Usmon Nosir

Tavallud topgan sana: 1913 yil

Vafot etgan sana: 9 mart 1944 yil

Tug'ilgan joy:Namangan

Yo'nalishlar: Yozuvchilar, Shoirlar

48648

Tarjimai hol

Usmon Nosir – o‘zbek shoiri, tarjimon, dramaturg. 30-yillarning boshlaridayoq u o‘z dunyoqarashi orqali o‘zbek she’riyatiga yangicha oqim olib kirib, unga o‘z hissasini qo‘shgan shoir sifatida tanilgan.
1913-yil Namanganda tug‘ilgan. Keyinchalik Qo‘qonda yashagan. Boshlang‘ich ta’limni boshlang‘ich maktabda olib, yangi uslubdagi internetda davom ettirgan, adabiyotga qo‘ygan ilk qadamlari 1929-yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.
1932-yil uning ilk she’riy to‘plami “Quyosh bilan suhbat” dunyo yuzini ko‘radi, ketidan birdaniga ikki kitobi – “Safarbar satrlar” va “Traktorobod” nashrdan chiqadi. 1935-yil “Yurak”, 1936-yil esa “Mehrim” kitoblari omma e’tiboriga namoyon etilib, she’riyat ixlosmandlarini hayajonga keltirgan. U barchaning og‘zida edi. Moskva gazetalari ishtiyoq bilan: “Sharqda Pushkin paydo bo‘libdi”, deyishgan. Uning asarlari turli tillarga tarjima qilingan, she’rlari va dostonlarini yod olishgan, u tomonidan qilingan A.Pushkinning “Bog‘chasaroy favvorasi” va M.Lermontovning “Iblis” romanining tarjimasi esa bebaho sanalgan.
Usmon Nosir o‘zining dramaturgik asarlari bilan keng jamoatni hayratda qoldirgan vaqti uning yoshi bor-yo‘g‘i 18 da bo‘lgan, masalan, “Nazirjon Halilov” sahna asari. Bir yildan so‘ng esa “Zafar”, “G‘alaba” hamda “Dushman” kabi sahna asarlari paydo bo‘ldi. 21 yoshida “Atlas” nomli sahna asarini yozgan. Bular yosh o‘zbek dramaturgiyasida o‘zgacha hodisa bo‘lib, o‘z davrining eng dolzarb mavzularini aks etgan.
1937-yilning 27-yanvar kuni respublika javmoatchiligi yosh shoirning 10-yillik ijodini keng nishonlagan, oradan yarim yil o‘tgach, Yozuvchilar uyushmasida majlis uyushtirilib, “shoirning hulv-atvori”ni ko‘rib chiqish masalasi ko‘tarilgan. Majlisdan ikki kun o‘tgach, shoirlar safidan chetlatilib, hibsga olinadi. Bu voqet 1937-yilning 13-iyulida bo‘lib o‘tgan. Usmon Nosir “xalq dushmani” tamg‘asi bilan surgun qilinadi. Endi uni Zlatoustsk qamog‘i, Vladivostok, Magadan, Mariinsk lagerlari kutardi. 1943-yil u hozirgi Kemerova viloyati hududidagi Sibir lagerlarida bo‘lgan.
1940-yilning 20-avgustida Usmon Nosir Magadandan Stalinning nomiga ariza yozishga jur’at qilib, unda o‘z ishini “ko‘rib chiqishlarini” so‘raydi. “Xalq otasi”ga qamoqda o‘tirib ham, “she’riy roman”, uchta sahna asari va bir qator she’rlar yozgani haqida xabar beradi: “Men hali yoshman va g‘ayratga to‘laman! Men xalqning farovonligi uchun ijod qilishim kerak! Men aybsizman!”, deya qayd etgan shoir.
Ushbu arizani Stalin ko‘rib chiqqan. O‘zbekiston hukumatiga Usmon Nosirning arizasini ko‘rib chiqishni buyuradi. 1944-yilning oxirlariga kelib, hay’at guruhi tuzilib, unda professor Borovkov, shoir Maqsud Shayhzoda va o‘sha vaqtda “Qizil O‘zbekiston” gazetasining bosh muharriri Siddiq Rajabovlar bo‘lgan. Hay’at Usmon Nosirni aybsiz bilib, uni oqlashadi.Afsuski, shoir bu vaqtga kelib olamdan ko‘z yumgandi. U 1944-yilning 9-mart kuni vafot etadi, 15-mart kuni Suslov qishlog‘idagi (hozirgi “Pervomayskiy”) qabristonga dafn etiladi.
Usmon Nosir o‘zidan keyin kichik bo‘lsa-da, juda boy meros qoldirgan va xalqning yuragida yashashda davom etmoqda.
Kemerovsk viloyatida Usmon Nosirning xoki saqlanadi. U yerda shoirning xokini yerga ko‘mgan shaxs - Anatoliy Mitrofanovich Sirota istiqomat qiladi. Siyosiy mahkum qilinganlarning sobiq qabristoni o‘rnidagi keng dalada g‘arbga yuzlanayotgan yagona haykal qad rostlab turibdi.
2003-yil O‘zbekistonda o‘zbek shoiri Usmon Nosir tavalludining 90-yilligi keng nishonlangan.

Video galereya

Rasmlar galereyasi