Vohidov Erkin

Tavallud topgan sana: 28 dekabr 1936 yil

Vafot etgan sana: 30 may 2016 yil

Tug'ilgan joy:Farg‘ona

Yo'nalishlar: Shoirlar

4939

Tarjimai hol

Erkin Vohidov — o‘zbek shoiri va jamoat arbobi. Zamoanviy o‘zbek adabiyotining yorqin namoyondalaridan biri. Shoirni g‘azal janrining chinakam davomchisi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Vatanga, uning cheksiz kengligiga muhabbat, ona diyorning porloq kelajagiga ishonch Erkin Vohidov ijodining eng muhim jihati bo‘lib qoladi.

U 1936 yilning 28 dekabr kuni Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida o‘qituvchi oilasida tug‘ilgan. Toshkent Davlat universitetining (hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Milliy davlat universiteti) filologiya fakultetida (1955-1960) tahsil olgan. O‘qishni tamomlagach, turli gazeta va jurnallar nashriyot va tahririyatlarida  ishlagan. “Yoshlik” jurnalining birinchi bosh muharriri bo‘lgan (1982).

Erkin Vohidov — fuqarolik nuqtai nazari yorqin ifodalangan shoirdir. Uning she’rlari kelajak avlodning taqdiri uchun havotirga to‘la, muallif zamonaviy hayotning chuqur ma’naviy va axloqiy jarayonlarini tushunishga intiladi. Uning “Minora” she’ri o‘tmish xotirasini saqlab qolish haqida; “Samarqand kechasi” - buzilmas vaqt aloqasi haqida; “Sharq afsonasi” - inson hayotining mazmuni haqida; “Shoir yuragi”, “Abay”, “Yo‘qotilgan she’r” - shoirning fuqarolik burchi haqida.

E. Vohidov ijodida hajviy yo‘nalish alohida o‘rin egallaydi. “Donish-qishloq latifalari” Matmus haqida bo‘lib, shoir unda laganbardorlik, sotqinlik, xasislik, tamagirlikni mazax qiladi. She’rlari hayot kuzatuvlari, chuqur ma’nosi, o‘ziga xos ifoda vositalari bilan qiziqarli.

“Tuyaqush” masalida E.Vohidov jonzodning ikkilamchi nomlanishidan maromida foydalangan, ya’ni - tuya hamda qush. Shunday qilib, hajmi katta bo‘lmagan, lekin ma’nosiz, munofiq va qo‘rqoq insonlar haqidagi juda o‘tkir she’r yaraladi.

Erkin Vohidovning muhabbatga yo‘g‘rilgan she’rlari ham e’tiborga loyiq. Shoirni g‘azal janrining chinakam davomchisi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. “Bulbul tuni bilan noladi”, “G‘uncha” kabi she’rlarida an’anaviy g‘azal belgilari - ixtirosli fojiaviy sevgini jonlantiruvchi bulbul va atirgul, Farhod va Majnun timsollari mavjud.

An’analarga ehtiyotkorona rioya qilgan holda, muallif o‘zining mustaqil sevgi tushunchasini yetkazib beradi. “Orzu chashmasi” she’rida u chashma oldida o‘tirgan qiz timsolini gavdalantiradi. Real lavhalardan chekingan holda, shoir lirik sevgi tarixini, to‘g‘rirog‘i, sevgi umidini yaratadi. She’rdagi lirik qahramon sevgisi yer tubidan chiquvchi musaffo chashma kabi. Porloq tuyg‘u umididagi she’r qahramoni mag‘rur va soddadir.

“O‘zbegim” qasidasida shoir xalqning eng qadrli yutug‘i — Vatan erkinligi va mustaqilligini tarannum etadi. Erkin Vohidov “o‘rdani vahshiyona toptashdi va yer jarohatlari sezildi” misralari orqadi ona diyorining tarixiy o‘tmishiga yuzlanadi. Shoir azaliy erkinlik uchun intilish va diyor ravnaqini “Alpomish”, “Toro‘g‘li” kabi dostonlarida ifodalagan. Vatanni afsonaviy qahramoni bo‘lmish baxodirlarning qanotli tulpori - kuch, qudrat va erkinlik timsoli bilan uzviy va aniq bog‘lay olgan.

Shoir Robert Rojdestvenskiy uning ijodi bilan zavqlanib, shunday yozgan:

Menga uning “Nido” dostoni juda manzur bo‘ldi, uning bengal shoiri Nazrulla Islom haqidagi ko‘p qirrali va jarangdor “Ruhlar isyoni” dostoni yoqdi. Bu yerda mualliflik ovozi barcha imkoniyat va qirralarni namoyon etgan - shivirlashdan qichqiriqqacha.

“Fikrimcha, bular — juda yaxshi va aniq she’rlar. Shuningdek, ularda dono xotirjamlik va kenglik mavjud. Yana, og‘riq bor. Haqiqiy inson og‘rig‘i...” - deb yozadi rus shoiri Robert Rojdestvenskiy o‘zbek shoiri Erkin Vohidov haqida.

1999 yil Erkin Vohidovga O‘zbekiston qahramoni unvoni berilib, shoir xizmatlari sharaflandi.

Video galereya

Rasmlar galereyasi