Zagurskaya Galina Nikolayevna

Tavallud topgan sana: 27 aprel 1905 yil

Vafot etgan sana: 16 noyabr 1978 yil

Tug'ilgan joy:Rossiya

Yo'nalishlar: Aktyor va aktrisalar

3697

Tarjimai hol

Galina Nikolayevna 1905 yil Irkutsk shahrida tug‘ilgan. Uning otasi Nikolay Zagurskiy 1863 yil Polshada bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘alondan so‘ng Sharqiy Sibirga surgun qilingan polyaklardan bo‘lgan. Nikolay Zagurskiy Uzoq sharq temir yo‘lida muhandis bo‘lib xizmat qilgan. 1918 yil oq gvardiyachilar Nikolayni otib tashlashadi. Ushbu mudhish musibat o‘n uch yasharli chizaloqning xotirasida bir umrga saqlanib qoladi.

To‘qqiz yoshida Galina balet maktabiga topshiradi. O‘qishni tamomlab, 1921 yil Irkutsk drama teatriga balerina bo‘lib ishlash uchun keladi va besh yil shu teatrda faoliyat yuritadi. Oradan bir muncha vaqt o‘tgach, baletmeyster sifatida mamlakatning turli teatrlarida har-xil raqslar qo‘yadi.

1932 yildan Yaroslavl, Vladivostok, Irkutsk va boshqa teatrlarda dramatik aktrisa sifatida ishtirok etadi. 1937 yildan M.Gorkiy nomidagi Toshkent rus dramatik teatri truppasi safida.

Aktyorlik faoliyatidan tashqari, Galina Zagurskaya ijodiy hayotinnig katta qismini yosh avlod bilan ishlashga bag‘ishlagan. 1946 yil Zagruskaya teatrning badiiy rahbari etib tayinlangan. Ayni chog‘da O‘zbekiston xalq artisti unvoniga ega bo‘lgan Galina Nikolayevna teatrning yosh avlodini tarbiyalashda sa’y-harakatini ayamagan. Uning sa’y-harakatlari tufayli, teatr toshkentliklar orasida ajoyib sahra asarlari va aktyorlarning yuqori mahorat ila ijrosi bilan mashhur bo‘lgan.

Hamza nomidagi O‘zbek SSR Davlat mukofoti (1971) bilan taqdirlangan - Ch.Aytmatovning sahna asarida ona timsolini gavdalantirganligi uchun. Lenin (1959) hamda “Hurmat Belgisi” (1944) ordenlari bilan mukofotlangan.

1978 yil 16 noyabr kuni Toshkentda vafot etgan. Botkina qabristoniga dafn etilgan.

Rasmlar galereyasi