Tarjimai hol
Turob To‘la (haqiqiy sharifi - To‘laxo‘jayev) - o‘zbek shoiri. 1918 yil 24 dekabr kuni Chimkent viloyati, Turbot qishlog‘ida dehqonlar oilasida tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi. 1934 yildan she’rlar yozishni boshlagan, 1939 yil birinchi she’riy to‘plami chop etilgan.
1942 yil Toshkent pedagogika instiutining filologiya fakultetini tamomlagan. Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi. 1934 yildan matbuotda ko‘rina boshlagan. U “She’rlar” (1939), “Tabassum” (1944), “Baxt tongotori” (1948), “Oromijon” (1961), “Kamalak” (1972), “Quyosh nayzada” (1974) kabi she’riy to‘plamlar muallifi.
Turob To‘laning ijodi xalqning tinchligi uchun kurаshga bag‘ishlangan. U, shuningdek, ko‘plab qo‘shiq, bir qator kinosenariylar va nashr etilgan ocherklar muallifi hamdir. A. S. Pushkin, M. Yu. Lermontov, N. A. Nekrasov, U. Shekspir va boshqalarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Turob To‘la “Maftuningman”, “Furqat” filmlarining mualliflaridan. U “Shoshmaqom” musiqiy badiiy badiiy filmining senariysini yozgan.
“Hurmat belgisi” ordeni, medallar, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi” unvoni bilan taqdirlangan.
Teatr sanhnalarida qo‘yilgan bir qator sahna asarlarini yozgan. Jumladan, “Qari qiz”, “Qizbuloq”, “Momo yer” (Ch. Aytmatovning asari bo‘yicha), “Nodirabegim”,”Qahr”.
1990 yil vafot etgan.