiq timsolini yaratib, unga tengsiz go‘zal tashqi ko‘rinish, boy ichki dunyo, ma’naviy mukammallik in’om etadi. Shu bilan birga, u noyob badiiy vositalarni ham mohirona qo‘llaydi.

O‘zni , ko‘ngul, aysh bilan tutmoq kerak,

Bizni unutqonni unutmoq kerak.

Ayshu tarab gulbunig‘a suv berib,

G‘ussa niholini qurutmoq kerak.

Tiyra turur zuhd damidin ko‘ngul,

Ishq o‘ti birla yorutmoq kerak.

Har nimag‘a g‘am ema,g‘am ko‘p turur,

Aysh bila o‘zni unutmoq kerak.

Qo‘yma mashaqqat aro,Bobur,ko‘ngul,

O‘zni farog‘at bila tutmoq kerak.

Samimiy sevgi tuyg‘ularini madh etib, dunyoviy inson muhabbatini ta’kidlar ekan, Bobur mukkasidan ketgan shayhlarning riyokor tanqidiga uchraydi, g‘ofil din aqidaparastlariga qarshi chiqadi. Jahannam olovi ayriliq alangasi oldida uchqunday tuyuladi:

Hajringda bu tun ko‘ngulda qayg‘u erdi,

Vaslingg‘a yetishmadim — jihat bu erdi:

Ohim tutuni birla ko‘zumning yoshidin

Yo‘l balchiq edi, kecha qarong‘u erdi!

Bobur she’riyatida ona vatan mavzusi alohida o‘rin egallaydi. Uning she’rlarida, ayniqsa to‘rtliklari vataniga bo‘lgan sog‘inch va cheksiz muhabbati ta’sirchan ifodalangan.

G‘urbat tug‘i yopqon ruhi zardimnimu dey?

Yo hajr chiqargon ohi sardimnimu dey?

Holing nedurur? Bilurmusen dardimni?

Holingai so‘raymu, yo‘qsa dardimnimu dey?!

Bobur she’riyatida, shuningdek, insonning axloqi va diniy mukammalligi masalalari ko‘tarilgan. Shoir insonni yuqorilarga ko‘tarib, unga ulkan hurmat ila munosabatda bo‘ladi, inson qadr-qimmatini baland qo‘yadi. Bu g‘oyalarga zid bo‘lga barcha narsaga qarshi chiqadi. Boburning fikricha, xudbinlik, hurmattalablik, qizg‘anchig‘lik, manmanlik - noqobil sifatlardir. Shoir odamlarga samimiy maslahatlar beradi. O‘zining ruboiylarida inson qanday qilib o‘zini ma’nan tarbiyalashi kerakligi haqida gapiradi.

Mazkur mavzuga yuzlanar ekan, insonning hayotdagi eng asosiy vazifasini shoir yaxshilik, bag‘rikenglik va haqiqatda ko‘radi. Do‘stlik - insonning eng asosiy jihati va dushman bilan kurashda ulkan kuch deb hisoblaydi.

Bobur asarlaridagi adabiy til haqida so‘z borar ekan, undagi soddalik, hammaboplik, ravon va qisqaligini aytish lozim. Shoir balandparvoz gaplarni va mukammal iboralarni yoqtirmagan. Boburning sodda tili o‘quvchiga asarlarini, boy ifodalari va kechinmalarini aniq o‘zlashtirishda yordam beradi.

Bobur ma’nosiz gap-so‘zlardan qo‘chishga, o‘z fikrlarini qisqa, ravon va oddiy bayon etishga, inson o‘zi tushunmaydigan so‘zlardan foydalanmaslikka chaqiradi. Xususan, u shunday ta’kidlaydi: “Ravshan va toza gaplar yordamida, soddaroq yoz: va senga ham, seni xatingni o‘qiganga ham oson bo‘ladi”.

 

Shubhasiz, “Boburnoma”ning ushbu satrlaridan ma’lumki, Boburning she’riy mahorati nasriy asarlariga chuqur va sezilarli ta’sir ko‘rsatib, ulkan badiiy go‘zallik va keng shuhrat baxsh etdi.

Boburning she’riy mahorati badiiy-adabiy uslub va ona tilining eng ta’sirchan vositalaridan mahorat ila foydalanish hamda xalq ijodiyoti manbalarining ijodiy tiklanishida ifodalanadi.

Ilmiy asarlari orasida “Aruz haqida risola”si Sharq filologiyasi rivojida alohida o‘rin egallagan. Asar she’riyatning she’riy asoslarini ehtiyotkorona va erishgan yutuqlarining tanqidiy o‘zlashtirish natijasidadir. Bobur prosodilar (nutqdagi urg‘uli va urg‘usiz, uzun va qisqa bo‘g‘inlar tizimi) nazariyasini o‘zining qayd etgan yangi topilmalari, holat va umumlashmalari bilan boyitdi, uning tasnif va turlarini rivojlantirdi.

U o‘z qarashlarini arab, fors-tojik va turk she’riyati manbalari orqali asoslaydi. Bu orqali olim she’riyatdagi o‘zaro aloqa va hamfikrlikni ko‘rsatish bilan birga, turkiy tilda she’r yozuvchi xalqning cheksiz keng she’riy doirasini namoyon etadi. Alisher Navoiy an’analarini davom etar ekan, u xalq she’riyatiga katta e’tibor qaratgan. Uning asarlari xalq qo‘shiq san’ati janri haqidagi qimmatli ma’lumotlarni va qiziqarli etnografik materiallarni tashkil etadi.

Mashhur “Boburnoma” - buyuk temuriylar tarixi (1494-1529 yillar voqealari), buyuk hokimiyat yaratilishidan so‘zlaydi. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida “Boburnoma”ning 10 dan ziyod qo‘lyozma nusxalari saqlanadi. Ularning barchasini taqqoslash asosida, boburshunos Porso Shamsiyev mazkur nodir asarga tanqidiy matnni (1960) nashrga tayyorladi. Keyinroq, yapon olimi I.Mano ham “Boburnoma”ga tanqidiy matnni nashr uchun tayyorladi, shuningdek, N. Ilminskiy (1847), Beverij (1905), Fitrat (lavha, 1928) va P. Shamsiyevlar (1960) tomonidan ham chop etilgan.

 

Uni fors (1586), golland (1705), ingliz (1826), fransuzs (1871), turk (1940) va rus (1942) tillariga tarjima qilishgan. “Boburnoma” mavzusi asosida F.A. Stil (Parij,1940), F. Grenard (Parij,1930), G. Lemb (Nyu-York,1961), V. Gaskon (Nyu-York,1980), Munila’l (6 roman) va boshqa xorij mualliflarining romanlari ham mavjud. U to‘g‘risida o‘zbek yozuchilari (Oybek, B. Boyqulov, X. Davron) tomonidan dostonlar, roman (P.Qodirov) va qissa (X.Sultonov) ham yozilgan.

1521 yil “Mubayyin” nomli falsafiy-diniy asar yozilgan bo‘lib, unda islom shariatining 5 ustuni bayon etilgan, shuningdek, o‘sha yil u “Mubayyinu-l-zakot” soliq chiqimi kitobini ham yozgan. Uning “Harb ishi”, “Musiqa ilmi” kabi ilmiy asarlari hanuz topilmagan.

Bobur arab grafikasi asosida “Xatti Boburiy”ni tuzgan, u turkiy fonetikaga doir. Ushbu xat asosida Qur’on hamda Boburning shaxsiy asarlari qayta yozilgan.

U, shuningdek, badiiy tarjimalar bilan ham shug‘ullangan. U Bahovuddin Naqshbandiyning davomchisi, yirik so‘fi Xoji Ahror Valining “Volidiya” (Ota-onalar risolasi) diniy-falsafiy asarini she’riy ko‘rinishda tarjima qilgan.

Bobur ijodini o‘rganish bo‘yicha Xalqaro ilmiy ekspeditsiya a’zolari bir necha bor shoir “izi” bo‘ylab ilmiy sayohatlar tashkil etishgan, ular tomonidan 500 dan ziyod kitob va hujjatlar topilgan bo‘lib, “Bobur va uning zamonaviy dunyodagi o‘rni” memorial muzeyida saqlanadi. Andijonda Bobur parki bo‘lib, u yerda shoirning ramziy qabri hamda “Ark ichi” memorial majmuasi joylashgan.

Bobur jamoat va tarixni yuzaki kuzatuvchisi bo‘lmagan, u voqea va hodisalarni, o‘zini havotirga solgan o‘y va his-tuyg‘ularni tahlil qilishga intilgan. Bu fikrlar va hissiyotlar yaxshilik va adolat, haqiqat va go‘zallik tamoyillariga xizmat qilish uchun yo‘naltirilgan edi.

Video galereya

Rasmlar galereyasi