Vayl Mark Yakovlevich

Tavallud topgan sana: 25 yanvar 1952 yil

Vafot etgan sana: 7 sentyabr 2007 yil

Tug'ilgan joy:Тошкент

Yo'nalishlar: Rejissyorlar

5085

Tarjimai hol

Mark Yakovlevich Vayl— taniqli sovet va o‘zbek teatr rejissyori. Toshkent “Ilhom” teatrining asoschisi va badiiy rahbari.

 

Mark Vayl 25 yanvar 1952 yil Toshkentda harbiy oilada dunyoga keladi: onasi — Kiyev teatr institutining bitiruvchisi bo‘lgan. Mark Toshkent badiiy teatr institutining rejissyorlik bo‘limini tamomlagan. 1976 yil Toshkent badiiy teatr institutining bir guruh bitiruvchilari bilan (hanuzgacha O‘zbekistonda yagona) “Ilhom” nodavlat teatriga asos solgan.

Mark Vayl tomonidan bir qancha spektakllar boshqa teatrlarda ham, masalan, Moskva, Bolgariya, Yugoslaviya, AQSh teatrlarda sahnalashtirilgan. Uning ishi benuqson bo‘lgan va o‘z uslubi bo‘yicha aktyorlar bilan ish olib borishi bilan ajralib turardi. Vayl eng yorqin va tajribali rejissyorlardan bir edi. Uning bir qancha spektakllari xalqaro festivallarga taqdim etilgan.

Shuningdek u bir qancha television filmlar muallifi sanaladi. Vaylning so‘nggi katta ishlaridan biri - “Toshkent. So‘nggi asrda” hujjatli filmi bir qancha xalqaro festivallarda namoyish etilgan.

Vayl iste’doli pedagog bo‘lib, mashhur artist va rejissyorlar pleyadasini tarbiyalagan, bundan tashqari 1995 yilda Ilhom teatri qoshida san’at drama teatr maktabini tashkil etgan. Shunga qaramay, boshqa san’at drama teatr maktablarida va turli mamlakatlarning universitetlarida ma’ruza o‘qigan.

Vayl O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi edi.

Mark Vayl kasalxonada jarrohlik stolid bu dunyodan ko‘z yumdi.

Vayl bilan xayrlashuv Toshkentda o‘tkazilgan va keyinchalik uning jasadi Moskvada krematsiya qilingan. Mark Vayl hoki Sietlga beva xotini va ikki qiziga yuborildi.

17 fevral 2010 yil Toshkentda “Qur’onga taqlid” spektakli qo‘yilgandan so‘ng suiqasd qilishgan rejissyor qotillariga 13, 17, 19 yil qamoq jazosi berildi.

Video galereya

Rasmlar galereyasi