Tarjimai hol
Vaxabov Alisher Vasikovich (1963 yilda tug‘ilgan) — 2014 yil 14 apreldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vaziri, 2014 yildan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a'zosi.
1963 yil O‘zbekiston Respublikasida tug‘ilgan. 1986 yil Toshkent davlat universitetini (hozirgi O‘zbekiston Milliy universitetida) Siyosiy iqtisodiyot yo‘nalishini tamomlagan.
1991 yil — “Mahalliy hududlar ijtimoiy muammolarini hal qilishda nomoddiy jamg‘armalarning roli” mavzusi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
2001 yil — “Bozor sharoiti munosabatida ko‘p tarmoqli iqtisodiyot” mavzusi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
1986 yil —Toshkent Xalq xo‘jaligi universitetida “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasida o‘qituvchi sifatida o‘z mehnat faoliyatini boshlagan.
1991-1998 yillarda — Toshkent moliya institutining “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasida katta o‘qituvchi, so‘ng dotsent bo‘lib ishladi.
1998 yil — Toshkent moliya instituti qoshidagi Soliq o‘quv markazi “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasiga mudir etib tayinlandi.
1999-2002 yillarda — Toshkent moliya institutining “Moliya-iqtisodiyot” fakulteti dekani bo‘ldi.
2002-2005 yillarda — Toshkent moliya institutini o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori vazifasida ishladi.
2005-2012 yillarda — Toshkent moliya institutini rektori lavozimini egalladi.
2012-2014 yillarda — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan 14 aprel 2014 yil Vahobov Alisher Vosiqovich O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri vazifasiga tayinlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga asosan 13 sentyabr 2016 yili Vahobov Alisher Vosiqovich O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri vazifasidan ozod qilindi.