To‘xtayev Azamat Ramzetdinovich

Tavallud topgan sana: 1946 yil

Tug'ilgan joy:Toshkent

Yo'nalishlar: Me’morlar

7237

Tarjimai hol

A. To‘xtayev Toshkent va Respublikamizning boshqa yirik shaharlarida qurilgan ulkan inshootlarning muallifidir. Mustaqillik yillarida poytaxtimizdagi «Akvapark» va «Biznes-markaz», «InterKontinental» mehmonxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy bankining muhtasham binolarini, Toshkent shahrida bunyod etilgan hukumat va boshqa inshootlarning loyihalarini tuzdi.

Azamat To‘xtayev 1946 yilda Toshkentda, teatr aktyorlari oilasida tavallud topgan. 1964 yilda Toshkent Politexnika institutining arxitektura fakultetining kechki bo‘limida o‘qib turib, O‘zbekiston qurilish jarayonini tashkil etish instituti («Uzorgtexstroy»)da, mashhur me’mor
Y. A. Jmuida ustaxonasida ishladi.

1970 yilda o‘qishni tamomlab, shu institutda faoliyatini davom ettirdi va oddiy texnik me’morlikdan loyihalarning bosh me’mori vazifasigacha bo‘lgan jarayonni bosib o‘tdi.

1980 yildan O‘zbekiston madaniy yodgorliklarini ta'mirlash ilmiy-tekshirish va loyiha institutida loyihalar me’mori, 1983 yildan O‘zbek tajriba badiiy-me’morchilik ustaxonasining bosh me’mori vazifalarida ishladi.

1987 yilda A. To‘xtayev O‘zbekiston Madaniyat ishlari vazirligining buyrug‘i bilan O‘zbekiston tajriba ilmiy-ta'mirlash badiiy me'morchilik tashkilotiga (UzENRAXM) direktor etib tayinlandi.

1992 yilda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida tashkil etilgan «O‘zbekiston chet el qurilish» firmasiga Bosh direktor vazifasiga ishga o‘tib, 1995—1998 yillarda shu firmada shartnoma asosida me’morchilik va dizayn masalalari bo‘yicha maslahatchi bo‘lib faoliyat ko‘rsatdi.

1998 yildan boshlab esa O‘zbekiston Me’morlar uyushmasiga rahbarlik qilmoqda.

A. To‘xtayev Toshkent va Respublikamizning boshqa yirik shaharlarida qurilgan ulkan inshootlarning muallifidir.

Ayniqsa, uning ijodi mustaqillik yillarida barq urib rivojlandi. Bu davrda poytaxtimizdagi «Akvapark» va «Biznes-markaz», «InterKontinental» mehmonxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy bankining muhtasham binolarini, Toshkent shahrida bunyod etilgan hukumat va boshqa inshootlarning loyihalarini tuzdi va ularning qurilishiga bosh-qosh bo‘ldi. 1991 yilda «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan me'mor» faxriy unvoniga erishdi.

1996 yilda u O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining akademikligiga, Sharq mamlakatlari Xalqaro arxitektura Akademiyasining haqiqiy a’zoligiga saylandi. O‘zbekiston Davlat qurilish va me'morchilik qo‘mitasi raisi etib tayinlangan.

Rasmlar galereyasi