Zohidov Tesha Zohidovich

Tavallud topgan sana: 10 may 1916 yil

Vafot etgan sana: 21 avgust 1981 yil

Tug'ilgan joy:Qo‘qon

Yo'nalishlar: Biologlar

1141

Tarjimai hol

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti (1952).

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1952), biologiya fanlari doktori.

Zoologiya sohasidagi olim, fan va ta’lim tashkilotchisi, jamoat arbobi.

1906 yil 10 may kuni Qo‘qonda tavallud topgan, 1981 yil 21 avgust kuni vafot etgan va Toshkent shahriga dafn etilgan.

O‘zSSRda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1947).

Beruniy nomidagi O‘zSSR Davlat mukofoti laureati (1970).

Xalqaro zoologiya akademiyasining haqiqiy a’zosi.

1931 yil O‘rta Osiyo davlat universitetini (O‘ODU, hozirgi ToshDU) tamomlagan.

O‘ODUda yordamchi, dekan, rektor bo‘lib ishlagan, fan bo‘limi va O‘zbekiston Kommunistik partiya Markaziy qo‘mitasi oliygohi mudiri, O‘zbekiston FА zoologiya parazitologiya instituti (asoschisi) direktori, O‘zbekiston FA prezidenti, ToshDU kafedra mudiri va O‘zbekistonning boshqa boshqaruvchilik lavozimlarida faoliyat yuritgan.

300 dan ortiq ilmiy ish, shuningdek 50 ta monografiya muallifi. 5 ta fan doktori va 25 ta fan nomzodini tayyorlagan.

Rasmlar galereyasi